144
- teri qoplamasining rangi (pigmentatsiya alomatlari, ko‘zlarining
shakli, katta-kichikligi va rangi).
Umumiy gavda tuzilishi insonning to‘la, qotma yoki ozg‘in
bo‘lishi, bo‘yi baland, o‘rta, past, boshning katta, o‘rta va kichik
o‘lchovda bo‘lishi, shakl bo‘yicha geometrik dumaloq, uchburchak, oval
kabi atamalar bilan tavsiflanadi.
Odamning tashqi tuzilishi belgilarining asosiy o‘lchov shakllari
uning yuzi - beti qismida aks etadi: yuzning tavsifi to‘g‘ridan va
yonbosh (o‘ng va chap) va qiya (nim yonbosh) tomonidan kuzatiladi;
dumaloq, uchburchak, oval shaklida, peshona, qosh, ko‘z, burun, og‘iz,
engak qismlari ham katta-o‘rta-kichik shakllari bo‘yicha
joylashadi va
o‘zaro proporsiyalari belgilanadi.
Tishlarning yirik, mayda, joylashuvi bo‘yicha, tekis-to‘g‘ri va
qiyshiq-so‘yloq bo‘lishi insonning nutqi, lab harakati vaqtida kuzatish
mumkin. Og‘iz va lab tuzilishi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘lchovi va
shakllari ham umumiy tavsiflanadi, labning qalinligi, yupqaligi va rangi
alohida ko‘rsatilishi mumkin.
Engakning o‘lchovi katta-kichikligi, shakli bo‘yicha dumaloq,
uchburchak, oldinga yoki orqaga qarab yo‘nalganligi, bo‘yni qismiga
nisbatan baland-past,
qavatlangan, osilganligi belgilanadi. Bo‘yinning
uzunligi-kaltaligi, yo‘g‘on-ingichka, (to‘la-semiz, ariq va h.k.), elka
tuzilishi, keng qisqa, to‘g‘ri, to‘g‘ri-tekis, qiyalashgan, elka orqa
tomondan ko‘rinishi, gavdaning umumiy shakliga nisbatan to‘g‘ri yoki
bukraygan, qo‘l va oyoqlar ham umumiy bo‘yiga proporsiya me’yori
belgilanadi (katta-kichik uzun, kalta, to‘la-oriq va h.k.).
Funksional belgilar qatoriga insonning ma’lum harakatlari
jarayonida hosil bo‘ladigan xususiyatlar kiradi. Mazkur belgi alomatlar
odamning hayoti davomida hosil bo‘lib,
kun sayin takrorlanib odat
bo‘lib qoladi va ayrim sabablar ta’sir etsagina o‘zgarishi mumkin
bo‘ladi.
Bu guruhdagi belgi alomatlar insonning faoliyati, harakati natijasida
hosil bo‘ladi va tavsifi inson gavdasining yurish-turishidagi umumiy
holat vaziyatidan boshlanadi: gavdaning to‘g‘ri, chap yoki o‘ng
tomonga, orqaga, oldinga og‘dirilgan holda tutishi; tik turganda yoki
o‘tirgan holda ham yuqoridagi alomatlarning hosil bo‘lishi.
Qadam tashlash, yurish xususiyatlari odamning o‘ziga xos bo‘lgan
yurish tezligi,
sustligi, qadamning uzunligi, qisqaligi, oyoq kaftining
yo‘nalish tomoni, qadam tashlash jarayonida boshning, umuman
145
gavdaning, qo‘llarning
vaziyati, (harakati), chayqalishi va shu kabilar
bilan belgilanadi.
YUzning yumshoq muskul to‘qimalarining harakatda bo‘lib turishi,
tebranishi (mimikasi) insonning ichki hissiyoti (ruhiy holati)dan darak
beruvchi alomatdir. Bu belgi ba’zi odamlarda sezilarli darajada bo‘ladi,
ba’zilarda esa deyarli sezilmaydi. Mimika insonning ma’lum
holatlardagi
doimiy
ravishda
yuzning
(chehraning)
ochiqligi,
xushchaqchaqligi yoki jiddiylik, xafalik ko‘rinishi bilan bog‘liqdir.
Insonga xos bo‘lgan so‘zlashish (nutq) xususiyatlari, funksional
belgilar qatorida boshqalariga nisbatan mustahkam bo‘lib, ovozning
o‘ziga xos individualligi namoyon bo‘ladi.
Ovozning past, baland,
jaranglovchi, bo‘g‘iqligi, mayinligi, qalin yo‘g‘onligi, so‘zlashish
jarayonida tovushlarni, so‘z turkumlarini ifoda etishdagi individual
xoslik xususiyatlarini aks etishi (tilning chuchukligi, harflarni buzib
ifoda etish, ayrim sheva so‘zlarni ishlatish), so‘zlashishda
nutqning
tezligi, sustligi, cho‘zib to‘xtab ifoda etish va hokazolar shular
jumlasidandir.
Yuqorida keltirilgan belgilarga qo‘shimcha ma’lumot sifatida,
insonning egnidagi kiyimini ham ta’riflash mumkin. Bunda libosning
umumiy turi: bosh kiyim, egnidagi ustki libos (yozgi, qishki)
poyabzal
(engil yozlik, uyda kiyadigan, qishlik issiq etik, maxsi va h.k.) ularning
o‘lchovlari, modeli, bichim turi (milliy, umumiy), ishlab chiqarishda
xizmat turiga ko‘ra maxsus kiyiladigan uni tuzilish xususiyatlari
ta’riflanadi.
Insonning egnidagi kiyimini tavsiflaganda uning ishlatilganlik
darajasi (yangi, biroz kiyilgan, anchagina to‘zigan kabi) ham
ifodalanishi lozim. Kiyim va poyabzal yuzalaridagi turli moddalardan
hosil bo‘lgan dog‘lar, ta’mirlash alomatlari ham ko‘rsatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: