MATEMATIKA
1-SINF
I bo‘lim. 1 DAN 10 GACHA BO‘LGAN SONLAR. 10 ICHIDA QO‘SHISH VA AYIRISH
(45 soat)
Narsalar va ularning xossalari.
Narsalar va ularning xossalari: rangi, shakli, o‘lchami, materiali. Bir xil, har xil tushunchalari.
Narsalarni taqqoslash. Uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam. Narsalarni rangi, shakli bo‘yicha taqqoslash.
Narsalarning o‘zaro joylashuvi. Narsalarning o‘zaro joylashuvi haqida fazoviy tasavvurlar,; “ustida”-“ostida”, “chapda”-“o‘ngda”, o‘rtada”, “chetida”, “yuqoridan pastga”, “pastdan yuqoriga” va hokazo.
Narsalarni xossalari bo‘yicha to‘plamlarga ajratish. Narsalar to’plami (bir xil, har xil). Narsalardan berilgan xossaga ega bo‘lgan (rangi, o‘lchami, shakli, vazifasiga ko’ra) bitta yoki bir nechtasini ajratish.
To‘plamlarni taqqoslash. To‘plamlarni undagi narsalar soni bo‘yicha taqqoslash: “katta“, „kichik“, „teng“, „ko’p“, „kam“ tushunchalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |