Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   548
 

Tergov eksperimentini o‘tkazish tartibi va taktikasi 

 

Tergov  eksperimentini  tashkil  etish:  a)  uning  maqsadi  va  hal 



qilinadigan  vazifalarni  belgilash;  b)  uni  o‘tkazish  vaqti,  joyi  va 

sharoitlarini belgilash; v) tajribalar tuzilishi va oldinma-ketinligi xayoliy 

modelini  tuzish;  g)  tergov  harakati  ishtirokchilarini  va  ulardan  har 

birining  rolini  belgilash;  d)  tajriba  o‘tkazish  uchun  zarur  narsalar  va 

texnika vositalarini tayyorlash, ularni qayd etish usullarini belgilashdan 

tarkib topadi. 

Murakkab vaziyatlarda bo‘lg‘usi tergov eksperimentining mufassal 

yozma  rejasini  tuzish,  unda  tajribalarning  tashkiliy  va  texnik-

krimenalistik  ta’minoti,  tuzilishi,  ularni  o‘tkazish  variantlari,  erishilgan 

natijalarni qayd etish usullarini nazarda tutish zarur.  

Bo‘lg‘usi tergov eksperimentining maqsad va vazifalarini belgilash 

tergov qilinayotgan jinoyatning tajriba o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilishi 

lozim  bo‘lgan  holatini  aniqlashtirishni  anglatadi.  Ekspertimentni 

o‘tkazish  vaqti,  joyi  va  sharoitlarini  belgilash  uchun  tergovchi  ba’zan 

tergov  qilinayotgan  jinoyat  ishi  materiallariga  murojaat  etishi  kerak 

bo‘ladi.  O‘tkaziladigan  tajribalarning  tuzilishi  va  oldinma-ketinligini 

belgilash, ularning xayoliy modelini tuzish tergovchiga bo‘lg‘usi tergov 

harakati  ishtirokchilari  tarkibi  va  sonini  aniqroq  belgilashga  yordam 

beradi. Masalan, ayrim vaziyatlarda tergovchiga yordamchi, mutaxassis, 

ikkita emas, balki to‘rtta xolis kerak bo‘lishi mumkin. 

Tajriba  harakatlarini,  odatda,  ko‘rsatuvlari  tekshirilayotgan 

shaxslar  (gumon  qilinuvchilar,  ayblanuvchilar,  jabrlanuvchilar,  guvoh-

shohidlar) bajaradi. Sub’ektning shaxsiy xususiyatlari emas, balki biron-

bir  hodisaning  mavjud  bo‘lishi  imkoniyati  tekshirilayotgan  hollarda 

tergovchi  zaruriy  tajriba  harakatlarini  bajarish  uchun  ish  yakunidan 

manfaatdor bo‘lmagan shaxsni taklif qilishi mumkin. 

Agar  tergov  eksperimenti  natijalari  tekshirilayotgan  shaxsning 

ko‘rsatuvlarini  rad  etgan  bo‘lsa,  o‘tkazilayotgan  tajribalarda  mazkur 

sub’ektning  ishtiroki  ayniqsa  foydali  va  psixologik  jihatdan  muhim 

bo‘ladi. Ilgari bergan ko‘rsatuvlarining haqiqatga zid ekanligini tajribada 

ko‘rgach,  gumon  qilinuvchi,  guvoh  ko‘pincha  haqqoniy  ma’lumotlarni 

beradi. 


SHuni  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  tergov  eksperimentini  o‘tkazishda 

gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchining  ishtiroki  ixtiyoriy  bo‘lishi  kerak. 

Mazkur  tergov  harakatida  guvoh-shohidlar  va  jabrlanuvchilar  o‘z 



 

217 


ixtiyoriga  qarshi  ishtirok  etishi  ham  muammolarni  keltirib  chiqaradi, 

ayniqsa ularning shaxsiy, sub’ektiv xususiyatlari tekshirilayotgan bo‘lsa. 

Agar ular tergov eksperimentida ishtirok etishga majbur qilingan bo‘lsa, 

erishilgan natijalarga aniq baho berish qiyinlashadi. 

Tergov  eksperimentini  o‘tkazishga  kirishishdan  oldin  tergovchi 

uning  ishtirokchilariga  yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatishi,  rejalashtirilgan 

tajribalar maqsadini va har bir ishtirokchining rolini tushuntirishi lozim. 

Bunda  guvohlar  va  jabrlanuvchilar  ko‘rsatuv  berishdan  bo‘yin 

tovlaganlik va  bila  turib  yolg‘on ko‘rsatuv  berganlik uchun  javobgarlik 

to‘g‘risida ogohlantirilishi kerak.  

Tajriba  harakatlarini  o‘tkazishdan  oldin  o‘rganilayotgan  hodisa 

sharoitlari  tekshirilayotgan  ko‘rsatuv  yoki  tusmollarga  to‘la  muvofiq 

holda  tiklangan  bo‘lishi  lozim.  Buning  uchun  gumon  qilinuvchi, 

ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-

alohida  o‘zi  qatnashgan  yoki  shohid  bo‘lgan  hodisaning  sharoit  va 

holatlarini  tiklash  taklif  qilinishi  mumkin.  Ushbu  qoidaga  rioya  etish 

tergov  eksperimenti  natijalarining  ishonchliligini  ta’minlaydi,  shu 

sababli prinsipial ahamiyatga ega.  

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, 

mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. 

Sudning  ijozati  bilan  eksperimentda  ishtirok  etayotgan  shaxslarga 

taraflar  ham  savol  berishi  mumkin.  Taraflar  va  eksperimentda  ishtirok 

etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning 

e’tiborini,  ularning  fikricha  ish  holatini  aniqlashga  yordam  berishi 

mumkin  bo‘lgan  barcha  holatlarga  qaratishga,  eksperiment  sharoitiga 

aniqlik  kiritishni  va  tajriba  harakatlarini  takrorlashni  talab  qilishga 

haqlidir.  Ko‘rsatuvi  tekshirilayotgan  shaxs  eksperiment  munosabati 

bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin. 

 

 

 



 

 

 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish