Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   250
3-§. Teng saylov prinsipi 
Bu  huquq  Konstitusiyamizda  va  Prezident  saylovi  to’g’risidagi,  vakillik 
organlariga 
saylovi 
to’g’risidagi 
qonunlarda 
mustahkamlab 
qo’yilgan. 
Konstitusiyaning 117-moddasi saylovchilarning o’z xohish-irodasini bildirish tengligi 
kafolatlanishi,  saylovlar  teng  saylov  huquqi  asosida  o’tkazilishi  belgilangan. 
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida 
saylov  teng  saylov  huquqi  asosida  o’tishi,  3-moddasida  har  bir  fuqaro  bittadan 
ovozga  ega  ekanligi  belgilangan  bo’lsa,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 
saylov  to’g’risida”  va  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga 
saylov to’g’risida”gi qonunlarning tegishlicha 3-moddasi “Teng saylov huquqi” – deb 
nomlanib, unda:  
“Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.  
Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib 
chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsiy  va  ijtimoiy  mavqеi,  ma’lumoti,  mashg’ulotining  turi  va 
xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega” – deb belgilangan. Bu qoidalar 
asosan  fuqarolar  saylov  huquqining  tengligiga  tegishli  bo’lib,  bu  tenglik  har  bir 
saylovchining bitta ovozga egaligini ta’minlashdir. 
Tenglik  prinsipining  tariхda  qo’pol  ravishda  buzilishiga  yaqqol  misol  sifatida 
o’tmishdagi  yondoshuvni  ko’rish  mumkin.  Jumladan,  sobiq  ittifoq  davrida  o’tgan 
asrning  30-yillarida  umuman  teng  bo’lmagan  saylovlar  mavjud  bo’lgan.  Bunda 
davlatning  “proletariat  diktaturasi”  mohiyatidan  kelib  chiqib  ishchilar  sinfi 
(proletariat)  uchun,  dehqonlarga  nisbatan  saylovda  katta  imtiyoz  berilgan.  Ittifoq 
vakillik  organiga  dehqonlardan  125 000  saylovchidan  bir  deputat  saylansa, 
ishchilardan  25 000  saylovchidan  bir  deputat  saylangan.  Ya’ni,  bir  ishchining  ovozi 
bеshta dеhqon ovoziga tеngashtirilgan. 
Saylovchilardagi 
tenglikni 
faqat 
fuqarolarning 
tengligi 
bilangina 
chegaramaslik,  faqat  shu  asosda  saylovlarga  baho  bermaslik  kerak.  Tenglik  prinsipi 


28 
 
saylovda  fuqarolar  teng  huquqligi  doirasidan  chiqib  boshqa  holatlarga  ham 
qo’llanilishi  kerak.  Tenglik  prinsipi  barcha  saylov  ishtirokchilari  uchun  bir  xil, 
imkoniyat yaratilishida ham o’z ifodasini topadi. “Bizning qonunchiligimizda saylov 
kampaniyasining  biron-bir  ishtirokchisi  uchun  qandaydir  alohida  imtiyoz  va 
preferensiyalar berilmasligi belgilab qo’yilgan”
1
.
 
O’zbekiston  mustaqil  taraqqiyotining  dastlabki  kunlaridan  to  hozirgacha 
saylovladrni  teng  asosida  o’tkazilishini  ta’minlash  borasida  izchil  ishlarni  amalga 
oshirib kelmoqda.  
 
Masalan:  Dastlabki  davrlarda  nomzod  ko’rsatish  huquqi  davlat  hokimiyati  vakillik 
organlariga  va  partiyalarga  berilagan  edi  (fuqarolarga  ham).  Bu  saylovlarda  notenglikni  keltirib 
chiqarar  edi.  Siyosiy  partiyalar  nomzod  ko’rsatish  huquqiga  ega  bo’lish  uchun  saylovchilarning 
imzosini  to’plashi,  vakillik  organlariga  esa  hеch  qanday  imzo  to’plamay  nomzod  ko’rsatishi 
mumkin  edi.  Saylov  kampaniyasi  davrida  ham  siyosiy  partiyalar  bilan  vakillik  hokimiyati 
organlarining imkoniyati har xil edi. Shuning uchun ham saylovda hokimiyat organlari tomonidan 
nomzodi  ko’rsatilib  saylangan  deputatlar  ko’pchilikni  tashkil  etar  edi.  Amaldagi  qonunchilikda 
vakillik  hokimiyati  organlari  tomonidan  nomzod  ko’rsatish  tartibi  bekor  qilingan  va  faqat  siyosiy 
Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish