Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov komissiyalarning faoliyati prinsiplari va faoliyat shakli



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   250
3-§. Saylov komissiyalarning faoliyati prinsiplari va faoliyat shakli  
Barcha  turdagi  saylov  komissiyalarini  tashkil  etish,  ularning  faoliyati 
demokratik  prinsiplariga  asoslanadi.  Bu  komissiyalarning  shakllantirishdagi 
demokratizm,  ularning  tarkibini  vakillik  xarakteri,  mustaqillik,  qonuniylik, 
kollegiallik, oshkoralik, adolatlilik prinsiplaridir.  
Barcha  turdagi  saylov  komissiyalari  demokratik  asoslarda,  ko’pchilik 
ishtirokida (vakillik organlari timsolida) tashkil qilinadi va o’zlarini faoliyatida ham 
shu  prinsipga  tayanadi.  Saylov  komissiyasi  a’zoligiga  nomzodlar  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesida,  xalq  deputatlari  viloyat,  Toshkent  shahar 
Kengashlarida (okrug va xududiy saylov komissiyalari a’zolari) shuningdek tuman va 
shahar Kengashlarining majlislarida muxokama qilinadi (uchastka saylov komissiyasi 
a’zolari). Nomzodlar muqobil bo’lishi mumkin.  
Komissiya  a’zolari  qatorida  erkaklar  va  ayollarning,  turli  millat  vakillarining, 
turli  yoshdagi  fuqorolar  vakillarining, turli  ma’lumotli,  turli  mutaxassislarni bo’lishi 
saylov komissiyalarining chinakam vakillik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi.  
Saylov  komissiyalari  faoliyatining  asosiy  garovi  ularning  davlat  va  jamoat 
organlaridan  mustaqilligi,  biror  bir  hokimiyat  organi  tizimiga  kirmasligidir.  Saylov 
komissiyalarining ishiga aralashish, vakolatlarini egallashga urinish taqiqlanadi.  
Komissiyalar  qonun  asosida  tuziladi  va  qonun  asosida  ish  yuritadi.  Ular  bir-
birini o’rnini egallashi, biri ikkinchisining vazifasini bajarish mumkin emas. Ularning 
tashkil  bo’lishi,  faoliyati  qonun  bilan  belgilanishi  va  shunga  to’liq  amal  qilish 
zarurligi qonuniylik prinsipidan kelib chiqadi. Saylov komissiyalari qonunlarga amal 
qilar  ekanlar,  ularga  boshqalarni  amal  qilinishini  ham  ta’minlaydi,  qonun 
buzilishlarini oldini oladi, buzilgan huquqlarni tiklaydi.  
Saylov  komissiyalari  tub  mohiyati  bilan  kollegial  organdir.  Kollegiallik 
prinsipi  barcha  komissiyalarga  xosdir.  Ularning  ko’pchilik  a’zolardan  iboratligi, 
masalalarni  ko’pchilik  ovoz  bilan  hal  qilish  tartibini  o’rnatilganligi,  komissiyalar 
qarorlari vakolatli bo’lishi uchun majlis kvorumini belgilab ko’yilganligi kollegiallik 
prinsipini  namoyon  bo’lishidir.  Komissiya  majlislari  muhokamalarida  a’zolar  teng 
ravishda  ishtirok  etish,  ovoz  berishda  teng  qatnashish  (ixtiyori),  o’z  fikrini  alohida 
bayon  qilish  huquqiga  ega.  Barcha  turdagi  saylov  komissiyalari  o’z  ishini  oshkora 
olib  boradi.  Saylov  komissiyalarining  tuzilganligi,  ularni  qaerda  joylashganligi  turli 
vositalar  bilan,  ommaviy  axborot  vositalaridan  keng  foydalanib,  saylovchilarga 
еtkaziladi.  Komissiya  majlislarida  jamoatchilik  vakillari,  davlat  organlari  vakillari, 
ommaviy axborot vositalari xodimlari, kuzatuvchilar, ishonchli vakillar ishtirok etadi. 
Komissiya majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi. 
Komissiyalar  saylovlarda  adolatni  ruyobga  chiqarishni  maqsad  qilib  qo’yar 
ekan, o’zlarini faoliyatida ham adolat bo’lishga harakat qilishadi. Ular barcha siyosiy 
partiyalar  nomzodlari  uchun  bir  xil  imkoniyatlar  yaratilishini  ta’minlaydilar. 
Fuqarolarning birortasi saylovda ishtirok etmay qolishiga yo’l qo’ymaslik choralarini 
qo’radi.  Saylovchilarni  qabul  qiladi,  ularni  taklif,  mulohazalarni  eshitadi.  Saylovlar 
davrida  siyosiy  partiyalar  ular  tomonidan  ko’rsatilgan  nomzodlar  bilan  saylovchilar 
o’rtasida bog’lovchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Bu prinsiplar saylov komissiyalarini 
chinakam xalqchil organ sifatida namoyon qiladi. Ular bir biri bilan bog’liq va saylov 


101 
 
huquqining  asosiy  prinsiplarini,  fuqarolarning  siyosiy  huquqlarini  to’la  amal 
qilinishini ta’minlaydi. 
Saylov  komissiyalarining  ish  faoliyati  shakli  ham  shu  prinsiplar  bilan  bog’liq 
va ularni amalga oshishini ta’minlanishini ko’zlaydi. Saylov komissiyalari o’zlarining 
vakolatlarini asosiy ish faoliyati shakli hisoblanuvchi majlislarda amalga oshiradi. 
Barcha  turdagi  saylov  komissiyalarining  majlislari  majlis  o’tkazilayotgan 
kundagi  komissiya  tarkibining  kamida  3/2  qismi  ishtirok  etayotgan  bo’lsa  vakolatli 
hisoblanadi.  Bunday  mutloq  ko’pchilikning  ishtirok  etishini  majburiy  kvorum  qilib 
belgilanishi  komissiya  faoliyatida  kollegialikning  kuchli  ekanligini  ko’rsatish  bilan 
birga,  komissiyalar  ma’suliyatini  kuchaytiradi.  Qabul  qilinadigan  qarorlarga  jiddiy 
yondashish  zarurligini  ko’rsatadi.  Komissiya  majlisida  har  qanday  masala  keng 
muxokama  qilingandan  so’ng  ovozga  qo’yilib  hal  qilinadi.  Qaror  ochiq  ovoz  berish 
yo’li  bilan  komissiya  a’zolarining  umumiy  sonidan  ko’pchilik  ovozi  bilan  qabul 
qilinadi.  Qarorga  rozi  bo’lmagan  komissiya  a’zolari  o’zlarining  alohida  fikrlarini 
bayon  etishga  xaqlidir.  Alohida  fikrlar  yozma  ravishda  majlis  bayonnomasiga  ilova 
qilinadi. Majlisda ovozlar teng bo’lib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. 
Komissiya  majlislarida mutaxassislar, jamoatchilik vakillari ommaviy axborot 
vositalari,  siyosiy  partiyalar  vakillari,  nomzodlarning  ishonchli  vakillari, 
kuzatuvchilar  ishtirok  etishi  mumkin.  Saylov  komissiyasi  ish  faoliyati  shakli  – 
majlisida yuqorida qayd qilingan prinsiplar o’z o’rnini topgan. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish