Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov huquqi prinsiplarining umumiy tasnifi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   250
1-§. Saylov huquqi prinsiplarining umumiy tasnifi 
Prinsip  atamasi  o’zbek  tilida  ko’pincha  tamoyil  deb  yuritiladi.  Bularning 
ma’nosi  deyarli  bir  xil.  Lekin  shunday  atamalar  borki,  ular  barcha  tillarda  aslicha 
qo’llaniladi. Bu atama O’zbekiston Konstitusiyasida ham qo’llanilgan, masalan, 14-
moddada.  Prinsip  ijtimoiy  kategoriya  bo’lib,  eng  muhim  g’oyalarni  qoida  sifatida 
namoyon  bo’lishidir.  Davlat  va  huquqning  turli  sohalarida  prinsip  tushunchasi 
qo’llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi. 
Saylov  huquqida  ham  prinsip  atamasi  qo’llanilib,  u  eng  avvalo  saylovlarning 
adolatliligini, qonuniyligini ko’rsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi.  
Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o’tgan edik. Ular kishilik 
jamiyatining  hamma  bosqichlarida  qo’llanilib  kelingan  bo’lib,  jamiyat  rivojiga  mos 
ravishda  takomillashib  bordi.  Uning  takomillashuvida  ma’lum  qoidalarni  vujudga 
kelishi, ularni bajarilishi, qo’llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o’ynaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, saylovlarning demokratlashuvida yangi 
davr  boshlandi.  Bunda  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan 
hujjatlar muhim o’rin tutadi. 
Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson huquqlari 
umumjahon  deklarasiyasi”da  xalqaro  miqyosda  o’z  ifodasini  topdi.  Uning  21-
moddasida:  “har  bir  inson  bevosita  yoki  erkin  saylangan  vakillari  orqali  o’z 
mamlakatini  boshqarishda  qatnashish  huquqiga  ega.  Xalq  irodasi  davriy  va 
soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo’li bilan, 
ovoz  berish  erkinligini  ta’minlaydigan  boshqa  teng  qiymatli  shakllar  vositasida 
o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi zarur” – deb belgilab qo’yildi
1
.
 
                                                           
1
 Qarang: Insоn huquqlari bо‘yicha xalqarо shartnоmalar (tо‘plam). T.; “Adоlat”, 2004, 34-bet 


24 
 
Bu  еrda  bevosita  to’g’ri  saylov,  erkin  saylov,  yalpi-umumiy  saylov,  teng 
saylov,  yashirin  ovoz  berish  prinsiplari  saylov  o’tkazishda  zarur  shart  sifatida 
belgilanganligini ko’ramiz. 
BMT  qabul  qilgan  “Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro 
Pakt”ning  25-moddasida  “har  bir  fuqaro  hеch  qanday  cheklashlarsiz,  kamsitilishsiz, 
bevosita  –  to’g’ridan-to’g’ri,  erkin,  yalpi-umumiy,  teng,  yashirin  ovoz  berish 
huquqiga ega bo’lishi kerak”- degan qoida o’z ifodasini topdi
1
.
 
Natijada umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi, yashirin ovoz berish, 
erkin ravishda xohish irodasini bildirish xalqaro miqyosda saylov huquqining asosiy 
qoidasi – prinsipi sifatida e’tirof etildi. Buning muhim ahamiyati shunda bo’ldiki, bu 
hujjat  uni  tan  olgan,  imzolagan  davlatlar  uchun  majburiy  kuchga  ega  bo’lganligi 
uchun,  uni  imzolagan  barcha  davlatlar  o’z  qonunchiligida  yuqoridagi  qoidalarni, 
umumiy prinsip sifatida mustahkamlab qo’ydi 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasida  va  saylov  qonunlarida 
umumiy,  teng,  to’g’ridan-to’g’ri  saylov  huquqi  prinsiplari,  saylovlarning  yashirin 
o’tishi,  oshkora  o’tishi,  xohish-irodani  erkin  bildirish  saylov  huquqining  asosiy 
prinsiplari  sifatida  belgilab  qo’yildi.  Bu  prinsiplar  asosiy  prinsiplar  bo’lishi  bilan 
birga umum e’tirof etilgan prinsiplardir. 
Ayrim  adabiyotlarda  saylov  huquqining  muhim,  umum  e’tirof  etilgan 
prinsiplari  deb  faqat  umumiy,  teng,  to’g’ri  va  yashirin  ovoz  berish  ko’rsatilgan
2

Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining 
asosiy prinsiplaridan deb baholangan
3
.
 
Xaqiqatda  ham  erkinlik  va  oshkoralikni  asosiy  prinsip  deb  aytish,  bu 
qoidalarning  saylovlardagi  muhim  ahamiyatini  e’tirof  etishdir.  Bundan  tashqari  ular 
O’zbekiston  Konstitusiyasi  va  qonunlarida  mustahkamlangan  va  saylov  o’tkazishda 
asosiy qoida hisoblanadi. 
Hozirgi  kunda  aksariyat  mamlakatlarning  konstitusiyalarida  umumiy,  to’g’ri, 
teng, yashirin ovoz berish qoidalari o’rnatib qo’yilgan. Agar bu prinsiplar qonunlarda 
belgilangan  bo’lsa-yu,  saylovlar  erkin  va  oshkora  o’tmasa,  unday  saylovlarni 
demokratik saylov deb hisoblash mumkin emas. 
Xalqaro  kuzatuvchilar  saylovlarga,  asosan  ularning  erkin  va  oshkora 
o’tkazilishi yoki aksincha bo’lishiga qarab baho berishadi. Shuning uchun ularni ham 
saylov huquqining umum e’tirof etilgan prinsiplari deb hisoblash mumkin. Saylovlar 
faqat  oshkoralik  va  erkinlik  asosida  o’tkazilgan  taqdirdagina  umumiy,  teng, 
to’g’ridan-to’g’ri saylovlar to’la ravishda o’z ifodasini topishi mumkin va shundagina 
ularning ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. 
 O’zbekiston  Konstitusiyasining  117-moddasida:  “saylovlar  umumiy,  teng, 
to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi” 
degan  qoida  kiritilib,  umumiy,  teng,  to’g’ri,  yashirin  ovoz  berish  konstitusiyaviy 
prinsip  darajasida  mustahkamlangan.  Fuqarolarning  o’z  xohish-irodasini  bildirishda 
                                                           
1
 Qarang: Shu tо‘plam, 45-bet. 
2
 Qarang: Коституционное право зарубежных стран. М: Норма, 2010, стр. 229; Баглай М.В. Коституционное 
право  РФ.  М:  Норма,  1998,  349-350;  Таджиханов  У.  ва  бошқалар,  Ўзбекистон  Республикаси  конституциявий 
ҳуқуқи. Т.:“Шарқ”, 2001, 484-бет.  
3
 Qarang: Husanоv О.T. Kоnstitutsiyaviy huquq. T.: “Adоlat”, 2014, 203-204-бет. 


25 
 
tengligi  va  erkinligi  ham  Konstitusiyaning  shu  moddasida  mustahkamlab  qo’yildi. 
Saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  ham  bular  saylov  huquqining  asosiy  prinsiplari 
sifatida qayd qilingan. 
Amalga  oshirilgan  siyosiy  islohotlar  natijasida  saylov  huquqining  bu 
prinsiplarini qo’llash, ularning amal qilishi kengayib bordi, fuqarolik jamiyati qurish 
jarayonida  saylovlarni  erkinligini  ta’minlash  dolzarb  masala  bo’lib  qoldi.  Shuning 
uchun  Birinchi  Prezident  tomonidan  ilgari  surilgan  Konsepsiyada  saylov  huquqi 
erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berildi
1
.
 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish