Tergov eksperimentining natijalarini rasmiylashtirish
Tergov eksperimentini o‘tkazish sharoitlari, jarayoni va natijalari
bayonnomada qayd etiladi (O‘zR JPK 156-moddasi).
Bayonnomaning kirish qismida eksperiment o‘tkazilishi uchun
asoslar, kim tomonidan o‘kazilganligi, tekshiruv zarurati, joyi, vaqti va
qatnashuvchilarning ismi-shariflari ko‘rsatiladi. SHuningdek, guvoh va
jabrlanuvchilar ko‘rsatuvlari tekshirilganda eksperiment o‘tkazishdan
oldin ular qasddan yolg‘on ma’lumot berish va bosh tortish oqibatlari,
ya’ni jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirganligi to‘g‘risida ma’lumot
va uni tasdiqlovchi imzolari kiritiladi.
Bayonnomaning bayonot yoki tavsiflovchi qismida quyidagilar
ko‘rsatiladi:
1) eksperiment qanday maqsadda, qachon, qaerda va qanday
sharoitda o‘tkazilganligi;
2) hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z
aksini topganligi;
3) qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha
marta o‘tkazilganligi;
4) qanday natijalar olinganligi.
Tekshiruv o‘tkazilishi jarayonida qo‘llanilgan kriminalistik texnika
vositalaridan - ovoz yozish, video tasvirga olish, kino va fotosuratga
tushirish ishlari bayonnomaning mazkur qismida aks ettiriladi. SHu
221
bilan birga eksperiment tajribalarini uyushtirish uchun tayyorlangan
qoliplar (namunalar), mulaj va modellar ham nima uchun va qanday
qo‘llanilganligi bayon etiladi.
Eksperiment natijasida tekshirilgan holat, vaziyatlar, tusmollar o‘z
tasdig‘ini topgan yoki topmaganligi, ular necha yo‘nalishli tajriba
yordamida tekshirilganligi va boshqa chora-tadbirlar qanday oldinma-
ketinlikda o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomada shunday holda yoritilishi
lozim.
Bayonnomaning yakunlovchi qismi quyidagilarni aks ettirgan
bo‘lishi shart:
1) eksperimentni o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar keltirgan
ariza, shikoyat, iltimosnoma va e’tirozlari;
2) eksperiment tekshiruviga tayyorlangan buyumlarning individual
hususiyatlari (shakli, rangi, o‘lchovi va boshqa moddiy belgilari);
3) eksperiment o‘tkazilgan joyning chizmasi, harakat va holatlar
sxemalari;
4)
bayonnoma
barcha
ishtirokchilar
tomonidan
tanishib
chiqilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va bu ma’lumotlar ular
tomonidan tasdiqlanganligi.
Tajribaning har bir keyingi varianti u ayni bir yoki o‘zgartirilgan
sharoitlarda o‘tkazilgani va ushbu o‘zgartirish nimadan iborat bo‘lgan –
sharoitlar og‘irlashtirilgani yoki soddalashtirilgani ko‘rsatilgan holda
qayd etiladi. O‘tkazilgan tajribalarning natijalariga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan holatlar ayniqsa aniq qayd etilishi lozim. Masalan,
avtomobil qarshisida to‘siq qo‘qqisdan paydo bo‘lgan holda uni
to‘xtatish imkoniyatini tekshirishga qaratilgan tergov eksperimenti
o‘tkazilayotganda, piyoda maketining paydo bo‘lishi tekshirilayotgan
haydovchi uchun kutilmagan bir hol bo‘lgani yoki u yo‘lning mazkur
uchastkasida voqealarning bunday rivoji haqida oldindan bilgani va
bunga psixologik jihatdan hozirlik ko‘rishi mumkin bo‘lgani qayd
etilishi lozim.
Agar tajribalarning natijalariga binolar yoki joy hududlarining
joylashuvi, o‘tkazilayotgan tergov eksperimenti ishtirokchilarining
o‘zaro holati, ayrim ob’ektlar va predmetlar o‘rni jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lsa, mazkur holatlarni yanada aniq qayd etish imkonini
beradigan rejalar va sxemalar tuzish tavsiya etiladi.
222
O‘tkazilgan eksperimenti natijalarini ularning ishonchliligi va
daliliy ahamiyati nuqtai nazaridan baholash bir qator xususiyatlarga ega.
Avval, tajribalarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘ri amalga oshirilgani
tekshirilganidan
keyin,
tekshirilayotgan
holat
mavjud
bo‘lishi
mumkinligi yoki mumkin emasligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan holat
mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlangan holda, erishilgan natija ob’ektiv
aniqlangan daliliy fakt hisoblanadi, biroq, agar tajribalarni o‘tkazish
vaqtida tergov eksperimentini o‘tkazish taktik qoidalari buzilgan bo‘lsa,
uning natijalari daliliy qimmatga ega bo‘lmaydi.
O‘tkazilgan tajribalar asosida chiqarilishi mumkin bo‘lgan
xulosalarga kelsak, ular eksperiment natijasiga – uning ijobiy yoki
salbiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshirilayotgan holatni, uning amalda
mavjudligini tasdiqlovchi natija ijobiy hisoblanadi. Salbiy natija ushbu
holatni rad etadi, uning mavjud bo‘lishi mumkin emasligidan dalolat
beradi.
Agar tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan tekshirilayotgan holat amalda
mavjud bo‘lishi mumkin emasligi aniqlangan bo‘lsa, ushbu holat real
voqelikda mavjud bo‘lmagani to‘g‘risida uzil-kesil xulosa chiqarilishi
lozim. Masalan, mazkur binoga ayblanuvchi ko‘rsatgan miqdorda tovar-
moddiy boyliklar sig‘ishi mumkin bo‘lmasa, bu unda yong‘in yuz
bergan
paytda
ko‘rsatilgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar
bo‘lmaganidan dalolat beradi.
Mazkur odam muayyan hodisani idrok etishga yoki ma’lum
harakatlarni bajarishga qodir emasligini aniqlashga qaratilgan tergov
eksperimenti natijalarini baholash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Tekshirilayotgan shaxs individual psixologik sohasining bir qator
muhim omillarini aniq hisobga olish, tiklash va nazorat qilish mumkin
emas. Vaholanki, ular eksperiment natijalariga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, tekshirilayotgan shaxsdan shu yo‘l
bilan olingan ko‘rsatuvlar yolg‘on bo‘lishi, u o‘z imkoniyatlarini ataylab
namoyish etmagan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |