Nazorat uchun savollar:
1. Fuqarolik huquqida muddatlarni turlarga boʻlish (klassifikatsiya
qilish) asoslari va mezonlari turlichadir. Mazkur holatdan kelib chiqib,
aniq amaliy ahamiyat kasb etishi nuqtai nazaridan fuqarolik huquqidagi
muddatlarning alohida turlarini tahlil qiling?
2. Da’vo muddati buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish
muddatlari orasida alohida oʻrin tutadi. Shu bois da’vo muddatining
buzilgan huquqlarni himoya qilishdagi protsessual muddatlardan farqlarini
izohlang?
3. Fuqaro Toʻxtayeva qoʻshnisi Aliyevadan foydalanib, qaytarib
berish sharti bilan bir soatga changyutgich oldi. Yarim soatdan soʻng uyni
tozalab boʻlgach Toʻxtayeva changyutgichni qoʻshnisiniki olib chiqsa,
Aliyeva uyda yoʻq ekan. Bir ozdan soʻng Toʻxtayeva oila a’zolari bilan
chet elga dam olishga joʻnab ketdi va oradan ikki oy oʻtgach qaytib keldi.
Aliyeva changyutgichni soʻrab, qoʻshnisinikiga chiqsa uni topa
olmadi. Bir hafta oʻtgach Aliyeva oʻzining chang yutgichini qaytarib
ololmaganligi sababli, uylarni tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatadigan
153
firmaga buyurtma berib uylarini tozalatdi. Bu holat Toʻxtayeva chet eldan
qaytib kelib changyutgichni topshirgunicha davom etdi. Bu vaqt oraligʻida
Aliyeva 7 marotaba tozalash firmasining xizmatlaridan foydalanishga
majbur boʻldi.
Aliyeva Toʻxtayevaga murojaat qilib changyutgichni qaytarib
bermaganligi sababli, tozalash xizmatiga toʻlagan summani qaytarib
berishni talab qildi.
Toʻxtayeva uzrli va asosli sabablarga koʻra dam olish safariga
ketganligini, changyutgichni olgandan soʻng yarim soat oʻtgach uni olib
chiqqanligini, lekin Aliyeva uyida yoʻqligini, changyutgichni qaytarib bera
olmaganligi uchun Aliyeva aybdorligini, shuning uchun ham tozalash
xizmati uchun toʻlangan summani qoplamasligini aytdi.
Aliyeva sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Taraflarning vajlarini tahlil qiling va ularga huquqiy baho bering?
Sud qanday qaror chiqarishi lozim? Agar sud Aliyeva foydasiga qaror
chiqarsa, tozalash firmasiga toʻlanadigan haqning miqdori nimaga asosan
aniqlanishi lozim? Tozalash firmasiga toʻlanadigan haqning miqdori
changyutgichning qiymatidan oshib ketsa, sud qanday qaror qabul qilishi
kerak?
4. Qosimov tanishi Sobirovning iltimosiga koʻra avtomashinasini
tegishli tartibda rasmiylashtirib, vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Tomonlar Qosimovning birinchi talabi bilan avtomashinani qaytarish
zarurligi toʻgʻrisida kelishib oladilar. 2010 yil 16 mayda Qosimov yozma
shaklda Sobirovdan avtomashinani qaytarishni talab qiladi, lekin 2 kundan
soʻng Qosimov vafot etadi. Uning xotini Sobirovning mashinani qaytarib
bermaganini bilardi, lekin ma’lum sabablar bilan qaytarib berishni talab
etmaydi. 2013 yil 20 may kuni Sobirov oʻz tashabbusi bilan avtomashinani
qaytarib beradi, lekin bir necha kundan soʻng buni bilmasdan qilganini
ma’lum qiladi va mashinani oʻziga qaytarilishini talab qiladi, chunki da’vo
muddati oʻtib ketganini bilmaydi. Mashina oʻziga qaytarib berilmasa,
Sobirov sudga murojaat qilishini aytadi. Lekin Qosimovning xotini
avtomashinani qaytarib berishni rad qiladi.
Taraflarning vajlariga huquqiy baho bering? Da’vo muddatining
uzilishi va qayta tiklanishi qoidalari ushbu masalaga aloqadormi? Ish
agar sudda koʻrib chiqilsa, kimning foydasiga hal boʻlardi?
154
Do'stlaringiz bilan baham: |