Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250
 
7-§. Saylov sеnzlari 
“Sеnz”  atamasi  aslida  cheklash  ma’nosini  bildirib,  saylov  huquqida  ham 
cheklash ma’nosida ishlatilsa-da, uning ma’nosi ancha kengroq. 
                                                           
1
 О’zbekistоn Respublikasi Kоdekslari. T.Adоlat., 2013, 56-57-betlar. 
2
 Bular haqida qarang: Албастров И.А Конституционное право зарубежных стран. М.: 2009, стр-264. 
3
 Azizxо‘jaev A. va bоshqalar. Kоnstitusiyaviy huquq (izоhli lug‘at) T.: Sharq, 2001, 14-bet. 
4
 Xalq sо‘зi gaзetasi, 2014-yil, 26-dekabr. 


35 
 
Saylоv  huquqiga  ega  bо‘lish  va  amalga  оshirish  uchun  kоnstitutsiya va 
saylоv  qоnunlari  bilan  о‘rnatilgan  shart-saylоv  senzidir,  degan  ta'rif  saylоv 
senzi ma'nоsini tо‘larоq оchadi.  
Turli  mamlakatlarning  saylov  tizimida  turli  tuman  saylov  sеnzlari  mavjud 
bo’lgan va hozir ham mavjud.  
 
Masalan,  yosh,  fuqarolik,  savodxonlik,  mulkiy,  o’troqlik,  jinsiy,  irqiy,  xizmat  faoliyati,  til, 
diniy  sеnzlar.  Olib  borilgan  uzoq  va  kuchli  demokratik  kurashlar  natijasida  hozirgi  zamon  saylov 
tajribasida bu sеnzlarning ba’zilari umuman qo’llanilmaydi, yoki qo’llanish doirasi qisqargan. 
Uzoq  vaqt  mavjud  bo’lgan  sеnzlardan  biri  mulkiy  sеnz  bo’lib,  u  saylovda  qatnashish 
huquqiga  ega  bo’lish  uchun  ma’lum  mulklarni,  AQShda  ko’chmas  mulkka  ega  bo’lish,  ma’lum 
summa soliq to’lashi shart bo’lib, 1964-yilgacha AQShning ba’zi shtatlarida saylovchilardan ovoz 
berish  uchun  soliq  to’lash  talab  etilgan.  Hozirgi  davrda  to’g’ridan-to’g’ri  mulk  sеnzi  demokratik 
davlatlarda yo’q, lekin ayrim mamalakatlarda saylovda ishtirok etish uchun ma’lum miqdorda garov 
qo’yish tartibi mavjud. 
Uzoq  vaqt  saylov  o’tkazishda  jinsiy  sеnz  mavjud  bo’lib,  saylovlarda  ishtirok  etish 
huquqidan  erkaklar  imtiyozli  foydalanishgan.  1917-yilgacha  juda  kam  sonli  mamlakatlarda 
(Avstriya,  Daniya,  Ispaniya,  Yangi  Zellandiya  va  Norvegiyada)  ayollar  aktiv  saylov  huquqidan 
foydalangan. Ayollarning siyosiy hayotdan, ovoz berishdan chetlatilishi, ularning oiladagi ishtiroki 
muhim degan qoida bilan izohlangan. Angliyada 1918-yilda, AQShda 1920-yilda, Fransiyada 1944-
yilda,  Italiya  va  Yaponiyada  1945-yilda  eng  demokratik  mamlakatlardan  hisoblanuvchi 
Shvesariyada esa 1971-yilda ayollar ovoz berishda ishtirok etishadigan bo’ldi 
 
Saylov  tizimida  savodxonlik  sеnzi  ham  mavjud  bo’lib,  u  aholini  savodsizligi 
byulletenlarni  mustaqil  to’ldirish  imkonini  bermaydi,  byulleten  to’ldirishga 
boshqalarni  jalb  qilish  esa,  yashirin  saylovlarga  zid  deb  asoslanar  edi.  Ba’zi 
mamlakatlarda oxirgi paytlarda qabul qilingan konstitusiya va qonunlarda bu sеnz bir 
muncha takomillashtirilib o’rnatilgan. 
  
Masalan,  1998-yilgi  Ekvador  konstitusiyasida  savodxonlar  (o’qish,  yozishni  biladiganlar) 
saylovda  albatta  ishtirok  etishi,  savodsizlar  ixtiyoriy  ishtirok  etishi  belgilandi.  Umuman  bu  sеnz 
ko’pgina mamlakatlarning qonunchiligidan olib tashlanmoqda va saylovda ishtirok etuvchilar soni 
ko’payib  bormoqda.  Masalan,  1980-yilda  Peruda  bo’lgan  saylovda  bu  sеnzning  olib  tashlanishi 
natijasida mamlakat bo’yicha 857 ming saylovchi ovoz berishda ishtirok etgan. 
 
Xorijiy mamlakatlarda ancha keng tarqalgan sеnzlardan biri o’troqlik sеnzidir. 
Bu  еrda  gap  aktiv  saylov  huquqidagi  o’troqlik  sеnzi  haqida  ketmoqda.  Bu  sеnz 
natijasida  ko’plab  fuqarolar  ayniqsa  mavsumiy  ish  bilan  shug’ullanuvchilar 
saylovlarda ishtirok eta olmaydilar. 
 
 
 
 
Ayrim mamlakatlarda jumladan, Gollandiya va Turkiyada hamda asosan Lotin 
Amerikasi  davlatlarida  (Peru,  Panama,  Argentina,  Braziliya,  Meksikada)  harbiylar 
saylovda  ishtirok  ettirilmaydi.  Bu  armiya  siyosatdan  tashqarida  degan  Konsepsiya 
bilan  asoslantiriladi.  Shu  mamlakatlarning  ba’zilarida  polisiyachilar,  turli  (qamoq) 
xizmatdagilar ham saylovda ishtirok etmaydi. 


36 
 
 
Ayrim  mamlakatlarda  diniy  tashkilot  xizmatchilari  ham  saylovda  ishtirok 
etmaydi.  Bu  diniy  sеnz  natijasidir.  Bu  cherkov  va  davlat  ajratilgan  degan  prinsip 
bilan isbotlanadi. 
Ayrim  mamlakatlarning  qonunchiligida  ayrim  toifadagi  fuqarolarni  saylov 
huquqidan  mahrum  qilish  asoslari  belgilangan,  aniqrog’i,  saylov  huquqidan  sud 
qarorlariga asosan mahrum qilinishi mumkin. Bunday fuqarolar toifasiga turmalarda 
jazo  o’tayotgan  siyosiy  huquqlardan  mahrum  qilinganlar,  bankrotga  uchraganlar, 
davlat g’aznasidan qarzdorlar kiradi. Bundan tashqari “ahloqiy” sеnzlar ham mavjud 
bo’lib,  uning  asosida  daydilar,  alkagollar  (narkomanlar),  ota-onasiga  xurmatsizlik 
qilganlar saylovda ishtirok etmaydi. (Meksika Konstitusiyasi 38-modda). 
 
 
Deyarli  barcha  mamlakatlarda  yosh  sеnzi  bo’lib  (aktiv  va  passiv  siyosiy  huquqda), 
dastlabki  davrlarda  juda  yuqori  o’rnatilgan  va  buning  natijasida  aholining  ko’pchilik  qismi 
saylovlardan  chetlatilgan.  Olib  borilgan  kurashlar  natijasida  yosh  sеnzi  pasaytirilgan,  natijada 
Angliya  va  Germaniyada  1970-yil,  AQShda  1971-yil,  Fransiyada  1974-yil,  Italiyada  1978-yilda 
aktiv saylov huquqi 18 yosh qilib belgilangan
1

 
Umuman  saylov  sеnzlari  aktiv  saylov  huquqi  uchun  alohida,  passiv  saylov 
huquqi uchun alohida, yoki ikkalasi uchun bir xil bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston saylov tizimida ham saylov sеnzlari mavjud va ular aktiv saylov 
huquqi uchun alohida, passiv saylov huquqi uchun alohida belgilangan. 
Aktiv saylov huquqida (saylash huquqiga ega bo’lishda) sеnzlar quyidagilardan 
iborat: 
1. Fuqarolika ega bo’lish; 
2. Ma’lum yoshga – 18 yoshga to’lgan bo’lish; 
3. Muomala layoqatiga ega bo’lish; 
4. Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o’tamayotgan bo’lish. 
5. Passiv saylov huquqida (saylanishda) quyidagi sеnzlar mavjud: 
6. Fuqarolik; 
7.  Yosh  sеnzi.  Ma’lum  yoshga  to’lgan  bo’lishlik  –  Prezident  bo’lib  saylanish 
uchun 35 yosh, mahallliy davlat organlariga deputat bo’lib saylanish uchun 21 yosh, 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senatga saylanish uchun 25 yoshga 
to’lgan bo’lish. 
8.  O’troqlik  sеnzi – deputat  va  Senator  bo’lib  saylanish uchun  oxirgi  besh  yil 
ichida  O’zbekistonda  muqim  yashagan  bo’lish,  Prezidentlikka  saylanish  uchun  esa 
oxirgi o’n yil ichida O’zbekistonda muqim yashagan bo’lish. 
9.  Til  bilish  sеnzi  –  bu  faqat  Prezidentlikka  saylanuvchilarga  nisbatan  tadbiq 
etiladi. 
10. Muomala layoqatiga ega bo’lish. 
11. Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazo o’tamayotgan bo’lish. 
                                                           
1
 Shu  bandni  yozishda  kо‘rsatkichlar  va  raqamlar  “Конституционное  право  зарубежных  стран”  darsligidan  (M. 
“Норма”, 2010, 232-237-betlar) оlindi. 


37 
 
Bulardan  tashqari  saylov  qonunchiligida  Prezidentlikka  nomzod  uchun, 
deputatlikka va Senator bo’lib saylanadiganlar nomzodi uchun ba’zi talablar, shartlar 
ham qo’yiladi. Bular haqida darslikning 10-mavzusida keng va atroflicha to’xtalinadi. 
 
Xulosa 
Saylov  huquqi  fuqarolarning  siyosiy  huquqlari  sifatida  vujudga  kelib, 
rivojlanib  bormoqda  va  saylov  fuqaro,  jamiyat  hayotida  muhim  rol  o’ynamoqda. 
Fuqarolar  hayotida  shunchaki  saylovlar  emas,  demokratik  saylovlar,  muhim 
tashkilotchilik,  yaratuvchilik  vazifasini  o’tovchi  saylovlar  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi. Saylovlarning demokratik o’tishida turli davrlarda fuqarolarning kurashi, qat’iy 
talabi natijasida vujudga kelgan va rivojlanib, kengayib borayotgan saylov prinsiplari 
muhim  rol  o’ynaydi.  Bu  prinsiplar  umumiy,  teng,  to’g’ridan-to’g’ri,  yashirin  ovoz 
berish  prinsiplari  bo’lib  ular,  xalqaro  hujjatlarda  mustahkamlanib,  umum  e’tirof 
etilgan  prinsiplar  doirasiga  ko’tarilgan.  Saylovlarning  yanada  takomillashuviga, 
demokratlashuviga  ularni  faqat  shu  prinsiplarda  o’tkazilishining  o’zi  еtarli  bo’lmay 
qoldi.  Xozir  umum  e’tirof  etilgan  saylovlarni  oshkora  o’tishi,  xohish  iroda  bildirish 
ixtiyoriyligi asosiy prinsiplar qatoriga qo’shildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  yuqoridagi  prinsiplarni  o’z  konstitusiyasi  va 
qonunlarida  mustahkamlash  bilan  birga  har  bir  saylovda  ularning  qo’llanilishini 
kengaytirish choralarini ko’rib bormoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 
saylov  huquqining  umumiy  prinsiplarini  saylovlarda  qo’llash  kengayib  bormoqda. 
Mamlakatimizda o’ziga xos saylov tizimi mavjud bo’lib, Ekoharakatdan qonunchilik 
palatasiga deputat saylash va Oliy Majlis Senatini saylash tartibi, saylov tizimimizni 
pog’onali saylovlar bilan boyitdi. Saylov qonunchiligida o’rnatilgan “saylov sеnzlari” 
demokratik  prinsiplar  va  talablarga  zid  emas.  Ular  saylovlarni  sifatli  o’tkazish, 
tegishli lavozim va o’rinlarga munosib shaxslarni saylanishini nazarda tutadi.  

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish