Geometriya va o‘lchashlar (GO‘)
Yassi va fazoviy geometrik shakllarga doir asosiy tushunchalar, ularning asosiy xossalarini amaliy mazmundagi masalalar yechishda qo‘llay olish, chizma, model va real dunyodagi geometrik shakllarni taniy olish;
Geometrik munosabatlar haqida matematik va mantiqiy fikrni rivojlantirish;
Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy munosabatlarni tasvirlash va ularning geometrik o‘rnini aniqlash, sodda geometrik yasashlarni amalga oshirish;
Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va geometrik shakl almashtirishlardan foydalanish;
Isbot qilish metodlari va masalalarni yechish algoritmlaridan foydalanish, masalalar yechish jarayonida asosli matematik mulohazalar yuritish;
Masalalarni yechishda geometrik modellashtirish, fazoviy mushohada va vizuallashtirish usullaridan foydalanish;
Turli ob’ektlarning o‘lchanadigan elementlarini, o‘lchov birliklarini bilish, o‘lchov tizimlari va jarayonlarining mohiyatini tushunish;
O‘lchash jarayonida mos o‘lchov usullari, formulalar, o‘quv qurollari, multimediali interaktiv ilovalar, kalkulyator va o‘lchov asboblaridan foydalanish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |