Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   205
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatdagi 
ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari
 
fuqarolik huquqi sub’yektlari amal qiladigan 
qonunlarni oʻzi belgilaydi
 
fuqarolik huquq va burchlari vujudga 
kelishining asosi boʻladigan hujjatlar chiqarishi 
 
Davlat immunitetdan foydalanadi
 
Huquq va muomala layoqatini cheklash 
boʻyicha boshqa sub’yektlarga taalluqli boʻlgan 
qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi
 


93 
 
Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi  
ishtiroki shakllari 
 
Fuqarolik huquqi subyektlari tizimida davlat alohida subyekt hamda 
“yagona  va  boʻlinmaslik”  jihatiga  ega  boʻlishi  bilan  birga,  boshqa 
subyektlarning  huquqiy  maqomini,  subyektiv  huquq  va  majburiyatlarini, 
faoliyati va  mavjudlik holatini belgilab beruvchi hamdir. Shu bilan birga, 
davlat  xususiy  munosabatlarda  garchi,  oʻzining  hokimiyat  vakolatlaridan 
foydalanmasligini  oʻzi  tomonidan  qabul  qilinadigan  qonun  hujjatlarida 
e’tirof  etsa-da,  har  qanday  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  davlatning 
hokimiyat  vakolatlari  sohibi  ekanligi  sezilib  turadi.  Bu,  ayniqsa, 
natsionalizatsiya, rekvizitsiya va majburiyat munosabatlarida oʻz ifodasini 
topadi.  “Yagona  va  boʻlinmaslik”  holatidan  kelib  chiqib,  fuqarolik-
huquqiy  munosabatlarda  aslida  davlat  nomidan  bitta  subyekt  – 
Oʻzbekiston Respublikasi qatnashadi. Bunda uning vakolatlarini Prezident, 
Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shu bilan birga, mazkur 
munosabatlarda  davlat  nomidan  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  boʻlgan, 
maxsus vakolatli organlar qatnashadi.  
FKning 79-moddasiga asosan davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan 
tartibga  solinadigan  munosabatlarda  ularning  boshqa  ishtirokchilari  bilan 
bab-baravar asoslarda ishtirok etadi. Davlatning mamlakat ichki fuqarolik-
huquqiy munosabatlardagi ishtiroki quyidagilarda namoyon boʻladi: 
a)  davlat  oʻziga  qarashli  mol-mulkka  nisbatan  mulkdor  sifatida 
harakat  qilganida,  masalan,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish munosabatlarida; 
b)  egasi  boʻlmagan  yoki  egasi  noma’lum  boʻlgan  ashyo  egasiz 
hisoblanib,  u  sud  qarori  bilan  davlat  egaligiga  oʻtkazilganida                  
(FK, 191-modda); 
v)  Fuqarolik  kodeksining  193-moddasi  2-qismiga  asosan  ashyoni 
topib olgan shaxs topilgan ashyoni mulk qilib olishdan bosh tortsa, ashyo 
davlat mulkiga oʻtganda; 
g) har bir fuqaro vasiyat boʻyicha oʻzining butun mulkini yoki uning 
bir  qismini  davlatga  vasiyat  qilib  meros  tariqasida  qoldirishida              
(FK, 1120-modda); 
d)  Oʻzbekiston  Respublikasi  davlati  huquq  subyekti  sifatida  ba’zi 
fuqarolik-huquqiy  harakterda  boʻlgan  kredit  munosabatlarida,  masalan, 
davlat  zayomi  obligatsiyalarini  sotishida,  qarz  shartnomasida  ishtirok 
etganida; 


94 
 
e)  tabiiy  ofatlar,  avariyalar,  epidemiyalar,  epizootiyalar  yuz  bergan 
taqdirda  va  favqulodda  tusdagi  boshqa  vazifalarda  mol-mulk  jamiyat 
manfaatlarini  koʻzlab,  davlat  hokimiyati  organi  qaroriga  muvofiq 
mulkdordan  unga  mol-mulkning  qiymatini  toʻlagan  holda  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  va  shartlar  asosida  olib  qoʻyilishida 
(rekvizitsiya).  Bunda  rekvizitsiya  oʻtkazilishiga  sabab  boʻlgan 
vaziyatlarning amal qilishi toʻxtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-
mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni oʻziga qaytarib berishni 
talab qilishga haqli ekanligida (FK, 203-modda); 
yo)  mol-mulk  musodara qilinganida, ya’ni qonunda nazarda tutilgan 
hollarda  mol-mulk  sudning  qaroriga  muvofiq  jinoyat  yoki  oʻzga 
huquqbuzarlik  qilganlik  uchun  haq  toʻlamasdan  mulkdordan  olib 
qoʻyilishida (FK, 204-modda); 
j)  davlat  ba’zi  hollarda  mualliflikka  oid  huquqiy  munosabatlarda, 
masalan,  asarni  nashr  etish  huquqini  sotib  olganida,  ixtirochilik 
munosabatlarida  ixtiroga  boʻlgan  patentni  sotib  olganida  huquq  subyekti 
sifatida  ishtirok  etishida.  Bunday  huquqiy  munosabatlarda  davlatning 
ishtirok  etishi  natijasida  olingan  daromadlar  ham  davlat  budjetiga 
oʻtkaziladi.  Shu  bilan  birga,  davlat  mablagʻlari  hisobiga  yaratilgan 
intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  ham  davlat  mulk  huquqini  qoʻlga 
kiritadi; 
z)  davlat,  shuningdek,  chet  ellik  investorlar  bilan  konsessiya  va 
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarlarda ham qatnashadi. Unga koʻra, davlat 
chet ellik investor bilan kelishib olingan shartlar asosida muayyan xoʻjalik 
faoliyatini amalga oshirish; yer osti boyliklarini ishlab chiqarish va foydali 
qazilmalarni  kavlab  olish,  korxonalar  qurish  va  ekspluatatsiya  qilish 
hamda boshqa huquqlarni beradi;  
i) davlat chet mamlakatlarda koʻchmas mulkni sotib olishida
k)  xalqaro  ommaviy  va  xususiy-huquqiy  munosabatlarda  davlat  oʻz 
zimmasiga olgan majburiyatni bajarmagan hollarda uning oʻrniga vujudga 
kelgan  voris  davlat  majburiyatni  oʻtmishdosh-davlat  tuzgan  shartlar 
asosida bajarishi lozim boʻlgan hollar va h.k.  
Davlat oʻzining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha oʻz mulki 
boʻlgan mablagʻlari bilan javob beradi.  
Fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda 
davlat  nomidan  yuqorida  aytganimizdek,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 
organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.  
Ichki  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  davlat  nomidan  aksariyat 
hollarda  Oʻzbekiston  Respublikasining  tegishli  vazirliklari  va  davlat 


95 
 
qoʻmitalari  qatnashadi.  Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda,  Oʻzbekiston 
Respublikasi  davlati  nomidan  harakat  qiluvchi  organlar  tizimida 
xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish 
davlat qoʻmitasi, moliya vazirligi va markaziy bank alohida mavqega ega.  
Davlat  idoralarining  fuqarolik-huquqiy  munosabatlardagi  ishtiroki 
ikki  xil  koʻrinishda  boʻladi:  bevosita  va  bilvosita.  Bevosita  ishtirokda 
davlat oʻz nomidan fuqarolik  muomalasiga kirishadi.  Bilvosita ishtirokda 
esa davlat nomidan uning organlari ishtirok etadi. Shuningdek,: 
1.  Davlat  nomidan  ishtirok  etish.  Bunda  –  muayyan  organ  davlat 
nomidan  harakat  qiladi  va  davlat  uchun  huquq  va  majburiyatlar  vujudga 
keltiradi  (Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligining 
chet el kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi bunga misol boʻla oladi).  
2. Davlat organi fuqarolik muomalasida oʻz nomidan harakat qiladi. 
Masalan,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Ishlar  boshqarmasining 
doʻkonlardan  idora  jihozlarini  sotib  olishi.  Bunda  faqat  Oliy  Majlisga 
biriktirilgan mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga keladi.  
Davlat  ba’zi  hollarda  subyekt  sifatida  oʻzining  mansabdor  shaxslari 
yoki  organlari  tomonidan  yetkazilgan  mulkiy  zararni  toʻlashda  javobgar 
boʻladi  (masalan,  dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining 
mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan gʻayriqonuniy harakatlari 
natijasida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladilar).  
FKning  15-moddasida  belgilanganidek,  davlat  organlari  yoki  ushbu 
organlar 
mansabdor 
shaxslarining 
gʻayriqonuniy 
harakatlari 
(harakatsizligi), shu jumladan davlat organi tomonidan qonun hujjatlariga 
muvofiq  boʻlmagan  hujjat  chiqarilishi  natijasida  fuqaroga  yoki  yuridik 
shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻlanishi kerak.  
Ayni 
vaqtda 
Oʻzbekiston  davlati  tashqi  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda ham mustaqil huquq subyekti sifatida ishtirok etadi.  
Oʻzbekiston  Respublikasi  oʻziga  mulk  huquqi  asosida  tegishli 
boʻlgan  obyektlardan  xorijiy  davlatlar,  ularning  yuridik  va  jismoniy 
shaxslari,  xalqaro  tashkilotlar  bilan  oʻzaro  foydali  hamkorlik  oʻrnatishda, 
bunday  hamkorlikni  rivojlantirishda  barcha  amaliy  harakatlarni  roʻyobga 
chiqarish uchun foydalanadi.  
Jumladan,  davlat  organi  boʻlgan  Oʻzbekiston  Respublikasi  Tashqi 
iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligi  oʻz  faoliyatida 
respublika  nomidan  ish  olib  borib,  barcha  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 
koordinastiya  qiladi,  tartibga  soladi,  nazorat  qiladi  va  boshqaradi. 
Oʻzbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqari  va  xorijda  respublika 


96 
 
nomidan  barcha  tashqi  iqtisodiy  masalalar  boʻyicha  uning  manfaatlarini 
koʻzlab  harakat  qilish  bilan  birga,  Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalaridan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarni  ham  oʻz  zimmasiga 
oladi.  Vazirlik  oʻz  faoliyatini  bevosita  Vazirlar  Mahkamasi  rahbarligida 
amalga oshiradi. Vazirlik oʻz faoliyatida Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy 
bank bilan uzviy hamkorlik qiladi. 
Oʻzbekiston  Respublikasining  yuridik  shaxslari  va  fuqarolarining 
qonuniy  huquq  hamda  manfaatlarini  ta’minlash,  tashqi  iqtisodiy  sohada 
bevosita  oʻzaro  foydali  aloqalarni  oʻrnatish  maqsadida  xorijiy  davlatlar, 
xalqaro  tashkilotlar  huzurida  Oʻzbekiston  Respublikasining  savdo  yoki 
oʻzga  vakolatxonalari  ta’sis  etiladi.  Bu  vakolatxonalar  oʻz  faoliyatida 
Oʻzbekiston  Respublikasi  qonunlariga,  oʻzlari  toʻgʻrisidagi  nizomga, 
shuningdek  Oʻzbekiston  Respublikasi  hamda  vakolatxona  joylashgan 
davlatlar ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi.  
FKning  80-moddasiga  binoan  qonunda  nazarda  tutilgan  hollardan 
tashqari davlat oʻzi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari yuzasidan javobgar 
boʻlmaydi.  Davlat  majburiyati  yuzasidan  yuridik  shaxs  ham  javobgar 
boʻlmaydi.  Ushbu  qoidalar  davlat  tuzgan  shartnoma  asosida  yuridik 
shaxsning  majburiyatlari  boʻyicha  oʻz  zimmasiga  kafillik  olgan  (kafolat 
bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha oʻz 
zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.  
Xulosa  qilib  aytganda,  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  davlat 
ishtirokining monistik (davlat nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda 
faqat bitta organ ishtirok etishi) va plyuralistik (davlat nomidan fuqarolik-
huquqiy  munosabatlarda  bir  nechta  organning  qatnashishi)  ishtiroki 
farqlanadi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish