Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§.  Saylov  komissiyalarining  davlat  organlari  va  jamoat  birlashmalari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   250
6-§.  Saylov  komissiyalarining  davlat  organlari  va  jamoat  birlashmalari 
bilan hamkorligi  
Saylov komissiyalarining davlat organlari, jamoat birlashmalari bilan yaqindan 
hamkorlik  qilishi  saylovlarni  muvaffaqiyatli  o’tishini  ta’minlaydi.  Saylov 
komissiyalarining  davlat  organlari,  jamoat  tashkilotlari  bilan  hamkorligi  huquqiy 
asosga ega. Hamkorlikning asosiy holatlari qonunlarda ko’rsatilgan.  
 
Masalan:  Markaziy  saylov  komissiyasi  to’g’risidagi  va  saylov  to’g’risidagi  qonunlarda 
Markaziy saylov komissiyasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari,  davlatning  boshqa  organlarining  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  ularni  o’tkazish  bilan 
bog’liq masalalar yuzasidan axborotini eshitishi ko’rsatilgan.  
 


107 
 
Хuddi  shunday  vakolat  okrug  saylov  komissiyalari  va  viloyat,  tuman,  shahar 
saylov komissiyalarida ham mavjud. 
  
Masalan,  okrug  saylov  komissiyalari  va  tegishli  hududiy  saylov  komissiyalari  o’z  hududi 
doirasida yuqoridagi organlarning axborotini eshitishi mumkin.  
 
Qonunlarda  birorta  vazirlik  va  qo’mita  yoki  idoraning  nomi  ko’rsatilgan 
bo’lmasada,  saylovga  tayyorgarlik  ishlarida  ishtirok  etuvchilar  doirasi  juda  keng 
bo’lishi  mumkin.  Saylovlarga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  ishlarida  aloqa 
idoralari,  transport  xizmati  idoralari  ishtirok  etmasligining  iloji  yo’q.  Saylovlarni 
tashkil  qilish  va  o’tkazish  xavfsizlik  bilan  bog’liq,  buni  ta’minlash  ichki  ishlar 
organlari  zimmasiga  yuklanadi.  Saylov  komissiyalari  ular  bilan  yaqindan  hamkorlik 
qiladi.  Saylov  komissiyalarining  tashqi  ishlar  idoralari  bilan  aloqasi,  hamkorligi 
mavjud.  Chunki  xorijiy  mamlakatlarda  fuqarolar  ham  saylovlarda  ishtirok  etadi. 
Saylovchilarning  ro’yxatini  tuzish,  ovoz  qabul  qilish,  natijalarni  aniqlashda 
diplomatik  muassasalarning  roli  muhimdir.  Chet  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar 
kuzatuvchilarining  mamlakat  hududiga  kelishi  tashqi  ishlar  organlari  ishiga  bog’liq. 
Saylov komissiyalari davolash muassasalari, dam olish maskanlari ma’muriyati bilan, 
harbiy  qism  qo’mondonligi  bilan  yaqindan  hamkorlik  o’rnatadi.  Saylov 
uchastkalarini  binolar  bilan  ta’minlash  va  boshqa  ashyolar  bilan  ta’minlashda 
mahalliy ijro organlari alohida ishlarni olib boradi. 
Saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  saylov  komissiyalarining  qonuniy  talablarini 
davlat  organlari,  idora,  tashkilot,  muassasa,  korxonalar  ko’rib  chiqishi,  tegishli 
muddatlarda javob berishi, bajarishi zarurligi belilangan. Yuqoridagi ta’kidlar jamoat 
birlashmalariga  ham  tegishlidir.  Saylov  komissiyalari  prokuratura  organlari  bilan 
yaqindan hamkorlik qiladi. Saylov qonunlarini ijrosini nazorat qilish davomida jiddiy 
qonun  buzilishi  holatlari  aniqlangudek  bo’lsa,  materiallarni  prokuratura  organlariga 
oshiradi.  Saylov  komissiyalarida  qonuniylik  prinsipi  amal  qilinishini  fuqarolar 
huquqlari  buzilmasligini  ta’minlashda  sud  organlari  muhim  rol  o’ynaydi.  Sudlar 
saylov  komissiyalari  ustidan  tushgan  shikoyatlarni  alohida  tartibda  ko’rib  chiqadi. 
Saylov komissiyalarining jamoat birlashmalari bilan aloqasida siyosiy partiyalar bilan 
aloqasi,  hamkorligi  alohida  ahamiyatga  ega.  Saylovchilarning  belgilangan 
mikdordagi  imzosini  to’plagach  Markaziy  saylov  komissiyasi  siyosiy  partiyalarga 
saylovlarda ishtirok etishlariga ruxsat beradi. Tegishli komissiya majlislarida siyosiy 
partiyalar saylovga tayyorgarligi haqida axborot beradi. Markaziy saylov komissiyasi 
siyosiy  partiyalardan  ko’rsatilgan  nomzodlarni  ro’yxatga  oladi.  Siyosiy  partiyaning 
kuzatuvlariga,  vakolatli  vakillarga  saylov  jarayonlarida  ishtirok  etish  uchun  ruxsat 
beradi.  Siyosiy  partiyalarga  saylovda  ishtirok  etish  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratib 
beradi.  Saylov  komissiyalari  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  bilan 
yaqindan  hamkorlik  qiladi.  Bu  hamkorlik  tuman  va  shahar  Kengashlariga 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan nomzod ko’rsatishda, o’zini 
o’zi  boshqarish  organlari  uchastka  saylov  komissiyalariga  saylovchilar  ro’yxatini 
tuzishda yordam berishda ko’rinadi.  


108 
 
Saylov komissiyalari  oqibat  natijada  fuqarolarning saylov huquqlarini himoya 
qiladi,  ta’minlaydi  hamda  saylovlarni  tayyorlaydi  va  o’tkazadi
1
.  Bu  ularning  eng 
muhim va e’tirof etilgan vazifalaridir.  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish