Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov komissiyalarining vazifalari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   250
1-§. Saylov komissiyalarining vazifalari. 
Saylovlarning  demokratik  o’tishi  uchun  ko’pchilik  davlatlarda  maxsus,  davlat 
hokimiyati  tizimiga  kirmaydigan  organlar  tashkil  qilishi  saylov  tajribasida  keng 
qo’llaniladi. Bunday organlarni tuzish va ularga saylov o’tkazishni yuklash, saylovlar 
tashkil  etishda  adolatlilikni  ta’minlash  uchun  saylovlarga  davlat  organlarini  iloji 
boricha aralashuvini kamaytirish, chegaralashni nazarda tutadi. 
 O’zbekistonning amaldagi saylov qonunlarida davlat hokimiyati tuzulmalarini, 
jamoat  birlashmalarini  saylov  jarayoniga  aralashuvga  har  qanday  urinishlar 
taqiqlanadi
1
.
 
Ba’zi  mamlakatlarda  esa  saylovlarni  o’tkazish  davlat  organlariga,  tegishli 
vazirliklarga  yuklanib,  saylovni  tashkil  qilish  va  uni  o’tkazish  hokimiyatning  to’la 
nazoratida  bo’ladi
2
.  Saylovlar  o’tkazishga  quyiladigan  xalqaro  talablar  ham, 
saylovlarning davlat hokimiyatidan mustaqil, holi tuzilmalar tomonidan o’tkazilishini 
nazarda  tutadi.  Saylovlarning  alohida  tuzilmalar  tomonidan  o’tkazilishi  demokratik 
bo’lib, u saylov o’tkazishning alohida bir vositasi hamdir. 
                                                           
1
 Qarang:  Karimоv  I.A.  Mamlakatda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirish Kоnsepsiyasi. T.: “О’zbekistоn”, 2010. 36-bet.  
2
 Qarang: Конституционное право зарубежных стран. “Норма”, 2010, стр-241.  


95 
 
Saylovlarni  tashkil  qiluvchi  va  o’tkazuvchi  tuzilmalarga  nisbatan  saylov 
tajribasida “saylov komissiyalari” degan atama ishlatiladi. 
 Saylov  komissiyalarining  turlari  har  xil  bo’lib,  ularni  umumiy  vazifalari  va 
alohida-alohida  vazifalari  mavjud.  Saylov  komissiyalarining  vazifalari  ularning 
tashkil etishning maqsadidan kelib chiqadi. Bu maqsad saylovlarni demokratik tarzda 
va adolatli o’tkazishdir. 
 Saylov  komissiyalarning  vazifasi  Konstitusiyada  “O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  saylovi  to’g’risida”,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov 
to’g’risida”,  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashiga  saylov 
to’g’risida”gi 
qonunlarda, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
saylov 
komissiyasining  vazifasi  esa  yana  maxsus  “O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunda belgilangan. 
Saylov komissiyalari:  
-  saylovlarni  qonuniy  o’tishini  ta’minlaydi,  qonunlarni  ijro  qiladi,  ularni  bir 
xilda bajarilishini ta’minlaydi, qonun buzilishlarini oldini oladi, buzilgan huquqlarni 
tiklaydi; 
-  fuqarolarning  saylov  huquqlarini,  saylov  huquqining  umumiy  prinsiplari  - 
umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri, yashirin ovoz berishni ta’minlab, saylovlarni erkin, 
ixtiyoriy, oshkora o’tishi uchun tegishli choralarni ko’radi; 
 -  saylovoldi  tashviqot  ishlarini  tashkil  qiladi,  ularga  sharoit  yaratib  beradi  va 
bu ishga jamoatchilikni, fuqarolarni jalb etadi. 
Saylov  komissiyalari  saylov  ishtirokchilarining  tizimida  alohida  rol  uynaydi. 
Boshqa  saylov  ishtirokchilarning  saylovda  ishtiroki,  ko’p  jixatdan  saylov 
komissiyalariga bog’liq. 
 Saylov komissiyalari saylovdagi barcha ishtirokchilarning saylovlarda ishtirok 
etishiga teng imkoniyatlar yaratib beradi. 
 Bundan  tashqari  turli  saylov  komissiyalarining  o’zlarining  alohida  vazifalari 
mavjud.  Markaziy  saylov  komissiyasi  –  barcha  saylov  jarayoniga  rahbarlik  qiladi. 
Boshqa  barcha  saylov  komissiyalari  faoliyatini  yo’naltirib,  ularni  uslubiy  jixatdan 
ta’minlaydi.

 Okrug  saylov  komissiyasi  o’z  okrugida  qonun  ijrosini  ta’minlaydi,  nazorat 
qiladi;  uchastka  saylov  komissiyalarining  faoliyatini  muvofiqlashtiradi;  deputatlikka 
nomzodlarning  saylovchilar  bilan  uchrashuvlarini  tashkil  qilishga  kumaklashadi; 
okrug  buyicha  saylov  natijalarini  aniqlab  Markaziy  saylov  komissiyasiga  taqdim 
etadi. 
Uchastka  saylov  komissiyalarining  asosiy  vazifasi  ovoz  berishni  tashkil  etish, 
o’kazish va uchastka bo’yicha ovoz berish natijalarini aniqlab, ma’lumotlarni okrug 
saylov komissiyalariga еtkazish hisoblanadi.  
O’zbekiston  saylov  tajribasida,  mahaliy  Kengashlarga  saylov  o’tkazish 
jarayonida,  har  bir  bo’g’indagi  Kengashlarga:  viloyatlarga,  tumanlarga,  shaharlarga 
saylov  o’tkazuvchi  saylov  komissiyalari  tuzilib,  ularning  asosiy  vazifasi,  viloyat, 
                                                           
1
 Markaziy  saylоv  kоmissiyasining  saylоvlardagi  alоhida  о‘rni  xisоbga  оlinib  unga  alоhida  mavzu  (8-mavzu) 
ajratilgan. Shuning uchun bu mavzuda MSK faоliyatiga tо‘xtalmaydi.  


96 
 
tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish hisoblanadi. Keyingi bandlarda 
bu komissiyalarni ham ko’rib chiqamiz. 
Saylov  komissiyalarining  ular  qaysi  bo’g’indagi  komissiya  bo’lishidan  qat’iy 
nazar,  oldiga  quyilgan  o’z  vazifalarni  to’la  bajarishlari  saylovlarning  demokratik 
o’tishini, fuqarolarni saylov huquq va erkinliklarini ta’minlashning muhim garovidir. 
Saylov  komissiyalari  –  mustaqil  organ  va  o’zlarini  alohida  vazifalari, 
vakolatlari  bo’lishidan  qat’iy  nazar  bir  tizimni  tashkil  etadi  va  o’zaro  hamkorlikda 
faoliyat  yuritadi.  Ularning  to’g’ri  hamkorlik  o’rnatishi  saylovlarning  muvaffaqiyatli 
o’tishi garovlaridan biridir. 
Saylov  komissiyalari  qaysi  pog’onadaligidan  qat’iy  nazar,  ular  faoliyatining 
asosiy  prinsipi  ularning  davlat,  jamoat  birlashmalaridan  mustaqilligidir.  Bu  prinsip 
ularni  faoliyatiga  har  qanday  aralashuvlarni  yo’qqa  chiqaradi,  bu  esa  saylov 
natijalariga ta’sirni ham istisno qiladi. 
Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlariga  saylovda  har  bir 
darajadagi  Kengashlarni  saylash  uchun  tuziladigan  saylov  komissiyalari  alohida-
alohida tizimni tashkil etadi. 
Saylov  komissiyalarining  vakillik  organlariga  va  prezidentlikka  saylovlarda 
alohida rol o’ynashi yuridik adabiyotlarda hech qanday e’tirozsiz e’tirof etiladi
1
.
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish