Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. To’g’ri va pog’onali saylov prinsipi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250
 
4-§. To’g’ri va pog’onali saylov prinsipi 
O’zbekistonda 
saylovlarni 
to’g’ridan-to’g’ri 
(bevosita) 
o’tkazilishi 
Konstitusiyaning  117-moddasida  belgilangan.  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
saylovi  to’g’risida”gi  Qonunning  1-moddasida  ham  saylovlar  to’g’ridan-to’g’ri 
o’tkazilishi ko’rsatilgan. 
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 
2-moddasi  va  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 
to’g’risida”gi  Qonunning  2-moddasi  “to’g’ridan-to’g’ri  saylov  huquqi”  –  deb 
nomlanib,  ularda  Qonunchilik  palatasining  bir  yuz  o’ttiz  besh  deputati, 
Kengashlarning barcha pog’onasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanishi 
mustahkamlangan. 
To’g’ridan-to’g’ri  saylov  ovoz  berishda  fuqarolarning  bevosita,  shaxsan 
ishtirok  etishidir.  To’g’ridan-to’g’ri  saylov  orqali  fuqarolar  o’zlari  bilgan,  ishongan 
nomzodiga,  siyosiy  partiyalarga  ishonchini  bildiradi  va  ularga  shu  mansab  yoki 
darajani loyiq deb hisoblaydi. 
To’g’ridan-to’g’ri saylovlar orqali eng qo’yi vakillik organlari deputatlari ham, 
oliy vakillik organlarining deputatlari ham, davlat boshlig’i – Prezident ham bevosita 
fuqaro  –  saylovchilar  tomonidan  saylanadi.  To’g’ri  saylov  mavjud  bo’lganda 
saylovchi  bilan  deputat,  prezident  o’rtasida  bevosita  hеch  qanday  oraliq 
bog’lovchilarsiz,  vositachilarsiz  aloqa  vujudga  keladi.  Saylanganlar  fuqarolar, 
saylovchilar oldida javobgar, mas’ul bo’ladi. 
To’g’ri saylov natijasida fuqarolar barcha bo’g’indagi deputatlarni, Prezidentni 
o’zlari istiqomat qilib turgan yashash joyidan saylaydi. 
Lekin hozirga qadar ayrim mamlakatlarda to’g’ri saylovlarning aksi pog’onali 
saylovlar  ham  qo’llaniladi,  bu  degani  shunday  saylovlar  demokratiyaga  zid  degani 
emas.  Saylovlarni  qaysi  turini  tanlashni,  saylaydigan  organlarning  darajasiga, 
mavqеiga qarab har bir mamlakatni o’zi hal qiladi. 
 
Masalan,  eng  demokratik  mamlakat  hisoblangan  Amerika  Qo’shma  Shtatlarida  to’g’ri 
saylov  bilan  birga  pog’onali  saylovlardan  ham  foydalaniladi.  AQSh  Prezidenti  har  to’rt  yilda 
saylovchilar  tomonidan  saylanadigan  438  kishi  (saylovchi)  tomonidan  saylanadi.  Ya’ni,  Prezident 
saylash uchun saylovchilar 438 vakilni saylaydi.

 
                                                           
1
 Qarang: Избрательное право и избрательный процесс в РФ. М: “Норма”, 1999, стр-37. 
2
 Qarang: Баглай М.В. Коституционное право в РФ. М: “Норма”, 1998, 350 стр. 


30 
 
O’zbekistonda  parlament  –  Oliy  Majlis  ikki  palatali  tuzilishida  tashkil 
qilingandan so’ng, quyi palata – Qonunchilik palatasining 135 ta deputati to’g’ridan-
to’g’ri  saylov  orqali,  15  tasi  pog’onali  saylov  orqali  va  Senatning  ko’pchilik  qismi 
pog’onali  saylov  orqali  saylanish  tartibi  belgilanadi.  Bu  bilan  saylov  tajribamizga 
pog’onali saylov prinsipi  kirib keldi.  Bu  aslo demokratiyaga  zid  emas,  aksincha uni 
to’ldiradi,  yuqorida  tilga  olingan  organlarning  a’zolarini  tanlashni  samarali  vositasi 
hisoblanadi. 
Amaldagi  saylov  qonunchiligiga  asosan  Qonunchilik  palatasining  o’n  bеsh 
deputati  O’zbеkiston  ekologik  harakatidan  (bundan  buyon  matnda,  Ekoharakat) 
saylanadi.  Bu  15  deputat  Ekoharakatni  hududiy  tuzilmalarining  vakillari  ishtirok 
etadigan  Respublika  anjumanlarida  saylanadi.  Ya’ni  Ekoharakatning  hududiy 
tuzilmalari Qonunchilik palatasiga deputat saylash uchun vakillarini saylaydi.Ular o’z 
navbatida 15 ta deputatni saylaydi.  
Oliy  Majlis  Senati  a’zolarining  bir  qismi,  hududiy  tuzilmalaridan  teng 
miqdordagi vakillar orqali saylanadi
1
.
 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasining 
77-moddasiga 
asosan 
“O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisning  Senati  a’zolari  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlar  davlat  hokimiyati 
vakillik  organlari  deputatlarning  qo’shma  majlislarida  mazkur  deputatlar  orasidan 
yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahridan  teng  miqdorda  –  olti  kishidan  saylanadi”  –  deb  belgilangan. 
Konstitusiyaning  shu  moddasiga  binoan,  saylov  kuni  yigirma  besh  yoshga  to’lgan 
hamda  kamida  besh  yil  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  muqim  yashayotgan 
O’zbekiston fuqarosi Senat a’zosi bo’lib saylanishi mumkin. 
Konstitusiyasining  117-moddasiga  asosan,  Senat  a’zolari  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlar  davlat  hokimiyati 
va vakillik organlarining qo’shma majlislarida mazkur deputatlar saylangandan so’ng 
bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. 
“O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 
II-qismi  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senatini  shaklantirish”  deb 
atalib,  uning  normalari  yuqoridagi  Konstitusiya  normalarini  rivojlantiradi  va  Senat 
saylovini  boshqa  jihatlarini  tartibga  soladi.  Shu  qonunning  55-moddasi  Senat 
a’zolarini  saylash  tartibi  to’g’risidagi  nizom  ishlab  chiqish  vakolatini  Markaziy 
saylov  komissiyasiga  yuklagan.  Shundan  kelib  chiqib,  Markaziy  saylov  komissiyasi 
2004-yil  18-sеntyabrdagi  198-sonli  qarori  bilan  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida Nizom”ni tasdiqlagan. Keyinchalik 
Markaziy  saylov  komissiyasining  qarorlari  bilan  unga  bir  necha  o’zgartirishlar  ham 
kiritilgan.  Хususan,  ushbu  Nizomga  Markaziy  saylov  komissiyasining  2005-yil  4-
yanvardagi  240-sonli  va  2006-yil  14-aprеldagi  270-sonli  qarorlari  bilan  bir  qator 
o’zgartishlar kiritilgan. 
Konstitusiya  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  asosan  Senat  hududiy  vakillik 
palatasi.  Uning  a’zolari  fuqarolar  saylagan  deputatlar  tomonidan  saylanadi.  Bunday 
                                                           
1
 Senatning 16ta a’zоsi О’zbekistоn Respublikasi Prezidenti tоmоnidan tayinlanadi. 


31 
 
saylov  natijasida  Senat  a’zolari  bilan  fuqaro  o’rtasida  bir  tabaqa  (mahalliy  vakillik 
organlari deputatlari) mavjud. 
Lekin Senat a’zolar bilan saylovchilar o’rtasida bir tabaqani mavjudligi fuqaro 
va Senat a’zosini aloqasini mutlaqo yo’qqa chiqarmaydi. Senat a’zosi Senat a’zoligi 
davrida ham tegishli Kengash deputati bo’lib qolaveradi va deputatlik vazifasini to’la 
bajaradi va saylovchilar oldida ma’suliyatdan ozod bo’lmaydi. Bundan tashqari Senat 
a’zosini  tegishli  asoslar  mavjud  bo’lib,  muddatdan  avval  chaqirib  olish  masalasi 
qo’yilsa, chaqirib olish uni mahalliy Kengash deputati saylangan okrugidan chaqirib 
olinadi. 
Demak,  O’zbekiston  saylov  tizimida  saylov  huquqining  asosiy  prinsiplaridan 
hisoblangan  to’g’ridan-to’g’ri  saylov  bilan  birga,  pog’onali  saylov  ham  mavjud 
bo’lib  u  Qonunchilik  palatasiga  Ekoharakatdan  15 ta  deputat  saylashda  va  Senat 
a’zoligiga hududiy tuzilishlardan a’zo saylashda qo’llaniladi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish