Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   205
4. Huquq va muomala layoqatini cheklash boʻyicha boshqa subyekt-
larga taalluqli boʻlgan qoidalar davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.  
Huquq  va  muomala  layoqatini  cheklash  boʻyicha  qaror  har  qanday 
holatda  ham  davlat  vakolatli  organi  tomonidan  uning  qarori  asosida 
amalga oshiriladi. 


90 
 
Davlatning  fuqarolik-huquqiy  munosabatlardagi  ishtirokiga  nisbatan 
yuridik  shaxs  haqidagi  me’yorlar  tatbiq  etiladi.  Bunda  davlatga  nisbatan 
yuridik shaxslar erkining vujudga kelishi erkning ifodalanishi toʻgʻrisidagi 
qoidalargina 
qoʻllaniladi. 
Koʻplab 
yuridik 
manbalarda 
ham 
ta’kidlanganidek, yuridik shaxslarga oid boshqa qoidalar (xususan, huquq 
layoqati  toʻgʻrisidagi,  roʻyxatdan  oʻtish  toʻgʻrisidagi,  nom  va  joylashgan 
уeri, filiallar va vakolatxonalar, yuridik shaxs turlari, ularni tashkil etish va 
tugatish) davlatga nisbatan tatbiq etilmaydi.  
Shu  oʻrinda  davlat  va  yuridik  shaxslarning  bir-biriga  oʻxshash 
tomonlarini  ta’kidlab  oʻtish  joiz.  Davlat  xuddi  yuridik  shaxslar  kabi 
muayyan  tashkilot  boʻlib,  oʻz  ichki  tuzilishiga  va  tashkiliy  birligiga, 
boshqaruv organlariga, fuqarolik muomalasida oʻz nomidan ishtirok etish 
huquqiga ega.  
Yuridik  shaxs  huquqiy  belgilarining  asosiylarini  tashkil  etgan 
yuqoridagi toʻrtta belgining davlatga nisbatan oʻzgacha koʻrinishda tatbiq 
etilish  holati  ularning  barchasiga  ham  taalluqli  emas.  Ayniqsa,  mulkiy 
javobgarlik holati davlatda ham xuddi yuridik shaxs kabi tatbiq etilmaydi. 
Bunda  davlat  (garchi  uning  mol-mulki  asosida  tashkil  etilgan  yuridik 
shaxslar fuqarolik-huquqiy munosabatlarda oʻz nomidan ishtirok etsalarda) 
mulkning  sohibi  sifatida  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  shaxsan  oʻzi 
(oʻz  nomidan)  yoki  organlari,  yoxud  oʻzi  tashkil  etgan  yuridik  shaxslar 
(yuridik  shaxslar  bunday  holatlarda  ularning  filiallari  va  vakolatxonalari 
tomonidan amalga oshiradi) orqali ishtirok etadi.  
Umuman  davlatning  fuqarolik-huquqiy  munosabatlardagi  “alohida 
shaxs”  maqomi,  garchi,  yuridik  shaxsga  oʻxshasa-da,  u  bilan  bir  xilda 
emas. Zero, davlat ipso jure – yuridik shaxs emas.  
Biroq  ayni  paytda  davlatning  huquqlari  mutlaq  cheksiz  ham  emas. 
Masalan,  davlat  shaxsiy  huquqlarga  ega  boʻlmaydi.  Binobarin,  davlat 
alohida xususiyatlarga ega boʻlgan subyektdir.  
Davlat  ham  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  boshqa  ishtirokchilar 
kabi  muayyan  huquq  va  majburiyatlarga  ega  boʻladi.  Chunki  huquqiy 
munosabatning  mazmunini  unda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  huquq  va 
majburiyatlari  tashkil  etadi.  Fuqarolik  huquqlari  va  burchlarga  ega 
boʻlmagan  shaxslar  huquqiy  munosabatda  mustaqil  subyekt  sifatida 
qatnasha  olmaydilar.  Huquq  va  burchlarga  ega  boʻlish  holati  esa, 
fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining fuqarolik huquq layoqatiga 
ega boʻlishini ifodalaydi. Oʻz navbatida davlat ham fuqarolik huquqining 
boshqa subyektlari kabi huquq layoqatiga ega boʻladi.  


91 
 
Lekin  davlat  huquq  va  muomala  layoqatining  oʻziga  xosligi  uning 
boshqa subyektlar layoqatidan ajralib turishiga sabab boʻladi. Davlat ham 
fuqarolik huquqining boshqa subyektlari kabi mulkdor boʻlish, tadbirkorlik 
bilan shugʻullanish (garchi  davlat sof  ma’nodagi tadbirkor hisoblanmasa-
da,  uning  organlari  va  u  tomonidan  tashkil  etilgan  yuridik  shaxslar 
tadbirkorlik  bilan  shugʻullanishlari  mumkin.  Lekin  tom  ma’noda 
davlatning  huquq  layoqati  turli  xildagi  yuridik  shaxslar  va  fuqarolarning 
huquq  layoqati  bilan  bir  xil  boʻlishi  mumkin  emas.  Ba’zi  holatlarda 
davlatning  huquq  layoqati  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  huquq 
layoqatidan kengroq boʻlsa, ba’zi holatlarda davlatning huquq va burchlari 
cheklanadi.  Masalan,  fuqarolar  huquq  layoqatining  mazmunini  tashkil 
etuvchi  huquqlar  jumlasiga  shunday  huquqlar  kiritilganki,  bunday 
huquqlar  davlatda  mavjud  boʻlmaydi.  Masalan,  FKning  18-moddasiga 
muvofiq,  fuqarolar  mol-mulklarini  vasiyat  qilib  qoldirishlari,  yollanma 
mehnatdan foydalanishlari, mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashlari, 
intellektual  faoliyat  natijalarining  mualliflik  huquqlariga  ega  boʻlishlari 
mumkin. Davlatda esa, bunday huquqlar mavjud emas.  
Fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida shunday huquqlar borki, 
bunday huquqlar davlatga tegishli boʻlmaydi. Masalan, mulkni meros qilib 
qoldirish,  alohida  turdagi  shartnomalar  (franshizing  va  boshqalar)  tuzish, 
oʻzining  firma  nomiga  ega  boʻlishlik,  fan,  adabiyot  va  san’at  asarlari 
muallifi boʻlish kabilar.  
Umumiy  qoidaga  koʻra,  davlat  fuqarolik  muomalasida  oʻz 
manfaatlari  uchun  emas,  ommaviy  hokimiyatni  foydaliroq  tatbiq  etish 
uchun  qatnashadi.  Bunday  maqsadlar  davlat  huquq  layoqatining 
mohiyatini yanada toʻldiradi.  
Biroq,  davlatda  shunday  imkoniyatlar  (huquqlar)  mavjudki,  bu 
huquqlar fuqarolik huquqining boshqa subyektlarida uchramaydi. Masalan, 
merosxoʻrlari  boʻlmaganda  mol-mulkni  egallash,  qimmatli  qogʻozlar 
chiqarish  kabi.  Shu  bilan  birga,  maxsus  huquqiy  munosabatlar  sohasi 
ajratilganki,  garchi  fuqarolik  huquqining  boshqa  subyektlari  ham  ushbu 
munosabatlarda  ishtirok  etishlari  mumkin  boʻlsa-da,  ularning  toʻgʻridan-
toʻgʻri ishtirok etishlari taqiqlanadi.  
Davlatning  huquq layoqatini  maqsadli  deb  hisoblash  mumkin.  Zero, 
fuqarolik  huquqi  munosabatlarida  davlat  ishtirok  etar  ekan,  faqat  bitta 
maqsadni  koʻzlab  harakat  qiladi  va  u  tomonidan  amalga  oshirilgan  har 
qanday  huquqiy  xatti-harakat  xalq  manfaati  va  uning  farovonligini 
oshirishga qaratiladi.  


92 
 
Aytish  kerakki,  davlat  huquq  layoqatining  asosiy  holatlaridan  yana 
biri  –  davlatning  qonun  chiqarish  huquqdorligidir.  Bu  huquqdorlik  davlat 
huquq  layoqatida  katta  ahamiyatga  ega  boʻladi.  Davlat  qonun  chiqarish 
faoliyatini  amalga  oshirish  mobaynida  oʻziga  tegishli  huquqlarni,  ya’ni 
xalq  manfaatini  amalga  oshirishga  qaratilgan  huquqlarni  oʻz  maqsadini 
(xalq  va  uning  har  bir  a’zosi  farovonligini  ta’minlash)  amalga  oshirishga 
yoʻnaltiradi.  
Munitsipal  organlar  ham  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  ishtirok 
etuvchi  oʻziga  xos  subyekt  hisoblanadi.  Munitsipal  organlar  jumlasiga 
tegishli  hududdagi  davlat  hokimiyati  organlari  kiradi.  Munitsipal 
organlarning huquq layoqati davlatning huquq layoqatiga qaraganda biroz 
torroq  boʻlsa-da,  oʻziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bunday  oʻziga  xoslik 
munitsipal  organlarning  mol-mulkka  ega  boʻlishi,  oʻz  budjetini  tashkil 
etishi,  bitimlar  tuzishi,  majburiyatda  ishtirok  etishi  orqali  namoyon 
boʻladi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish