Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining vakolatlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250
 
5-§. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarining vakolatlari 
 O’zbekistonda  mahalliy  miqyosda  ham  davlat  hokimiyati  vakilik  organlari 
tashkil  qilinishi  nazarda  tutilib,  ular  mamlakatning  ma’muriy  hududiy  tuzilishlari  – 
viloyat, tuman va shaharda tashkil qilinadi hamda fuqarolar tomonidan umumiy, teng, 
to’g’ridan-to’g’ri saylov prinsipida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Bular 
mahalliy  Kengashlar  deb  yuritiladi.  Qonunchilikka  asosan  shahar  tarkibidagi 
tumanlar va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tashkil qilinmaydi. 
Mahalliy  Kengashalar  saylovida  ham  saylov  komissiyalari  faoliyat  ko’rsatib  ular 
alohida  tizimga  ega.  Mahalliy  Kengashlarga  saylov  o’tkazishda  tuziladigan 
komissiyalar  tizimida  turli  hududlar  Kengashlariga  saylov  o’ttkazuvchi  saylov 
komissiyalari alohida mavqеga ega. Ular viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov 
o’tkazuvchi  saylov  komissiyalari  hisoblanadi  va  ma’lum  ma’noda  Markaziy  saylov 
komissiyasi  qiladigan  ishlarni  bajaradi.  Bu  komissiyalar  mahalliy  Kengashlarga 
saylov  o’tkazish  uchun  tuziladigan  komissiyalar  tizimida  rahbariy  mavqеga  ega. 
Viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlariga  saylov  o’tkazuvchi  komissiyalarning  okrug, 
uchastka  saylov  komissiyalariga  nisbatan  rahbarlik  qilish  vazifasi,  tashkiliy  vazifasi 
nazorat qilish vazifasi, saylovda turli tadbirlarga ruxsat berish, rasmiylashtirish, e’lon 
qilish  kabi  keng  vazifalari  mavjud  bo’lib,  shu  vazifalarni  bajarish  uchun  еtarli 
vakolatlari  belgilangan.  Ularning  vakolatlari  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va 
shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunning 11-moddasida berilgan. Ushbu 
modda  “Viloyat, tuman shahar komissiyalarining vakolatlari” deb nomlangan. Unga 
asosan viloyat, tuman, shahar komissiyasi:  
1) tegishli hududda ushbu qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda 
qo’llanilishini ta’minlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izoh 
berib boradi; 
2)  tegishincha  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashiga  saylov 
o’tkazuvchi saylov okruglarini tuzadi ularga nom va tartib raqam beradi; 
3)  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashiga  saylov  o’tkazuvchi  okrug  saylov 
komissiyalarini tuzadi; 
4)  tegishli  saylov  komissiyalarining  faoliyatini  yo’naltirib  boradi,  ularning 
tarkibiga  o’zgartirishlar  kiritish  tartibini  belgilaydi,  okrug  va  uchastka  saylov 
komissiyalarining  qarorlarini,  basharti,  bu  qarorlar  ushbu  qonunga  zid  bo’lsa, 
mustaqil  tarzda  yoki  viloyat,  shahar,  tuman  prokurorining  taqdimiga  binoan  bekor 
qiladi; 
5)  deputatlikka  nomzodlar  ko’rsatgan  siyosiy  partiyalardan,  fuqarolarning 
o’zini – o’zi boshqarish organlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi; 
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro’yxatga oladi 
va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi; 
                                                           
1
 Bu  haqda  batafsil  qarang:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  Қонунчилик  палатасига  сайлов 
ўтказувчи  участка  сайлов  комиссияларини  тузиш  ва  уларнинг  ишини  ташкил  қилиш  тартиби  тўғрисидаги 
Низом  /  Ўзбекистон  Республикаси  Марказий  сайлов  комиссиясининг  2014-йил  11-сентябрдаги  618-сонли 
қарори билан тасдиқланган. 


106 
 
7)  deputatlikka nomzodlar  saylov  kampaniyasida  ishtirok  etishlari  uchun  teng 
sharoitlar ta’minlaydi; 
8) pul mablag’larini tegishli saylov komissiyalari o’rtasida taqsimlaydi, saylov 
komissiyalari  binolar,  transport  va  aloqalari  bilan  ta’minlanishini  nazorat  qiladi, 
saylovning moddiy jihatdan ta’minlanishiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqadi; 
9)  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashi  sayloviga  doir  saylov  byulletenlari, 
saylovchilar  ro’yxatlari,  saylov  komissiyasi  bayonlari,  saylov  varaqalari,  o’z  muhri, 
saylovga  oid  boshqa  hujjatlarning  shakllarini  tasdiqlaydi  va  tayyorlanishini 
ta’minlaydi; 
 10)  siyosiy  partiyalar,  mahalliy  davlat  organlari,  fuqarolarning  o’zini  o’zi 
boshqarish  organlari  va  jamoat  birlashmalari  vakillarining  hamda  korxonalar, 
muassasalar  va  tashkilotlar  rahbarlarining  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni 
o’tkazish bilan bog’liq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi; 
11)  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashiga  o’tkazilgan  saylov  yakunlarini 
chiqaradi,  saylangan  deputatlarni  ro’yxatga  oladi,  saylov  yakunlariga  doir 
ma’lumotlarni va saylangan deputatlarni ro’yxatini matbuotda e’lon qiladi; 
12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va 
ko’krak nishonini beradi; 
13) takroriy saylov o’tkazish bilan bog’liq masalalarni hal qiladi; 
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari hamda xatti – harakatlari ustidan 
tushgan arizalarni ko’rib chiqadi va tegishli qarorlarni qabul qiladi; 
15)  ushbu  qonun  jinoiy  javobgarlikka  tortilishga  sabab  bo’ladigan  tarzda 
buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga topshiradi; 
16)  saylovni  o’tkazish  va  uni  tashkil  etish  bilan  bog’liq  hujjatlar  arxivlarga 
topshirilishini ta’minlaydi; 
17)  ushbu  qonun  va  boshqa  qonunlarga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  amalga 
oshiradi. 
Agar  bu  vakolatlarni  mazmuni  maqsadiga  qarab  turlarga  bo’ladigan  bo’lsak, 
хuddi  Markaziy  saylov  komissiyasinig  vakolatlarini  turlariga  aynan  o’xshashdir. 
2012-yilda  Toshkent  shahar  deputatlaridan  5  tasi  turli  sabablar  bilan  deputatlikdan 
mahrum  bo’lgan.  2009-yilda  tuzilgan  shahar  saylov  komissiyasi  esa,  shu  o’rinlarga 
tegish okruglarda saylov tashkil qilgan. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish