Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


-rasm. Transport vositasi g‘ildirak qoplamasidan izlari  Izlarni ko‘zdan kechirish va protsessual rasmiylashtirish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
5-rasm. Transport vositasi g‘ildirak qoplamasidan izlari 
Izlarni ko‘zdan kechirish va protsessual rasmiylashtirish 
 
Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan izlarni albatta ko‘zdan 


88 
kechirib, bayonnomada qayd etish zarur. Bayonnoma JPKning 90-
moddasiga asosan tuzilib, unda topilgan izning turi, xususiyati va 
individual belgilari aks ettiriladi. 
Izlarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi 
uch qism
dan iborat bo‘lib, 
birinchi qismda: kim tomonidan, qaerda va qachon, qanday hodisa 
yuzasidan izlar qidirilgani kabi ma’lumotlar bayon etiladi. Ko‘zdan 
kechirish qanday sharoitda, qanday yorug‘likda, qanaqa optik asboblar 
yordamida o‘tkazilganligi, ko‘zdan kechirish qachon boshlanib qachon 
tugaganligi va ishtirokchilar yoziladi. 
Bayonnomaning uchinchi yakunlovchi qismida ko‘zdan kechirish 
ishtirokchilari tomonidan tushgan takliflar, izohlar aks ettiriladi. Bu 
qismda qanday izlardan nusxalar olinganligi, hodisa joyidan dalil 
sifatida nimalar olinganligi yoziladi. Bayonnoma barcha ishtirokchilar 
tomonidan imzolanadi. 
Izlar odatda 
fotografik o‘lchov metodi
asosida mufassal detalni 
suratga olish yo‘li bilan qayd etiladi. Fotografik usulda qayd etilishi va 
izlarning sxematik tasviri bayonnomaga qo‘shimcha qayd etish usuli 
bo‘lib hisoblanadi.
Fotografik usulda izlarning asl holatiga hech qanday o‘zgarish 
kiritilmasdan uning tasviri tushirib olinadi. SHuning uchun har qanday 
holatda izni dastavval suratga olish kerak. 
Mexanik usulda izlarni qayd etish asosan botiq izlardan gips 
yordamida quyma nusxalar olish, yuzaki izlardan esa iz ko‘chirib 
oluvchi materiallarga ularning nusxasini tushirib olishdan iborat. Agar iz 
E'tibor qiling! Bayonnomaning ikkinchi qismida: iz topilgan 
predmetning nomi; shu predmetning qayeridan, qanday usulda va qanday 
tehnik vositalar yordamida izlar topilganligi; izlarning turi, soni; 
izlarning razmeri, aniq ifoda etilgan hususiyatlari; izlar qanday usulda 
qayd etilganligi va olinganligi, bayonnomaga qanday ko'rinishda ilova 
etilganligi; izlarning shematik tasviri qayd etiladi. 
E'tibor qiling! Izlarni suratga olishda stereoskopik, panorama, 
masshtabli va yirik masshtabli usullarni qo'llash maqsadga muvofiq 
bo'ladi. Izning hususiyatiga qarab aniq va soyalantiruvchi nur berish 
lozim. 


89 
qabul qilgan ob’ektning o‘zini izi bilan olish imkoniyati bo‘lmasa, ushbu 
usuldan foydalaniladi. Izdan nusxalar ko‘chirib olishda uning har bir 
katta-kichik elementlarini maksimal darajada aniq va ravshan bo‘lishiga 
erishish zarur.
Trasologiyada umuman iz qabul qilgan ob’ektning o‘zini olgan 
ma’qul. Imkoni bo‘lmagan taqdirdagina yuqorida qayd etilgan 
usullardan foydalaniladi. Iz qabul qilgan ob’ektdan nusxa olishda unga 
moddiy zarar keltirmaslik chorasini ko‘rish zarur.
Iz tushgan ob’ektni unga biror o‘zgarish, tashqi ta’sir bo‘lmasligini 
ta’minlaydigan qilib joylashtirish lozim. Izga nisbatan biror usul 
qo‘llanishidan oldin unga tushgan chet narsalarni (barg, cho‘p va 
hokazolar) olib tashlash kerak. Botiq izlar agar suv bilan to‘lgan bo‘lsa, 
suvni rezina so‘rg‘ichi yoki qog‘oz so‘rg‘ich yordamida olinadi. Agar 
botiq izlar sayoz, ya’ni unchalik chuqur bo‘lmasa, izning qolipi kerakli 
darajadagi qalinlikda bo‘lishi uchun iz atrofiga devorcha aylantiriladi.
Ba’zan iz mayda va o‘zaro yaxshi jipslanmagan zarrachali 
ob’ektlarda qoladi (masalan, qum, un, sement, quruq tuproq va shu 
kabilarda). SHu tufayli bu izlarni olish yoki ulardan nusxalar ko‘chirish 
mumkin bo‘lmaydi. CHunki bu zarrachalar tarqalib ketib iz shaklini 
buzib yuboradi. Bunday hollarda ilgarigi izni vaqtinchalik qotirib, undan 
nusxa ko‘chirib olinadi. Lekin iz bor ob’ektning o‘zini olib ketish, ishga 
daliliy ashyo sifatida qo‘shish juda katta qiyinchilik tug‘dirganligi 
tufayli hozir izni perxlorvinil eritmasi bilan mustahkamlash usuli ishlab 
chiqilgan. Bu usulda sochilib ketuvchi narsalar, o‘ziga purkalgan 
perxlorvinilni asta-sekin shimib olib, mayda zarrachalar bir-biri bilan 
qattiq yopisha boshlaydi. Natijada ular bir butun qattiq ob’ektga 
aylanadi. So‘ngra izli ob’ektni olish, jinoyat ishiga qo‘shish imkoniyati 
tug‘iladi. Bunday izlarni mustahkamlash uchun atsetonda 6-8 foizli 
perxlorvinillik eritma tayyorlanadi va pulverizator orqali purkaladi. 
Taxminan 20-50 minutlardan so‘ng izni ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi.
Hajmli izlardan nusxa olish. Agarda izni qabul qiluvchi ob’ekt 
bilan birga olish imkoniyati bo‘lmasa, u holda izning shaklini, hajmini 
hamda releflardagi xususiyatlarini maksimal darajada aniq va to‘g‘ri aks 
ettiradigan ko‘chirma nusxa olish zarur bo‘ladi.
Hajmli izlardan nusxa olishda 
gipsdan
foydalanish mumkin. 
Gipsdan qattiq va yumshoq yuzalarda qolgan hajmli izlarni olish uchun 
foydalaniladi. Gips suvda qaymoq suyuqligida qorilib izga qo‘yiladi va 
ob-havo vaqtiga qarab taxminan 10-20 minutdan so‘ng uni olib, turli loy 
va boshqa predmetlardan tozalanadi. Ikkinchi usuli qatlamlash deyiladi. 


90 
Bunda quruq gips namlangan iz ustida bir qatlam sepiladi, gips bir oz 
qotgandan so‘ng ikkinchi qatlam sepiladi va shu tariqa istalgan qalinlik 
hosil qilinib olinadi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish