Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov komissiyalarining tizimi, tashkil qilish tartibi va tarkibi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   250
 
2-§. Saylov komissiyalarining tizimi, tashkil qilish tartibi va tarkibi 
Jahon saylov o’tkazish tajribasida turli mamlakatlarda saylovlarga tayyorgarlik 
ko’rish va o’tkazish uchun alohida tuzilmalar, organlar tuziladi  va ular turli nomlar 
bilan  (komissiya,  byuro,  prezidium)  ataladi
2
.  Ular  har  xil  tizimga  ega  bo’lib,  ayrim 
mamlakatlarda  ularni  amaldorlar  boshqaradi  yoki  tarkibiga  kiradi.  Ayrim 
mamlakatlarda bu maxsus organ tarkibiga siyosiy partiyalar vakillari ham kiradi
3
.  
O’zbekistonda  saylovni  tashkil  etish  va  o’tkazish  vazifasini  bir  necha 
pog’onalarda  tashkil  etiladigan,  vakolat  muddati,  tashkil  etish  tartibi,  vakolatlari, 
tarkibi  har  xil  komissiyalar  amalga  oshirib,  ular  umumlashgan  holda  saylov 
komissiyalari  deb  yuritiladi  va  qat’iy  tizimga  ega.  Saylov  komissiyasi  tizimiga 
kiruvchi  saylov  komissiyalari  demokratik  prinsiplarda  tashkil  qilinadi.  Ularning 
tizimi  qanday  belgilanishiga  qaysi  organlar  (oliy  yoki  mahalliy)  saylov 
o’tkazayotganligi ta’sir qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasi  deputatlari  saylovidagi  saylov  komissiyalarining  tizimi  Markaziy  saylov 
komissiyasi, okrug saylov komissiyasi va uchastka saylov komissiyasidan iborat.  
 
                                                           
1
 Qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2013. 311 bet. 
2
 Ayrim mamlakatlarda saylоv о‘tkazish ijrо оrganlariga ham yuklatiladi. 
3
 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009. стр-267 


97 
 
 
 
Markaziy  saylov  komissiyasining  doimiy  ishlovchi  organ  u  Oliy  Majlis 
tomonidan tashkil qilinadi
1
.
 
Okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari  faqat  shu  saylovni  o’tkazish  uchun 
tuzilib,  saylov  natijalari  e’lon  qilinib  deputat  ro’yxatga  olingandan  so’ng  faoliyatini 
to’xtatadi. Bu ikki saylov komissiyalari jamoatchilik asosida ishlaydi, uning a’zolari 
(rais,  o’rinbosar,  kotib)  asosiy  ish  joyidan  ajralmagan  holda  komissiyada  ishlagani 
uchun maosh olmagan holda vazifasini bajaradi. Komissiya qaroriga asosan rais, rais 
o’rinbosari, kotib yoki boshqa a’zosi saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish 
davrida  o’rtacha  oylik  ish  haqi  saylov  o’tkazish  uchun  ajratilgan  mablag’lar 
hisobidan  saqlangan  holda  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  vazifalaridan  ozod  etiladi. 
Tajribada bu asosan saylov komissiyasi kotiblariga tadbiq qilinadi.  
Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  okrug  saylov  komissiyasi 
Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  saylovga  kamida  70  kun  qolganda 
komissiyaning raisi, rais o’rinbosari, kotibi va kamida 6 nafar boshqa a’zosidan iborat 
tarkibda tuziladi.  
Mahalliy Kengashlarga saylovda ham okrug saylov komissiyasi shu muddatda 
rais,  o’rinbosar,  kotib  va  komissiyaning  6–8  a’zosidan  iborat  tarkibda  tegishli 
hududga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.  
Prezident  saylovida  ham  shunday  tartibda  okrug  saylov  komissiyasi  tuzilishi, 
a’zolari kamida 6–8 kishi bo’lishi ko’rsatilgan. 
Okrug saylov komissiyasiga nomzodlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qori 
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida 
muhokama  qilinib,  tasdiqlash  uchun  Markaziy  saylov  komissiyasiga  taqdim  etiladi. 
Komissiya  a’zoligiga  ishda,  hayotda  o’zini  ko’rsatgan  bilimli,  tajribali,  jamoatchilik 
obro’sini  qozongan  kishilar  tanlanadi.  Uchastka  saylov  komissiyasi  a’zoligiga 
nomzodlar  xalq  deputatlari,  tuman,  shahar  Kengashlarining  majlislarida  muhokama 
qilinib okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. 
Komissiya  tarkibiga  kiruvchilarning  barchasi  siyosiy  partiyalarning  a’zolari, 
deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari bo’lishi mumkin emas. Bu komissiya 
a’zolarining biron bir partiya, nomzodning manfaatiga xizmat qilishini oldini oladi.  
Ayrim xorijiy mamlakatlarda saylov komissiyasi a’zolari siyosiy partiyalarning 
vakillaridan bo’lishiga ruhsat etiladi. 
                                                           
1
 MSK ni tashkil qilish tarkibi, faоliyat shakli vakоlatlari. Darslikning keying mavzusida alоhida berilgan.  


98 
 
Komissiya  a’zolarining  vakolatini  muddatidan  oldin  bekor  qilish  tartibi  ham 
qonunlarda  belgilangan.  Unga  asosan  komissiya  a’zosi  o’z  ixtiyoriga  ko’ra 
Komissiya  a’zoligidan  ozod  qilinishini  so’rab  ariza  bersa;  komissiya  tuzgan  organ 
komissiya  a’zolari  qonun  talablarini  buzsa,  o’z  vazifasini  еtarli  darajada  bajarmasa, 
a’zolikdan  mahrum  qilishi  mumkin.  Komissiya  a’zolari  deputatlikka  nomzod  etib 
ko’rsatilsa ham, komissiya tarkibidan chiqariladi.  
Komissiya tarkibida bo’sh o’rin vujudga kelsa, yangi a’zo qonunda belgilangan 
umumiy  tartib  asosida  tarkibga  kiritilishi  mumkin.  O’zbekiston  fuqarolari  faqat  bir 
saylov komissiyasining a’zosi bo’lishi mumkin.  
Uchastka  saylov  komissiyasini  tashkil  qilish  tartibini  yuqorida  aytib  o’tdik. 
Uchastka  saylov  komissiyasi  saylovga  kamida  40  kun  qolganda,  5–19  a’zodan  shu 
jumladan rais, rais o’rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 
nafardan  iborat  tarkibda  tuzilsa  rais  va  kotib  saylanadi.  Uchastka  saylov 
komissiyasining  tarkibi  okrug  saylov  komissiyasining  qarori  bilan  tasdiqlanadi. 
Uchastka  saylov  komissiyasining  tarkibi  zarurat  bo’lsa,  qonunda  belgilangan 
miqdordan kamaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin.  
Prezident  saylovida,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  saylovda,  mahalliy 
Kengashlarda  saylovlarda  tuziladigan  uchastka  saylov  komissiyalarining  yuqorida 
belgilangan  tarkibi  bir  xil.  Komissiya  tarkibining  5–19  nafargacha  qilib  belgilanishi 
(eng  kam  miqdor  va  eng  ko’p  miqdor  sonini  belgilanishi)  saylov  uchastkalarida 
saylovchilar  sonini  20  dan  3  minggacha  qilib  belgilanishi  natijasidadir.  Kam  sonli 
saylovchilar  uchun  tuzilgan  uchastkalarda  saylov  komissiyalarining  soni  kamroq, 
ko’proq  sonli  saylov  uchastkalarida  tuziladigan  saylov  komissiyalari  a’zolarining 
soni ko’proq bo’ladi. Buni ish xajmi taqazo etadi.  
Uchastka  saylov  komissiyalarida  ham  a’zolikka  ko’yiladigan  talablar 
mudatidan  oldin  a’zolikni  to’xtatish,  yangi  a’zo  saylash  tartibi  okrug  saylov 
komissiyalarinikiga aynan o’xshash.  
Mahalliy  Kengashlarga  saylov  deganda  uch  pog’onadagi  Kengashlarga: 
viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov nazarda tutiladi. Ularga saylovlarda ham 
saylov komissiyalari tuzilib, ular ma’lum tizimni tashkil etadi.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish