Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Mustaqillikka erishishda saylovning roli



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   250
2-§. Mustaqillikka erishishda saylovning roli 
Mustaqillikka  erishishda  saylovlarning  roli  deb  mavzuni  nomlashimizning 
sababi  esa,  hali  mustaqillikka  erishilmasdan  sobiq  ittifoq  tarkibida  turgan 
vaqtimizdayoq,  saylov  qonunchiligimizni  takomillashtirish  masalasi  boshlangan 
bo’lib, bu ittifoqning roziligisiz qilingan dastlabki ishlardan edi. 
2015-yil  29-mart  kuni  yurtimizda  ulkan  siyosiy  voqеa  -  O’zbеkiston 
Rеspublikasi  Prеzidеntligiga  saylov  bo’lib  o’tdi.  Har  tomonlama  yuqori  saviyada, 
muqobillik  asosida  o’tgan  bu  saylov  mamlakatimizni  dеmokratik  rivojlantirish 
yo’lida yana bir muhim, hal qiluvchi bosqich bo’ldi
2
. Bu yutuqlar “Kеcha kim edigu 
bugun kim bo’ldik?” savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini chuqur tasavvur 
etishimizni taqazo etadi. 
2016  yil  O’zbekiston  xalqi  uchun  yana  bir  sinov  yili  bu'ladi.  Halqimiz  og’ir 
judolikka  uchrab  –  O'zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom 
Abdug’anievich  Karimov  bevaqt  hayotdan  ko'z  yumdi.  Shu  munosabat  bilan,  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  bo‘yicha  saylov  kampaniyasi 
boshlanishini  e’lon  qilish  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov 
komissiyasining  qarori  qabul  qilindi.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  96  va  117-moddalari,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi, “O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
                                                           
1  
Qarang:  О’zbekistоn  Respublikasi  mustaqil  davlat.  T.:  “Adоlat”  1995-yil.  16  bet.  Bundaй  saylоvlar  barcha 
vilоyatlarda bittadan tumanda о‘tkaзilgan. 
2
 Qarang:  Каримов  И.А.  Она  юртимиз  бахту  иқболи  ва  буюк  келажаги  йўлида  хизмат  қилиш  –  энг  олий 
саодатдир. – Тошкент: “O’zbekiston” НМИУ, 2015. – 304 б. 


41 
 
komissiyasi    O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va 
Senatining  2016-yil  8-sentyabrdagi  568-III/SQ-105-III-sonli  qo‘shma  qarorini 
e’tiborga olib, 2016-yil 4-dekabrni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni 
deb belgiladi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov 
kampaniyasi 2016-yilning 9-sentyabridan boshlanishi e’lon qildi. 
Mazkur navbatdan tashqari Prezident saylovi, mustaqillik davrida shakllangan 
demokratik saylov tizimi asosida, to'liq qonunchilikka muvofiq tashkil e’tiladi. 
Avvalgi  bandda  ta’kidlanganidek  80-yillarda  sovet  demokratiyasini  uning 
saylov tuzumining  asl  qiyofasi  aniq namoyon  bo’la boshladi. Siyqasi chiqib  ketgan, 
faqat qog’ozda mavjud “dunyoda eng demokratik saylov” degan da’vatlarga nafaqat 
xalq hatto sovet ittifoqining rahbarlari ham ishonmay qoldi.  
80-yillarning  ikkinchi  yarmidan  sovet  siyosiy  tizimini  isloh  qilish  bilan 
tuzumni  saqlab  qolishga  urinish  yo’li  tutildi.  Shu  bilan  birga  shu  davrda 
mustaqillikka  erishish  yo’lidagi  ittifoqchi  respublikalardagi  harakatlar  kuchaya 
boshladi.  
Yuqorida  qayd  qilinganidek  ittifoq  va  respublika  konstitusiyalariga,  saylov 
qonunchiligiga sezilarli o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi.  
Shu  qatorda  O’zbekiston  ham  konstitusiyasiga  saylov  qonunchiligiga 
o’zgartirishlar kiritib,  vakillik organlarini takomillashtirishga  kirishdi.  Shu  davrdagi 
eng  e’tiborli  narsa  birinchi  martta  respublikamizda  saylov  tartibi  SSSR  dagi  saylov 
tartibini aynan takrorlamadi. O’zini oliy vakillik organi (Oliy Sovetni) faqat umumiy, 
teng,  to’g’ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  tashkil  etish 
tartibini belgiladi
1
.
 
1990-yil 18-fevralda bo’lib o’tgan saylovlar demokratik asoslarda o’tkazildi. U 
saylov  birinchi  marta  butun  respublika  miqyosida  muqobillik  asosida  o’tkazilib, 
nomzodlar ko’rsatishda nomzodlarning sinfiyligi, partiyaviyligi, jinsi, millatiga emas, 
ishchanlik qobiliyati, el-yurt oldidagi xizmatiga e’tibor berildi. Saylovda O’zbekiston 
Oliy  Sovetiga  saylanadigan  500  deputatning  o’rniga  1490  nafar  nomzod  ko’rsatildi. 
Saylov natijalariga ko’ra saylangan 463 nafar deputatning vakolati to’g’ri deb topildi. 
Bir okrugda saylov haqiqiy emas deb topildi
2
.
 
 Deputatlarning tarkibi haqiqatdan ham xalq vakilligini aks ettirdi. 
Saylov tizimi saylovni haqiqiy emas deb topish, takroriy ovoz berish, takroriy 
saylov  o’tkazish  degan  institutlar  bilan  to’ldi.  O’zbekiston  Oliy  Soveti  1990-yil 
fevralda xali ittifoq tarkibiga turgan vaqtda shakllantirilgan bo’lsa-da butun ittifoqda 
bo’layotgan voqеalar deputatlar sifatiga ta’sir qilmasdan qolmadi. Deputatlar orasida 
mamlakatning haqiqiy ahvolini baholay oladigan, mamlakat kelajagini mustaqilliksiz 
tassavur  qila  olmaydiganlar  ko’payib  bordi.  Demokratik,  muqobillik  asosida  SSSR 
xalq  deputatlari  s’ezdiga  O’zbekistondan  saylangan  ko’pchilik  deputatlar  ittifoq 
vakillik organ tarkibida turib, O’zbekiston manfaatini himoya qilishdi. O’zbekistonga 
uning  xalqiga  nisbatan  qilingan  xurujlardan  himoya  qilishdi,  o’zbek  xalqini  or-
nomusini paymol qilinishiga qarshi turishdi.  
                                                           
1
 Ayrim  ittifоq  respublikalar,  jumladan  Qоzоg‘istоn  о‘zini  оliй  vakillik  оrganini  shakillantirishda  SSSRda 
belgilangan yangi jamоat tartiblaridan faqat saylash jarayonlarini qо‘lladi. 
2
 Bu haqida batafsil ma’lumotlar: Xusanоv. О “О’zbekistоn Respublikasi davlat оrganlari” T.: “Sharq” 1996-yil 16-
17-betlar. 


42 
 
O’zbekiston Oliy Soveti deputatlarining tarkibida mustaqillik g’oyasini tobora 
qo’llab-quvvatlaydiganlar soni ko’payib bordi.  
O’zbekiston  Respublikasining  mustaqillik  yo’lida  qo’yilgan  bu  harakatini 
rasmiylashtirgan 
muhim 
hujjat 
O’zbekiston 
Respublikasi 
“Mustaqillik 
Deklarasiyasi”dir. “Mustaqillik Deklarasiyasi”ni qabul qilishda deputatlarning asosiy 
ko’pchiligi ishtirok etdi. 200dan ortiq depuatat bu masalani XII chaqiriq Respublika 
Oliy  Sovetini  ikkinchi  sessiyasiga  kiritishni  talab  qilib  chiqdi  va  20  iyunda  Oliy 
Sovet  sessiyasida  mamlakat  hayotidagi  muhim  hujjat  “Mustaqillik  Deklarasiyasi” 
yakdillik bilan qabul qilindi.  
Xalq  orzu  istaklarining  hisobga  olib  O’zbekiston  Respublikasining  Birinchi 
Prezidenti 
Oliy 
Sovetning 
31-avgust 
1991-yilgi  sessiyasi 
kun  tartibiga 
“O’zbekistonning mustaqilligi haqidagi qarori”ni muhokama qilish masalasini kiritdi. 
Bu xalqning ham, u saylagan deputatlarning ham azaliy orzusi edi. Deputatlar qonun 
loyihasini 
moddama-modda 
muhokama 
qilgandan 
so’ng 
“O’zbekiston 
Respublikasining  davlat  mustaqilligi  to’g’risida”gi  qonunini  qabul  qildi.  Bu 
mamlakat, xalq hayotidagi eng muhim voqеa bo’ldi. Buni saylovga nima aloqasi bor? 
degan  savol  ham  tug’ilishi  mumkin.  Aloqasi  shundaki,  demokratik  saylovlar 
bo’lmaganda,  oliy  vakillik  organiga  saylanadigan  deputatlar  orasida,  vatanparvar, 
xalqparvar,  davlat  boshlig’ini  qo’llab  quvvatlaydigan  deputatlar  bo’lmas  edi.  Faqat 
xalq tanlagan xalq ishongan, vakolat olgan deputatlar bunday ishlar qilishi mumkin.  
Faqat demokratik saylovlar xalq bilan deputatlarning o’zaro xolis munosabatini 
o’rnata  oladi.  Saylovlarning  demokratik  o’tishi  hokimiyat  va  xalqning  bog’lovchi 
asosiy ko’prikdir.  
1990-yil  fevralda  saylangan  deputatlarning  1991-yil  1-sentyabrgacha  qilgan 
ishlarini  (mustaqillikka  erishish)  va  1991-yil  1-sentyabrdan  keyingi  ishlarni 
(mustaqillikni  saqlash)  ko’rar  ekanmiz,  (bunda  1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilingan 
Konstitusiya  ham  katta  ahamiyatga  ega)  haqiqatda  ham,  demokratik  saylov 
natijasidagina  shunday  kishilarning  deputat  bo’lib  saylanishi  mumkin  ekanligiga 
ishonamiz.  
Agar  demokratik  saylovlar  bo’lmaganda  mustaqillikni  xohlovchi,  uni  himoya 
qiluvchi kishilarning deputat bo’lish imkoniyati bo’lmas edi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish