Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Yashirin ovoz berish va saylovlarda oshkoralik



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   250
5-§. Yashirin ovoz berish va saylovlarda oshkoralik 
Saylovlarda  adolatni  ta’minlash  vositalaridan  biri  ovoz  berishni  yashirin 
bo’lishidir.  Saylovlar  yashirin  ovoz  berish  orqali  o’tkazilishi  Konstitusiyaning  117-
moddasida  belgilangan.  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi 
Qonunning  1-moddasida  yashirin  ovoz  berish  orqali  Prezident  saylanishi  qayd 
qilingan  bo’lsa,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi 
Qonunning 5-moddasiga va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 
saylov  to’g’risida”gi  Qonunning  5-moddasi  “Yashirin  ovoz  berish”  deb  nomlanib 
ularga asosan deputatlar saylovida yashirin ovoz beriladi. 
Yashirin  ovoz  berish  saylov  huquqini  asosiy  prinsipi  bo’lishi  bilan  birga 
demokratik  saylovni  asosiy  xususiyati,  ajralmas  sharti  va  saylovchilarning  mutloq 
huquqi  (imtiyozi)  hisoblanadi
1
.  Yashirin  saylov  faqat  deputatlar  saylovida  emas, 
boshqa saylovlarda ham qo’llaniladi. Bular haqida ham alohida to’xtalamiz. 
Yashirin ovoz berish  saylovda ovoz berishning  eng  maqbul  usuli  hisoblanadi. 
Yashirin  saylovda  saylovchi  hеch  qanday  tashqi  ta’sirga  berilmay,  tashqi  ta’sirdan 
mutlaqo holi ravishda, hеch kimga ko’r-ko’rona ergashmay ovoz beradi. Ovoz berish 
natijasi  uni  o’zidan  boshqa  hеch  kimga  ma’lum  bo’lmaydi.  Bu  saylovchining 
keyinchalik turli ta’qiblarga uchrashini oldini oladi. 
Yashirin  ovoz  berish  qonun  va  boshqa  hujjatlarda  belgilangan  turli  qoida  va 
tartiblar  orqali  kafolatlanadi.  Saylov  qonunchiligiga  asosan  ovoz  berish  yashirin 
xonalarda  amalga  oshirilishi,  saylovchi  byulleten  bilan  tanishganda  saylov 
kabinalarida  undan  boshqa  hеch  kim  (saylov  komissiyasi  a’zolari,  kuzatuvchilar) 
bo’lmasligi kerak. Ovoz berish kabinalari duch kelgan joyda emas byulleten olgandan 
so’ng,  saylov  qutisiga  borguncha  yo’lda  bo’lishi,  saylovchi  albatda  undan  o’tishi 
kerak.  Faqat  saylovchi  saylov  byulleteni  bilan  tanisha  olish  imkoniyatiga  ega 
bo’lmasa,  o’z  xohishi  bilan  byulletenni  to’ldirishda  biror  kishining  yordamidan 
foydalanishi  mumkin.  Yana  bular  saylov  komissiyasi  a’zolari,  kuzatuvchilar 
bo’lmasligi  kerak.  Saylovchi  ovoz  berib  bo’lgandan  keyin  ham  uning  kimga  ovoz 
                                                           
1
 Qarang: http://lawbооks.news/pravо-kоnstitutsiоnnоe/kоnstitutsiоnnоe-pravо-rоssiyskоy.html 


32 
 
berganligini  hech  kim  so’rashi  mumkin  emas.  Saylov  byulletenlariga  hech  qanday 
belgi, raqam komissiya tomonidan qo’yilmaydi. 
Ovoz  berishni  yashirinligi,  muddatdan  oldin  ovoz  berilganda  ham, 
nogironlarga, kasallarga maxsus saylov qutisi olib borilganda ham ta’minlanadi. 
Yashirin 
ovoz 
berish 
faqat 
umumiy 
saylovlardagina 
qo’llanilmay, 
Ekoharakatdan uning konfеrеnsiyasida 15 deputat saylanganda, shuningdek, mahalliy 
vakillik 
organlarining 
Senat 
a’zolarini 
saylashga 
bag’ishlangan  qo’shma 
majlislaridagi saylovda ham qo’llaniladi. 
Yashirin  ovoz  berish  parlamentning  turli  organlari,  mansabdor  shaxslarni 
saylash  faoliyatida  ham  qo’llaniladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunchilik  palatasi 
Spikeri  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  orasidan  Qonunchilik  palatasi  deputatlari 
tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi hamda lavozimidan muddatdan 
avval chaqirib olinadi. 
Senat  Raisi  Senat  a’zolari  orasidan  Senat  majlisida  yashirin  ovoz  berish  yo’li 
bilan lavozimiga saylanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Palatalar o’z vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham yashirin ovoz berish 
yo’li bilan hal qilish haqida qaror qabul qilishi mumkin. 
Yuridik adabiyotlarda, manbalarda yashirin ovoz bilan birga oshkoralik degan 
so’z ko’p uchraydi. Shuning uchun ba’zan savol ham tug’ilib turadi: yashirin nima?, 
oshkoralik nima? degan. 
Yashirin  bu  faqat  ovoz  berishgagina  taalluqli  xususiyat.  Ovoz  berishgina 
yashirin  amalga  oshiriladi.  Saylovdagi boshqa  barcha  masalalar  oshkora o’tkaziladi. 
Oshkora o’tmagan saylovlar, tayyorgarlik oshkora olib borilmasa, bunday saylovlarni 
demokratik deb hisoblanmaydi. 
Shuning  uchun  oshkoralikni  ham  saylovning  muhim  prinsiplaridan  desa 
bo’ladi. 
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  qonunning  5-
moddasi,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  va  “Xalq 
deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi 
qonunlarning  6-moddasi  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazishdagi 
oshkoralikka  bag’ishlangan  bo’lib,  ularda  oshkoralikni  ta’minlovchi,  namoyon 
etuvchi shartlar, talablar mustahkamlangan. 
Shu  moddalarning  qoidasiga  ko’ra  saylovlarga  tayyorgarlik  ko’rish  hamda 
o’tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar. 
Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishdagi oshkoralik quyidagi tadbirlar 
orqali amalga oshiriladi: 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish