Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov – demokratiya ifodasi, saylovlarni e’tirof etish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250
6-§. Saylov – demokratiya ifodasi, saylovlarni e’tirof etish 
Saylovni demokratiyasiz, demokratiyani saylovsiz tassavur etish qiyin. Bu ikki 
tushunchalar  doimo  birga  yuradi.  “Demokratiya  va  saylov  tushunchalari  doimo 
yonma  yon  yuradi,  ular  o’zaro  birlashib  ketgan.  Saylov  demokratiya  degani 
demokratiya  bu  saylov  degani”
2
.  Saylov  demokratiyaning  amaliy  ifodasidir. 
Saylovlarning  qanday  tashkil  qilinganligi,  o’tkazilganligiga  qarab,  mamlakatdagi 
demokratiya darajasiga xalqaro miqyosda baho beriladi.  
Demokratiyaning e’tirof etilgan ikki shakli – bevosita demokratiya va bilvosita 
demokratiya  (vakillik)  shakllari  mavjud  bo’lib,  ular  turli  usullar  tadbirlar  orqali 
namoyon  bo’ladi.  Faqat  saylovdagina  demokratiyaning  har  ikkala  shakli  namoyon 
bo’lishi, ifodalanishi mumkin. 
 
                                                           
1
 Karimоv  I.A.  Mamlakatimizda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi . -T.: О’zbekistоn. 2010-yil. 35-bet. 
2
 Karimоv  I.A.  Parlament-mamlakat  hayotining  kо‘zgusi.  “О’zbekistоn  taraqqiyotining  yangi  bоsqichlari”.  T.: 
“О’zbekistоn” 2005-yil 13-bet.  


49 
 
Masalan, fuqarolarning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyalari faoliyatida (a’zo bo’lib) 
ishtirok  etishi,  nomzodlar  bilan  uchrashuvlarda  ishtirok  etishi,  o’zlarini  turli  vakillik  organlariga 
saylanishi bevosita demokratiyaning amaliy ifodasidir. Bu tadbirlar orqali fuqarolar davlat ishlarida 
boshqaruvda  bevosita,  ya’ni  to’g’ridan  to’g’ri  ishtirok  etadi.  Bevosita  demokratiyada  tegishli 
tadbirlarda fuqarolar o’z nomidan, yoki o’zining vakil qilganlar nomidan ishtirok etadi. 
 
Vakillik  demokratiyasida,  tegishli  vakillik  organlarida  o’z  vakillari  faoliyati 
orqali  ishtirok  etadi.  Har  bir  vakillik  organiga  saylangan  deputat  saylovchi  vakili 
bo’lib  ulardan  vakolat  oladi  va  ularning  manfaatini  vakillik  organlarida  namoyon 
etadi.  Vakillik  demokratiyasini  kuzatuvchilar,  nomzodlarning  ishonchli  vakillari, 
siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari yanada to’laroq namoyon etadi. Saylovlarda 
ko’zda  tutilgan  tartiblar  fuqarolarga  bevosita  va  bilvosita  davlat  ishlarida  ishtirok 
etish imkoniyatini yaratadi. 
Saylovlarni  demokratik  tashkil  qilish,  o’tkazish  ko’pgina  muhim  masalalarni 
hal  qiladi.  Demokratik  saylovlar  hokimiyat  to’g’risidagi  masalani  kuch  bilan  hal 
etishining  aksidir
1
.  Buni  O’zbekiston  Respublikasi  Prezdentining  quyidagi 
so’zlaridan  ham  ko’rsa  bo’ladi  “Demokratiya  sharoitlarida  esa,  ijtimoiy  qarama-
qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv xalq ta’biri 
bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi”
2

Mamlakatimizda  huquqiy  davlat  qurish  kabi  oliy  maqsad  demokratik 
islohotlarni  chuqurlashtirish,  saylovlarni  yanada  demokratlashtirish,  erkinligini 
ta’minlash orqali amalga oshirilmoqda.  
“Demokratiya hamma joyda bir xil. Uning umumiy tamoyillari hamma uchun 
tushunarli  bu  –  demokratiyaning  ajralmas  qismi  bo’lgan  xalq  hokimiyati,  xalqning 
xohish-irodasi  va  ochiq,  erkin  saylovlardir.  Bu  oxir  –  oqibatda  har  qanday 
demokratiyaning eng yuqori pog’onasi bo’lgan fuqarolik jamiyatidir”
3
.
 
Bu  bilan  saylovlar  demokratiyaning  ajralmas  bir  qismi  sifatida  e’tirof 
etilmoqda.  Haqiqatdan  ham  shunday,  demokratik,  erkin  saylovlarsiz  demokratiyani 
tassavur qilib bo’lmaganidek, fuqarolik jamiyatini ham tassavur qilib bo’lmaydi. 
Buni  Prezident  tomonidan  ilgari  surilgan  “Mamlakatimizda  demokratik 
islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 
Konsepsiyasi”  ham  tasdiqlaydi.  Konsepsiyadagi  alohida  bob  “O’zbekistonda  saylov 
huquqi  erkinliklarini  ta’minlash  va  saylov  qonunchiligini  rivojlantirish”  deb 
nomlanadi.  Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  demokratik  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirishda, 
fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirish 
va 
rivojlantirishda 
saylovlarning roli nazariy jihatdan isbotlab berilgan.  
Saylov  xalqaro  ahamiyatga  ega  voqеa.  Uni  tashkil  etish  va  o’tkazishni  umum 
e’tirof  etilgan  qoidalari  mavjud  bo’lib,  ularning  asosiylari  xalqaro  hujjatlarda 
mustahkamlab  qo’yilgan.  Shuning  uchun  qaysi  mamlakatda  saylov  o’tkazilmasin  u 
umumjahon  diqqat  e’tiborida  bo’ladi.  Bunda  xalqaro  kuzatuvchilar  ishtiroki  muhim 
rol o’ynaydi.  
                                                           
1
 Qarang: Xusanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. Tоshkent “Adоlat” 2013yil 295-bet. 
2
 Karimоv I.A. Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir. Tоm-3. Tоshkent.: “О’zbekistоn” 1993-yil, 12-bet. 
3
 Karimоv I.A. Tinchlik  va  xavfsizligimiz о‘z  kuch qudratimizga, hamjihatligimizga  va  qat'i irоdamizga bоg‘liq.  -
12-tоm. T .: “О’zbekistоn”, 2004-yil, 163-bet. 


50 
 
Kuzatuvlar  natijasida  tegishli  mamlakatda  o’tkazilgan  saylovlar  xorijiy 
mamlakatlar  hamda  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  e’tirof  etiladi  yoki  e’tirof 
etilmaydi.  E’tirof  etilishi  yoki  e’tirof  etilmasligi  mamlakatda  o’tkazilgan  saylovlar 
natijasiga  ta’sir  qilmasa-da,  shu  asosda  shu  mamlakatda  demokratiyaga,  saylovga 
nisbatan  jahon  hamjamiyatining  fikri  shakllanadi.  Bu  shu  mamlakat  bilan  boshqa 
mamlakatlarning,  xalqaro  tashkilotlarning  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  aloqalariga 
jiddiy ta’sir qiladi.  
Saylovlarni  e’tirof  etish  har  bir  saylovdan  so’ng,  saylov  natijalariga  ko’ra 
amalga  oshirilishi  yoki  turli  xalqaro  anjumanlarda  mamlakatda  o’tkazilgan  saylov 
natijalari,  shuningdek  mavjud  saylov  qonunchiligini  ilmiy  muhokama  qilinishi 
asosida amalga oshirilishi mumkin.  
Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  o’tkazilgan  barcha  Prezident  saylovlari, 
Oliy  vakillik  va  mahalliy  vakillik  organlariga  saylovlar  vakolatli  xalqaro 
kuzatuvchilarni  faol  ishtirokida  o’tkazildi  va  ular  saylovlarni  tashkil  etilishi  hamda 
o’tkazilishini yuqori baholadi.  
Natijada  xorijiy  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  o’tkazilgan  saylovlarning 
qonuniyligini, adolatliligini e’tirof etishdi.  
2014-yil 21-dekabrda parlamеntga bo’lib o’tgan saylovlar, saylov qonunchiligi 
va  xalqaro  talablar  asosida  o’tganligini  AQSh,  Yaponiya,  Misr  va  boshqa 
davlatlardan kelgan kuzatuvchilar e’tirof etishdi.  
O’zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligining ahvoli uni takomillashtirish 
masalalari  muntazam  ravishda  mamlakatimizda  o’tkazilib  turiladigan  xalqaro 
anjumanlarda muhokama qilib boriladi. 
Ana  shunday  anjumanlardan  biri  –  “O’zbekistonda  saylov  tizimini  va  saylov 
qonunchiligini  yanada  demokratlashtirishning  ustuvor  yo’nalishlari”  mavzusida 
xalqaro  konferensiya  2011-yil  27–28-oktabrda  Buxoro  shahrida  o’tkazilib,  unda 
Isroil, Italiya, Koreya, Ukraina, AQSh, Yaponiya vakillari ishtirok etishgan. Anjuman 
ishtirokchilari  O’zbekistonda  saylovni  demokratik  tarzda  o’tkazish  bo’yicha  katta 
tajriba to’planganligini, saylov qonunchiligi demokratik tamoyillarga javob berishini 
e’tirof etdilar
1
.  
Shunday  хalqaro  anjumanlar  keyinchalik  Samarqand,  Xiva,  va  Toshkent 
shaharlarida  ham  o’tkazildi.  Bu  anjumanlarning  tavsiyalari  saylov  qonunchiligini 
yanada takomillashtirishga hissa qo’shmoqda. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish