Loyiha titul «Tasdiqlayman»



Download 1,41 Mb.
bet2/153
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#271791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Uzviy matematika 30.04.2021

M U Q A D D I M A

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim - tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta’minlash” vazifasi belgilangan.

Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani uzviyligini ta’minlagan holda milliy o‘quv dasturi majmuasini tayyorlaning maqsad va vazifalar belgilandi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari hamkorligida 32 nafar matematika fani mutaxassis olimlari, tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etdi. Ular ko‘magida matematika fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiyalar va alohida o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 100 ga yaqin taklif va mulohazalar kelib tushgan.

Uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta’minlanmaganligi ta’lim sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Xususan,

Matematika fanidan mavjud o‘quv dasturlari qiyosiy jadvallar asosida tahlil qilindi. Birlamchi tahlillarga ko‘ra takrorlangan mavzular 9 ta, uzviyligi ta’minlanmagan mavzular 29 ta, yangilanishi zarur mavzular 94 ta, olib tashlanadigan mavzular 43 ta, xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha kiritaladigan mavzular soni 89 ta, boshqa ta’lim turiga o‘tkaziladigani 20 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to‘g‘rilandi.

To‘g‘rilangan o‘quv dasturlari ikkinchi marta ta’lim inspeksiyasi saytidagi (http://www.uzviylik.tdi.uz) muxokama portaliga joylashtirildi va ularga 150 dan ortiq takliflar bildirildi.

Keyingi bosqichda matematika fani konsepsiyasi va 5 ta o‘quv dasturi (MTM, umumiy o‘rta ta’lim, AL, KHM va OTM uchun) O‘zFA qoshidagi V.I.Romanovskiy nomidagi matematika institutiga, Samarqand davlat universitetiga, Urganch davlat universitetiga hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga ekspertizaga berildi hamda ushbu ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislari tomonidan 1 oy davomida ko‘rib chiqilib xulasalar olindi.

Ekspertiza xulosalarida jami 97 ta (6 ta MTM, 69 ta maktab bo‘yicha, AL 6 ta, KHM 5 ta, 11 ta ta OTMlar) kamchilik va takliflar aniqlanib, ular tegishli vazirliklarga taqdim etildi hamda mualliflar tomonidan muhokamalar qilindi. Ulardan 49 tasi dastur mazmuniga kiritildi, 38 tasi asoslantirildi. Shuningdek, o‘quv va fan dasturlarini takomillashtirish jarayonida xalqaro tajribalar jumladan

Finlyandiya tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlarini tahlil qilishda YuNISEF ko‘magida Singapur, Koreya, Yaponiya, Gonkong dasturlari, Prezident maktablari bilan Kembridj tajribasi, o‘quv dasturlari o‘rganildi.

Konsepsiya va o‘quv dasturlari vazirliklardagi metodist va mas’ullar tomonidan tahrirlandi hamda o‘zgartirishlar kiritildi va umumiy majmua holatiga olib kelindi.

Professional ta’lim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi 2020 yil 15 maydagi “Oʼzbekiston respublikаsidа kаsbiy mаlаkаlаr, bilim vа koʼnikmаlаrni rivojlаntirish milliy tizimi fаoliyatini tаshkil etish chorаlаri toʼgʼrisidа” gi 287-sonli qarori bilan tasdiqlandi. U hujjat bilan 8 ta malaka darajasiga mos ravishda “Bilimlar”, “Mahorat va konikma”,“Kompetensiyalr”, “Malakaning mos darajasiga erishish yollari” belgilandi. (Ilova qilinaqi). Oquv dasturlarining mazmuni ushbu malakalar ramkasi bilan singishib, bog‘lanib ketishi lozim. O‘quvchi, talabalarni hayotga tayorlovchi kompetensiyalari ham malakalar ramkasidagi me’yorlarni bog‘lanadi.

Mazkur majmua matematika fani bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimining yagona konsepsiyasi, maktabgacha ta’lim 6-7 yoshli bolalari uchun dastur, umumiy o‘rta ta’limning 1-11 sinflari uchun o‘quv dasturi, akademik lisey uchun 2 yillik o‘quv dasturi, boshlang‘ich professional ta’lim ya’ni kasb hunar maktablari uchun 2 yillik o‘quv dasturi va oliy pedagogik ta’limning o‘quv dasturlaridan tarkib topgan “Matematika bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’limining milliy o‘quv dasturi” loyihasi hisoblanadi.

Umumiy o‘rta ta’limning matematika fani o‘quv dasturiga Oliy ta’lim bo‘yicha 8 ta o‘quv dasturlari mos ravishda tanlandi va uzviyligi ustida ishlandi, shundan mazkur majmuada “Matematika fani o‘qitish metodikasi” o‘quv dasturi misol tarzida berilgan.

Bunday tajriba ya’ni ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun o‘quv dasturlarining bir majmua tarkibiga kiritilishi va ularni umumlashtiruvchi yagona konsepsiya orqali mustahkamlanishi Respublikada birinchi marta amalga oshirildi.

Ushbu jarayonda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlaridan tajribali matematik o‘qituvchilar, olimlar, metodistlar ishtirok etishdi, barchasiga minnatdorchilik bildirgan holda loyiha – majmua xatolardan xoli emasligini ma’lum qilamiz. Sizlarga tavsiya etilayotgan loyihani takomillashtirishda fikr va mulohazalaringizga suyanamiz.

Hamkorligingiz uchun oldindan rahmat.

Ta’lim sifatini nazorat qilish

davlat inspeksiyasi tashkiliy guruhi

Aloqa uchun: 71-2310753, 99 -8574213, a.nasirov@tdi.uz




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish