MATEMATIK SAVODXONLIK KOMPETENSIYASI
|
|
|
ALGEBRA
|
|
|
to‘plam, chekli va cheksiz, bo‘sh, universal to‘plamlarni farqlaydi, ularga misollar keltiradi, amallarni Venn diagrammalari yordamida tasvirlaydi;
|
|
|
oddiy va murakkab foizlarni taqqoslaydi, foizlarga doir amaliy masalalarni yechadi;
|
|
|
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aniqlaydi, elementar funksiyalar grafiklarini tasvirlaydi;
|
|
|
sodda tasodifiy hodisalarni tahlil qiladi, ularning modellarini quradi;
|
|
|
mulohazalar hisobi va kombinatorikaga oid masalalarni yechadi;
|
|
|
ko‘rsatkichli, logarifmik va trigonometrik funksiyalarning grafiklarini yasaydi;
|
|
|
tenglama va tengsizliklar hamda ularning sistemalarini yechadi, yechimni tekshiradi;
|
|
|
eng sodda trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechadi;
|
|
|
elementar funksiyalarning monotonlik oraliqlari va ekstremumlarini topadi;
|
|
|
grafigi asosida funksiyani aniqlaydi;
|
|
|
ko‘rsatkichli va logarifmik funksiyalar yordamida masalalarni modellashtiradi;
|
|
|
GEOMETRIYA
|
|
|
stereometriya aksiomalarini farqlaydi, fazoda to’g’ri chiziqlar va tekisliklarning vaziyatini ajratadi;
|
|
|
fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlaydi;
|
|
|
fazoda og’ma va perpendikulyarni bir-biridan farqlaydi;
|
|
|
fazoda dekart koordinatalari sistemasini tasvirlaydi, oktantlardagi ishoralarni aniqlaydi;
|
|
|
fazoviy shakllar xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullarini masalalar yechishda qo’llaydi;
|
|
|
vektorlarning skalyar ko’paytmasini topadi, vektor uzunligi va ikki vektor orasidagi burchakni hisoblaydi;
|
|
|
tekislikning umumiy tenglamasiga oid masalalarni yechadi.
|
|
|
KOGNITIV KOMPETENSIYA (SHAXSNING MUSTAQIL IJODIY FIKRLASH KOMPETENSIYASI):
|
|
|
ALGEBRA
|
|
|
standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, umumlashtirish usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik fikr yuritadi;
|
|
|
matematik tushunchalar, dalillar va algoritmlarni nostandart vaziyatlarda qo‘llaydi;
|
|
|
o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va ravshan ifodalaydi, mantiqiy to’g’ri savollarni tuzadi va ularga javob beradi;
|
|
|
statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarini bir turdan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqasiga o‘tkazadi;
|
|
|
foizlarga doir moliyaviy va iqtisodiy masalalarni yechadi;
|
|
|
sodda irratsional tenglamalar va tengsizliklar sistemalarini mos usullarda yechadi;
|
|
|
teskari trigonometrik funksiyalarning grafikarini xossalariga asosan farqlaydi;
|
|
|
elementar va murakkab funksiyalarning grafiklarini modellashtiradi.
|
|
|
GEOMETRIYA
|
|
|
yassi va fazoviy geometrik shakllarni tasvirlashda hisoblash vositalari yoki tayyor kompyuter dasturlardan foydalanadi;
|
|
|
yassi va fazoviy shakllar kombinatsiyalariga oid geometrik masalalarni yechadi;
|
|
|
to’g’ri chiziqlar va tekisliklar orasidagi burchakka oid amaliy masalalarni yechadi;
|
|
|
amaliy, kundalik turmushda uchraydigan va fanlararo bog‘liqlikdagi masalalarni yechadi;
|
|
|
atrofdagi jismlardan, ularning qismlaridan geometrik shakllarni ajratib ko‘rsatadi va nomlaydi;
|
|
|
yo‘llar, ko‘chalar, transport, bino va inshootlardan parallel va perpendikulyar to’g’ri chiziqlar va tekisliklarga oid modellarni topadi.
|
|
|
11-SINF
|
|
|
MATEMATIK SAVODXONLIK KOMPETENSIYASI
|
|
|
ALGEBRA
|
|
|
turli usullarda berilgan funksiyalarning xossalarini aytadi, elementar funksiyalar grafiklarini chizadi;
|
|
|
differensiallash qoidalari asosida hosilani hisoblaydi;
|
|
|
murakkab funksiyaning hosilasini hisoblaydi;
|
|
|
fizik va iqtisodiy masalalarni yechadi;
|
|
|
moddiy nuqta harakatini, kuch bajargan ishini modellashtiradi;
|
|
|
statistik ma’lumotlarni to‘playdi va ularni jadval, ustunli, doiraviy diagrammalar, poligon ko‘rinishida tasvirlaydi;
|
|
|
boshlang’ich funksiyani topadi;
|
|
|
Nyuton-Leybnits formulasi asosida aniq integralni hisoblaydi;
|
|
|
egri chiziqli trapetsiyaning yuzini hisoblaydi;
|
|
|
tasodifiy hodisalar ustida amallarni Eyler-Venn diagrammalarida tasvirlaydi;
|
|
|
qarama-qarshi hodisalarni farqlaydi va misollar keltiradi;
|
|
|
takrorli va takrorsiz o‘rinlashtirish, o‘rin almashtirish va guruhlashlarga oid sodda kombinatorik masalalarni yechadi;
|
|
|
GEOMETRIYA
|
|
|
aylanma jismlarning qanday hosil bo‘lishini izohlaydi, aylanma jismlar sirtlarining yuzi, hajmi, egri chiziqning uzunligini hisoblaydi;
|
|
|
ikkiyoqli va ko‘pyoqli burchaklarini chizma yoki modelda ko‘rsatadi;
|
|
|
qavariq va muntazam ko‘pyoqlarga tevarak-atrofdan misollar keltiradi;
|
|
|
ko‘pburchak ortogonal proyeksiyasining yuzini hisoblaydi;
|
|
|
to‘g‘ri, og‘ma va muntazam prizmalarga misollar keltiradi va ularning yon sirti, to‘la sirti, hajmini hisoblaydi;
|
|
|
silindrga misollar keltiradi va uning yon sirti, to‘la sirti, hajmini hisoblaydi;
|
|
|
piramida modellariga misollar keltiradi va uning yon sirti, to‘la sirti, hajmini hisoblaydi;
|
|
|
konus modellariga misollar keltiradi va uning yon sirti, to‘la sirti, hajmini hisoblaydi;
|
|
|
sharning hajmini hisoblaydi;
|
|
|
sfera sirtining yuzini hisoblaydi;
|
|
|
ko‘pyoqlar va aylanma jismlar kombinatsiyasiga doir masalalar yechadi.
|
|
|
KOGNITIV KOMPETENSIYA (SHAXSNING MUSTAQIL IJODIY FIKRLASH KOMPETENSIYASI)
|
|
|
ALGEBRA
|
|
|
hosila yordamida geometrik, fizik, iqtisodiy va boshqa tatbiqiy masalalarni yechadi;
|
|
|
hosila yordamida funksiyani tekshiradi va grafigini yasaydi;
|
|
|
aniq integralning yuzani, aylanma jism hajmini hisoblashga tatbiq’iga doir masalalarni yechadi;
|
|
|
sodda statistik ma’lumotlarning o‘rta qiymati, moda va medianasini hisoblaydi va ularni amaliy masalalarda qo’llaydi;
|
|
|
matematik tushunchalar, dalillar va algoritmlarni nostandart vaziyatlarda qo‘llaydi;
|
|
|
tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan hodisa va jarayonlar ehtimolligiga misollar keltiradi;
|
|
|
sodda amaliy holatlarda ro‘y beradigan hodisalarning ehtimolliklarini hisoblaydi, ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlarini baholaydi va solishtiradi;
|
|
|
standart vaziyatlarda klassifikatsiya, analiz, sintez, umumlashtirish usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik fikr yuritadi.
|
|
|
GEOMETRIYA
|
|
|
o‘xshash jismlarning hajmlari haqidagi teoremani masalalar yechishga qo’llaydi;
|
|
|
konusning yon va to‘la sirti, hajmi, o‘q kesimi yuzini topishga oid amaliy masalalar yechadi;
|
|
|
sharga urinma tekislik va urinma to‘g‘ri chiziq o’tkazadi;
|
|
|
shar bo‘laklari: shar halqasi, shar segmenti, shar sektori, shar kamari va ularning elementlariga doir masalalar tuzadi;
|
|
|
shar va uning bo‘laklari hajmini hisoblash formulalarini keltirib chiqaradi;
|
|
|
silindrga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqlar, konusga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqlarni tekislikda tasvirlaydi;
|
|
|
prizmaning kesimlarini yasaydi;
|
|
|
silindrning yon va to‘la sirti, hajmi va o‘q kesimi yuzini hisoblashga doir masalalar yechadi;
|
|
|
atrofdagi jismlardan, ularning qismlaridan o’xshash shakllarning modellarini topadi;
|
|
|
atrofdagi jismlardan, ularning qismlaridan geometrik shakllarni ajratadi va amaliy masalalar yechishda qo’llaydi;
|
|