Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov qonunchiligini takomillashib borishi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   250
3-§. Saylov qonunchiligini takomillashib borishi. 
Tom 
ma’nodagi 
saylov 
qonunchiligini 
takomillashtirish 
jarayoniga 
vatanimizning  mustaqillikka  intilish  uchun  kurashga  kirishilgan  yillaridan  boshlab 
kirishildi,  ular  asosida  demokratik  saylovlar  o’tkazilib,  ishchan,  xalq,  umum 
manfaatlarni  shaxsiy  manfaatlardan  ustun  qo’yuvchi  shaxslarni  saylanishi  uchun 
huquqiy zamin yaratildi. 
O’zbekiston saylov qonunchiligi tizimini shakllanishida mamlakatda Prezident 
lavozimini  ta’sis  etilishi  ham  muhim  rol  o’ynadi.  1990-yil  24-martda  XII  chaqiriq 
Oliy Sovetining birinchi sessiyasida I.Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. 


43 
 
1991-yil  18-noyabrda  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezdenti  saylovi  to’g’risida”gi 
qonun qabul qilindi
1

Qonun  O’zbekiston  Prezidentining  umumxalq  tomonidan,  umumiy  teng, 
to’g’ridan  to’g’ri,  prinsip  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  saylanishini 
o’rnatdi.  Shuningdek  qonunda  prezident  nomzodiga  qo’yiladigan  talablar,  saylov 
tayinlash,  nomzod  ko’rsatish  va  boshqa  barcha  saylov  jarayoniga  taalluqli  tadbirlar 
qonuniy mustahkamlanib qo’yildi. Keyinchalik 1997, 1999, 2000, 2004, 2008, 2011 
va  2015-yillarda  qonunga  etti  marotaba  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritildi. 
Natijada saylov huquqini umumiy prinsiplarini qo’llash kengaytirildi.  
1993-yil  28-dekabrda  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov 
to’g’risida”gi
2
,  1994-yil  5-mayida  “Xalq  deputatlari  viloyat  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  qonunlar  qabul  qilindi
3
.  Har  ikkala  qonunga 
keyinchalik qo’shimcha va o’zgartirish kiritilib, takomillashtirildi. 
O’zbekistonda 
demokratiyani 
rivojlanishi 
saylov 
qonunchiligini 
takomillashuviga 
zarur 
sharoitlar 
yaratdi. 
Bu 
o’zgartirishlar  O’zbekiston 
Konstitusiyasida ham, saylov to’g’risidagi qonunlarda ham o’z ifodasini topdi. 
2002-yil  27-yanvardagi  o’tkazilgan  umumxalq  referendumi  natijalariga  ko’ra 
hamda  uning  asosida  O’zbekiston  Respublikasining  2003-yil  24-yanvarida  qabul 
qilingan  qonunga  muvofiq  konstitusiyamizning  117-moddasida  o’zgartirish  va 
qo’shimchalar  kiritildi.  Natijada  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi 
O’zbekiston  Respublikasi  Qonunchilik  palatasiga  hamda  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar,  tumanlar,  shaharlar,  davlat  hokimiyati 
organlariga  tegishincha  ularning  konstitusiyaviy  vakolat  muddati  tugaydigan  yilda 
dekabr oyining uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkazilishi belgilab 
qo’yildi.  Bu  saylov  kunini  avvaldan  aniq  belgilab  qo’yilishi,  turli  sabablar  bilan 
saylov  muddati  hokimiyat,  mansabdorlar  manfaatlaridan  kelib  chiqib  o’zgartirish 
hollariga barham berib, saylovlarni qat’iy bir vaqtda o’tkazilishini ta’minladi.  
Konstitusiyamizning  saylov  to’g’risidagi  moddalarida  yana  Senatni  tashkil 
qilish  tartibi  ham  belgilandi.  Senatorlar  fuqarolar  tomonidan  umumiy  teng,  to’g’ri 
saylov  bilan  emas,  fuqarolar  tomonidan  mahalliy  vakillik  organlariga  saylangan 
deputatlar  tomonidan  saylanadigan  bo’ldi.  Shunga  asosan  Senat  a’zolari 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar  shaharlar,  tumanlar 
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida shu 
                                                           
1
  Bu  haqida  batafsil  qarang:  «Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  сайлови  тўғрисида»ги  Ўзбекистон 
Республикасининг  1991  йил  18  ноябрда  қабул  қилинган  414-XII  сонли  Қонуни  (26.12.1997  й.,  19.08.1999  й., 
26.05.2000  й.,  03.12.2004  й.,  25.12.2008  й.,  12.12.2011  й.,  29.12.2015  й. даги  ўзгартиш  ва  қўшимчалар  билан). 
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 йил, 1-сон, 34-модда. 
2
 Bu haqida batafsil qarang: «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги (2003 йил 29 
августдаги  518-II-сонли  Қонун  билан  янги  таҳрири  тасдиқланган)  Ўзбекистон  Республикасининг  1993  йил  28 
декабрда  қабул  қилинган  990-XII  сонли  Қонуни  (27.08.2004  й.,  03.12.2004  й.,  25.12.2008  й.,  19.12.2012  й., 
29.12.2015  й.  даги  ўзгартиш  ва  қўшимчалар  билан).  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг 
Ахборотномаси, 2003 йил, 9-10-сон, 132-модда. 
3
 Bu haqida batafsil qarang:  «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар кенгашларига сайлов тўғрисида»ги 
Ўзбекистон  Республикасининг  1994  йил  5  майда  қабул  қилинган  1050-XII  сонли  Қонуни  (26.12.1997  й., 
25.12.1998 й., 19.08.1999 й., 26.05.2000 й., 29.08.2003 й., 27.08.2004 й., 03.12.2004 й., 25.12.2008 й., 19.12.2012 й.,  
20.01.2014 й., 29.12.2015 й.даги ўзгартиш ва қўшимчалар билан). Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 
Ахборотномаси, 1994 йил, 5-сон, 125-модда. 


44 
 
deputatlar  orasidan  yashirin  ovoz  berish  yo’li  orqali  saylanishi  belgilandi.  Natijada 
saylov tizimimizga pog’onali saylov instituti kiritildi.  
2014-yil  16-aprelda  Konstitusiyamizning  mazkur  117-moddasiga  yana 
qo’shimcha  kiritilib,  uning  asosida  Markaziy  saylov  komissiyasining  vazifasi, 
faolyatining prinsiplari, tashkil etish tartibi konstusiyaviy darajada belgilandi.  
Mamlakatda 
olib 
borilgan 
demokratik 
islohotlar 
natijasida 
saylov 
qonunchiligiga ham sezilarli darajada o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 
Natijada  O’zbekiston  Respublikasi  Prezdentligiga,  Oliy  Majlis  Qonunchilik 
palatasiga  nomzodlar  ko’rsatuvchi  sub’ektlar  o’zgartirildi.  Dastlab  mahalliy  vakillik 
organlarining  prezdentlikka,  shuningdek,  Qonunchilik  palatasi  deputatligiga 
nomzodlar  ko’rsatish  huquqi  bekor  qilindi.  Keyinchalik  fuqarolar  tomonidan  ham 
nomzodlar  ko’rsatish  tartibi  bekor  qilindi  va  amaldagi  qonunchilikka  asosan 
Prezidentlikka,  Qonunchilik  palatasiga  nomzodlar  ko’rsatish  huquqiga  faqat  siyosiy 
Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish