Bu haqida batafsil: Karimоv I.A. Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik
jamiyatini rivоjlantirsh kоnsepsiyasi T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-36-betlar.
2
Qarang: Баглай М.В. Конституционное право РФ. М., “Норма”, 1998., стр-331; Xusanоv О.T.
Kоnstitutsiyaviy huquq. T., “Adоlat”, 2013, 294-bet.
3
Saylоvning vazifasi haqida yana qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. Tоshkent “Adоlat” 2013-yil 296-
297-bet.
46
shakllantirilsa ham, bu borada ham saylovdan foydalaniladi, jumladan, Bosh
vazirning nomzodi Oliy Majlisda tasdiqlanganda, bu tasdiqlash deputat va
senatorlarning ovoz berishi – saylov orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston
Respublikasining Oliy sud organlari tarkibi ham Prezident taqdimiga binoan Senatda
saylov yo’li bilan shakllantiriladi. Xuddi shuningdek hokimlar lavozimi ham tegishli
Kengashlarda ovoz berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, jamoat birlashmalari faoliyatida, fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari faoliyatida ham saylovlardan foydalaniladi.
Umumiy saylovlar xalq xohish-irodasini to’g’ridan-to’g’ri bildirishning shakli
bo’lsa, alohida hollarda (jamoat birlashmalari, vakillik organlarida o’tkaziladigan
ichki saylovlar, masalan, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri hamda ularning
o’rinbosarlarini saylash) shu organ a’zolarining xohish-irodasini bildirish usulidir.
Demokratik saylovlar fuqarolar o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lishiga,
masalalarni zo’rlik bilan hal qilinishiga to’sqinlik qiluvchi shartlardan hisoblanadi.
Bu saylovlarning muhim rolidir.
Agar saylovlar demokratik o’tmasa, u jamiyatdagi kuchlarni bo’lininb
ketishiga, qarama-qarshiliklarga sabab bo’ladi.
Erkin saylovlar zo’ravon tuzumidagi davlatlarga mos emas, “fashizm”
“sosializm” sharoitlarida o’tkazilgan saylovlar faqat qog’ozda, so’zda demokratik
saylov bo’lib, shu tuzumlar manfaati yo’lida har qanday erkinlik yo’q qilinadi.
Saylovlar har bir mamlakatning siyosiy tizimini aks ettira oladi va o’z
navbatida siyosiy tizimiga ta’sir qiladi. Bunday ta’sir yo ijobiy yoki salbiy bo’lishi
mumkin.
Saylov – hokimiyat uchun kurashning eng ma’qul yo’li. Saylovlarda hokimiyat
uchun kurash qonuniy va vijdonan olib borilgandagina jamiyatlarda barqarorlikka,
tartibga erishish mumkin. Demak qonuniy va vijdonli kurash asosida o’tgan
saylovlargina mamlakatdagi barqarorlikka ijobiy ta’sir qiladi va uning natijasida
taraqqiyotga erishiladi.
Saylovlar davrida fuqarolarning hokimiyatga nisbatan ishonchi, uni qo’llab-
quvvatlashi namoyon bo’lishi bilan birga aholini ayrim qatlamlari vakillarining
hokimiyatga nisbatan noroziliklari ham namoyon bo’ladi.
Eng muhimi demokratik saylov, jamiyatda adolat o’rnatilishini muhim
vositasidir. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti shunday
ta’kidlaydi: “hayotda adolat o’rnatish, albatta ijtimoiy taraqqiyotning ko’pdan ko’p
omillariga bog’liq. Ammo eng muhim, hal qiluvchi omillardan biri – bu erkin, odil
saylov tizimidir. Ya’ni har qaysi pog’onada, jamoami, mahallami, korxonami,
tumanmi, shaharmi, viloyatmi, davlatmi uning rivoji va taqdiri ko’p jihatdan munosib
yoki nomunosib shaxslarni, shu jumladan, hayotimiz kelajagini ishonib topshirgan
noyib-deputatlarni saylab olishimizga bog’liqdir”
1
.
Bu so’zlar, qachon aytilganidan qat’iy nazar, qiymatini hеch qachon
yo’qotmaydi va saylovlarning jamiyat hayotida muhim ahamiyatlaridan biri, u
jamiyatda adolat saqlashning muhim vositasi hisoblanaveradi.
1
Karimоv I.A. Xalq ishоnchi-yuksak ma'suliyat. “Bizdan оzоd va оbоd vatan qоlsin”. Tоm-2. T.: О’zbekistоn
1996-yil. 349-350-bet.
47
Agar fuqarolar demokratiyaga, adolatga ishonadigan bo’lsa, saylovlar har doim
fuqarolar uchun bayram hisoblanadi va ularni ezgu ishlarga undaydi. Bu ham
saylovlarni fuqarolar taqdirida, mamlakat hayotida muhim ahamiyatga egaligini
ko’rsatadi.
O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan saylovlar doimiy ravishda fuqarolarning keng
faolligi asosida o’tmoqda.
2015-yil 29-martda bo’lib o’tgan Prezident saylovida ro’yxatga kiritilgan 20
million 798 ming 52 nafar fuqarodan, 18 million 942 ming 349 tasi ovoz berishda
ishtirok etdi. Bu saylovchilarning 91, 08 foizini, ya’ni juda yuqori ko’rsatkichni
tashkil etadi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |