Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tergov eksperimenti o‘tkazishning taktik usullari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   548
Tergov eksperimenti o‘tkazishning taktik usullari 

O’zgargan va qayta tiklab bo‘lmaydigan 

sharoitlarni hisobga olish 

Muayyan tartib maromda tajribalar 

o‘tkazish 

Sharoit va vaziyatlarni o‘zgartirib ko‘rish 

(tezlikni, marom, masofa va hokazolarni 

o‘zgartirish) 

Zarur hollarda tajribalarni bosqichma-

bosqich o‘tkazish 

Tajribalarni hodisa, fakt, voqea ro‘y 

bergan joydagi sharoitlarga juda 

o‘xshash bo‘lgan sharoitlarda o‘tkazish 



 

219 


kabi)  bajara  olmasa,  uning  o‘rniga  bo‘yi,  gavdasi,  yoshi  jihatidan 

o‘xshash bo‘lgan boshqa shaxsga bu ishni bajarish topshiriladi. 

Tekshirilayotgan  hodisa,  holat,  vaziyatlar  bir  necha  ko‘rinishda 

takrorlanib  sinalishi  lozim,  shundagina  tekshiruv  natijalari  haqiqiy  va 

xolisona bo‘ladi. Masalan, ko‘rish imkoni 200 m  masofada ifodalangan 

bo‘lsa, tekshiruvni 150, 200 va 250 mda o‘tkazish lozim bo‘ladi, qaysi 

holatlar qayta takrorlanganda o‘zgarishsiz natija bersa, ana shu yo‘nalish 

haqiqatga to‘g‘ri keladi, deb tanlanadi. 

Eksperiment  o‘tkazilayotgan  sharoit,  tiklanayotgan  harakat  yoki 

hodisalar  yuz  bergan  sharoitga  iloji  boricha  o‘xshash  bo‘lishi  lozim. 

Tajribalar  imkoni  boricha  bir  necha  marotaba  takrorlanib  o‘tkaziladi, 

tajribalarning  sharoitlari  bir  muncha  o‘zgartilishi  mumkin  (JPKning 

155-moddasi).  Mana  shu  qoidaga  asoslangan  holda,  eksperimentni 

o‘tkazish  jarayonida,  tergovchi  ayrim  holatlarni  tiklab  namoyon 

qilayotgan shaxslarning joylarini o‘zgartirishi, harakat ko‘rinishlarini bir 

necha  variantda  amalga  oshirishni  taklif  qilishi  va  ana  shu  ko‘rinishlar 

orasidan ko‘proq takrorlangan natijani tanlab olishi kerak. 

Tekshirilayotgan holatlar, tusmollar, ko‘rsatuvdagi ayrim dalillarni 

har  tomonlama  tekshirib  aniqlash  uchun,  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi,  guvoh,  jabrlanuvchilarning  har  birlariga  alohida-alohida 

o‘zi  qatnashgan  yoki  shohid  bo‘lgan  hodisa  holatini  tiklash  tavsiya 

etiladi va tergovchi tajriba harakatlarini o‘tkazadi.  

Tajribalar  ko‘p  va  murakkab  bo‘lsa,  tergovchi  uni  bir  necha 

bosqichga  bo‘lib,  tegishli  oldinma-ketinlikda  o‘tkazadi.  Eksperiment 

tekshiruvlarini  o‘tkazish  jarayonida,  uning  ayrim  qismlari-bosqichlarini 

mustahkamlash maqsadida foto, kino, video tasvirga olish lozim bo‘ladi. 

SHu  bilan  birga,  eksperiment  o‘tkazilayotgan  joyning  chizmasi, 

ishlatilgan  nusxa,  qoliplar  ham  yuqorida  ko‘rsatilgan  vositalarga 

qo‘shiladi. 

Eksperiment  tajribalarini  o‘tkazish  jarayonida  ko‘rsatuvlari 

tekshirilayotgan  shaxslarga  va  ayrim  harakatlarni  amalga  oshirayotgan 

qatnashuvchilarga  savollar  berilishi  mumkin.  Savollar  tergovchi, 

mutaxassis, xolislar tomonidan berilib, eksperiment o‘tkazishning shart-

sharoitlariga,  uning  natijalariga,  ishlatilayotgan  jihozlarga  tegishli 

bo‘lishi mumkin. 

Eksperiment  harakatida  ishtirok  etuvchi  shaxslar,  tergovchining 

ruxsati 

bilan 


ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan  gumon  qilinuvchi-

ayblanuvchilarga  savol  berishga,  tergovchining  e’tiborini  ish  holatini 

aniqlashga  ko‘maklashadigan  barcha  holatlarga  qaratishga,  tekshiruv 



 

220 


sharoitiga  ba’zi  aniqliklar  kiritishga  haqlidirlar.  SHu  bilan  birga 

eksperiment  qatnashuvchilari  tajriba  va  ayrim  harakatlarni  yana 

takrorlashni  iltimos  qilishlari  mumkin.  Qatnashuvchilarning  bunday 

fikr-mulohazalari eksperiment bayonnomasida aks ettirilmog‘i lozim. 

Eksperiment  jarayonida  amalga  oshirilgan  tekshiruvlar  natijasi 

voqelikka  nisbatan  to‘g‘ri  kelmasdan  zid  bo‘lsa,  ya’ni  tekshirilayotgan 

harakatning natijasi ko‘rsatuvdagi holatlarni tasdiqlamasa, natija salbiy, 

inkor  etuvchi  bo‘lib,  ko‘rsatuvdagi  ma’lumot  noto‘g‘ri  bo‘lib  chiqadi. 

Aksincha,  eksperiment  jarayonida  tekshirilayotgan  hodisa,  vaziyatlar 

o‘tkazilgan tajribalar natijasiga mos kelsa, u holda tekshirilayotgan holat 

hodisalari  haqiqatda  voqelikda  yuz  bergan  bo‘lishi  mumkinligi 

tasdiqlanadi. 

Tergov  eksperimenti  jinoyat-protsessual  qonuni  normalari  asosida 

o‘tkazilishi bilan bir qatorda, qo‘llaniladigan taktik uslublar ham qonun 

normasiga zid bo‘lmasligi lozim. 

 


Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish