Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Sobiq tuzum davrida saylov



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250
 
1-§. Sobiq tuzum davrida saylov 
Saylovlar 
insoniyat 
tarixidagi 
qadimiy 
institutlardan 
(hodisalaridan) 
hisoblanadi. Uning eng oddiy shakllari hali davlat paydo bo’lmasdan vujudga kelgan. 
Ibtidoiy  jamoa  tuzumi  davrida  urug’  qabila  boshliqlarini  saylashda  saylovlardan 
foydalanilgan.  Albatta  u  vaqtdagi  saylovlar  aniq  hujjatlarda  mustahkamlanmasdan 
odat normalariga asoslangan.  
Jamiyat  taraqqiyoti,  o’zgarishi  ijtimoiy  munasabatlarini  takomillashib  borishi 
bilan  saylovlar  ham  takomillashib  bordi.  Ijtimoiy  hayotning  ajralmas  hodisa-
voqеalariga, huquqiy institutlariga aylandi. 
Saylovlar demokratiyaning ajralmas qismi, xususiyati sifatida burjua tuzumida 
yaqqolroq  namoyon  bo’la  boshladi.  Mamlakatlar  taraqqiyotida  muhim  rol  o’ynagan 
parlamentlarni  vujudga  kelishida,  davlat  boshlig’ining  avloddan  avlodga  o’tish 
holatlariga  barham  berilishi  va  prezidentlik  institutlarini  vujudga  kelishida saylovlar 
muhim  rol  o’ynadi.  Shu  bilan  birga  saylovlarning  o’zi  ham  takomillashib  bordi. 


39 
 
Uning prinsiplari rivojlanib xalqaro ahamiyat kasb eta boshladi. Saylov huquqi milliy 
qonunlarda  mustahkamlanishi  bilan  cheklanmay,  xalqaro  hujjatlarda  ham 
mustahkamlanadigan bo’ldi. 
Sovet tuzumi o’rnatilgach shakllantirilgan saylov tizimi dastlab to’laligicha shu 
zo’ravon  tuzumga  mos  ravishda  tashkil  qilindi.  Tuzumning  dastlabki  davrlarida 
(1936-yilgi  Konstitusiya  qabul  qilingunicha)  saylov  huquqida  katta  cheklashlar, 
alohida  imtiyozlar  o’rnatildi.  Aholini  kelib  chiqishiga  qarab  (ekspluatator  sinfiga 
mansublar) saylov huquqidan mahrum qilindi. Ishchilar sinfiga dehqonlarga nisbatan 
katta  imtiyozlar  berildi.  Ovoz  berishda  yashirin  ovoz  berishning  aksi  ochiq  ovoz 
berish qo’llanildi.  
1936-yilgi  SSSR  konstitusiyasida  rasman  dunyoda  tan  olingan  umumiy,  teng, 
to’g’ri  saylov  prinsipi,  yashirin  ovoz  berish  mustahkamlab  qo’yildi.  Lekin  saylov 
huquqidan  cheklash  holatlari  (qonun  asosida)  turli  yo’llar  bilan  amalga  oshirilib 
kelindi.  1959-yilgacha  sud  hukmi  bilan  saylov  huquqidan  mahrum  qilish  jazosi 
qo’llanib kelingan. 
1977-yilgi  SSSR  Konstitusiyasida,  1978-yilgi  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitusiyasida  saylovning  demokratik  prinsiplari  rasman  saqlanib  qolindi.  Lekin 
Sovet tuzumi  saylovlardan  o’z  manfaati  yo’lida  foydalanishning  ko’plab  yo’llaridan 
foydalanishni davom ettirib keldi.  
Oliy hokimiyat organlariga ham, mahalliy hokimiyat organlariga ham saylovlar 
to’la asosda kommunistik partiya nazoratida o’tar edi. Partiya organlari qaysi organ 
tarkibi qanday bo’lishini avvaldan belgilab berar edi. Sovetlarning vakillik xarakteri 
tarkibi  sun’iy  ravishda  tashkil  qilinar  edi.  Har  bir  sovetda  deputatlarning  qanchasi 
partiya  a’zosi,  qanchasi  partiyasiz,  qanchasi  erkak,  qanchasi  ayol,  qaysi  millat 
vakillari qancha, qanday yoshdagi kishilar qancha bo’lishi oldindan belgilab qo’yilar 
edi.  Saylovlar  esa  shu  belgilangan  ko’rsatkichlarni  shakllantirib  berar  undan 
tashqariga  chiqa  olmas  edi.  Eng  muhimi  sovet  tuzumi  davrida  deputatlik  ayrim 
mansablarga  albatta  qo’shimcha  sifatida  mavjud  beriladigan  unvon  edi.  Ministr 
albatta deputat bo’lishi, har xil rahbar xodimlar albatta deputat bo’lishi shart edi. 
Eng muhimi sovet davridagi saylovlarda saylovlarni muhim xususiyati tanlash 
huquqi umuman bo’lmagan. Sovet davridagi o’tkazilgan biror bir saylov muqobillik 
asosida  o’tkazilmagan.  Har  bir  okrugda  avvaldan  tanlangan  nomzod  ovozga 
qo’yilgan va saylangan. Saylovchi ovozi hеch narsaga ta’sir etmagan.  
XX  asr  80-yillarining  ikkinchi  yarmida  SSSRda  boshlangan  qayta  qurish, 
siyosiy  tizimni  isloh  qilish,  saylovlarning  takomillashtirilishi  zarurligini  ko’rsatdi. 
Demokratik  chiqishlar,  xalqaro  hamjamiyatning  ta’siri  natijasida  saylovlarni 
demokratlashtirishga  qaratilgan  harakatlar  amalga  oshirildi.  Mahalliy  vakillik 
organlariga  1987-yilda  o’tkazilgan  saylovlarda  ekspеriment  sifatida  saylovlar 
o’tkazildi  va  muqobillik  asosida  deputat  saylash,  deputat  bilan  birga  deputatni 
o’rinbosarlarini  saylash  tartibi  joriy  qilindi.  Toshkent  viloyatining  Kommunistik 
(hozirgi  Yuqori  Chirchiq)  tumanidagi  “Bordonko’l”  qishloq  sovetiga  21  okrugdan 
110 deputat 142 ta nomzod orasidan saylandi. Bu O’zbekistonda birinchi muqobillik 


40 
 
asosida  o’tgan  saylov  edi
1
.  Lekin  bular  cho’kayotgan  odamni  cho’pga  tarmashishi 
kabi holatga o’xshardi. Mutlaqo saylov tizimini o’zgartirmasdan hеch narsaga erishib 
bo’lmasligi  haqiqatga  aylanib  bordi.  Natijada  SSSRda,  keyinchalik  ittifoqchi 
respublikalarda  saylovga  taalluqli  o’zgartirishlar  qo’shimchalar  qonunlarga  kiritila 
boshladi.  
SSSR  Konstitusiyasiga  kiritilgan  qo’shimchaga  asosan  yangi  oliy  vakillik 
organi  –  xalq  deputatlari  s’ezdi  tashkil  qilinishi  ko’zda  tutilib  uni  saylash  tartiblari 
belgilandi.  
 
Unga asosan SSSRning eng oliy vakillik organi – 2250 deputatdan iborat: - xalq deputatlari 
s’ezdi  bo’ldi.  Uning  750  ta  deputati  ittifoq  bo’yicha  teng  saylovchilar  miqdoridagi  bir  mandatli 
saylov  okrugidan  umumiy,  teng,  to’g’ri  saylov  huquqi  asosida  saylandi.  750  deputat  ittifoqchi 
respublikalar,  avtonom  oblast  va  avtonom  okruglardan  teng  miqdorda  saylandi.  750  deputat  esa 
yirik  jamoat  birlashmalaridan  ajratilgan  kvotalar  (deputatlar  soni)  asosida  saylanadi.  S’ezdga 
umumiy  saylovlar  (750  deputat)  birinchi  marta  muqobillik  asosida  o’tkazildi.  Aytish  mumkinki 
muqobillik asosida saylov o’tkazilishi natijasida oliy vakillik organlariga  birinchi marta yuqoridan 
tanlangan  emas,  xalq  ishonchini  qozongan  kishilar  deputatlikka  saylandi  va  ular  kommunistik 
partiyaning  yakka  hukumronligini  yo’q  qilish,  shaxs  erkinliklarini  ta’minlash,  boshqaruv  tizimini 
o’zgartirish uchun o’z hissalarini qo’shdi. 
 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish