Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
Jinoyat ishi qo‘zg‘atish 
 
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, shuningdek tekshirish va 
taftish jarayonida o‘g‘irlik, mansabdor shaxsning noqonuniy harakatlari, 
giyohvandlik vosita va psixotropik moddalarni hisobga olish, saqlash, 
berish qoidalarining buzilishi yoki giyohvandning shifoxonaga tushishi 
bilan bog‘liq tergov organlari tomonidan tekshirish natijasida aniqlangan 
jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atish - bular eng ko‘p uchraydigan sabablar 
hisoblanadi. 
Bunday toifadagi jinoyatning o‘ziga xos tomoni shundaki, 
jinoyatchini jinoyat ustida qo‘lga olish ko‘pgina hollarda ularni fosh 
qiladigan ashyoviy dalillarga ega bo‘lishga imkoniyat yaratadi va u 
tergov qilishning bundan keyingi yo‘nalishini belgilab beradi. Agar 
giyohvandlik vositalarini yoki ularning izlarini topish imkoni bo‘lmasa, 
amalda ularni saqlash, tashish va iste’mol qilganligini isbotlash juda 
qiyin kechadi. 
Giyohvandlarni jinoyat ustida (olib ketayotganda, kelishuv sodir 
etayotganda, ko‘knori shirasini tayyorlashganda) qo‘lga tushirish uchun 
giyohvand modda gumon qilingan shaxs bilan birga bo‘lishi, bu holatni 
kuzatuvchi oldindan bilishi kerak. Jinoyatchilarni qo‘lga olish navbati 
to‘g‘risidagi masala har birini ushlaganda qanday natijalarga erishish 
mumkinligiga qarab hal qilinadi. Ularning har birini ushbu jinoyatdagi 
roli va ishtiroki darajasi, jinoyatchilar guruhi bilan aloqalari hisobga 
olinishi kerak. Bu to‘g‘ri ko‘rsatuv berishi mumkin bo‘lgan shaxsni 
aniqlab olish imkonini beradi. 
 
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga 
xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish 
uslubining asoslari
Giyohvandlarni qo‘lga olishning eng samarali usuli to‘satdan 
harakat qilish hisoblanadi. Jinoyatni sodir etish usullari va niqoblanishi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olib, qo‘lga tushiriladigan joy 
belgilanadi. Qo‘lga tushirish giyohvandlik vositalar va psixotrop 
moddalarni olib ketayotgan transportda, turar joyda oldi-sotdi bitimi 
amalga 
oshirilayotganda, 
ko‘knori 
va 
nashadan 
giyohvand 


534 
tayyorlayotganda, giyohvandlik moddalari qabul qilayotganda ma’lum 
joyda 
saqlayotganda; 
iste’mol 
qilayotganda, 
jo‘natayotganda, 
sotayotganda amalga oshiriladi. SHuningdek giyohvandlik vosita 
olinadigan o‘simliklarni etishtirishda, ekishda, ishlov berayotganda
hosilini yig‘ishtirib olayotganda ham qo‘lga tushirish mumkin. 
Formatsevtika korxonasida o‘g‘irlangan giyohvandlik vositalarni olib 
chiqayoganda; dorixona yoki davolash muassasasida ularni soxta retsept 
bo‘yicha olib ketayotganda ham qo‘lga tushirish mumkin. 
Giyohvandlik vositalarni farmatsevtika korxonalari, davolash 
muassasalari, dorixonalardan o‘g‘irlik yo‘li bilan olganlarni tergov 
qilishda quyidagi masalalarga oydinlik kiritish kerak: 1) o‘g‘irlik sodir 
etilganmi? 2) kim sodir etgan? 3) qanday usulda amalga oshirilgan? 4) 
muntazam sodir etib turilganmi? 5) o‘g‘irlangan giyohvand moddalar 
miqdori? 6) o‘g‘irlangan moda qaerga yashirilgan? 7) o‘g‘irlikdan 
maqsad iste’mol qilishmi yoki sotishmi? 8) olib-sotarlar bilan oldindan 
kelishib olinganmi? 9) o‘g‘irlangan moddalar qaysi yo‘llar bilan 
tarqatilgan? 10) o‘g‘irlikka qanday sharoit imkon bergan? 
Giyohvandlik vositalarni sotish bilan bog‘liq ishni tergov qilishda 
quyidagi holatlar aniqlanishi darkor? 1) giyohvandlik vositasining 
manbai qaerda? 2) u kimdan xarid qilingan? 3) oldi-sotdi haqida 
oldindan kelishib olinganmi? 4) muhsulot qanday baholarda sotib 
olingan? 
5) 
mahsulotni 
o‘tkazish yo‘llari? 6) javobgarlikni 
og‘irlashtiradigan va, aksincha, engillashtiradigan holatlar, chunonchi 
guruhning mavjud bo‘lganligi, muntazamligi va h.k. 7) jinoyat sodir 
etishga qanday sharoitlar imkon bergan? 
Muayyan shaxsdagi yohvandlik vositalarning mavjudligi tugal 
jinoyat tarkibini tashkil etadi, chunki qonunga ko‘ra, bu vositalarni o‘zi 
iste’mol qilish uchun olganlar ham javobgarlikka tortiladilar; shu bilan 
birga tajriba ko‘rsatadiki, giyohvandlik vositalarni tarqatish bilan bog‘liq 
jinoyatlar uyushgan guruh tomonidan amalga oshiriladi. SHu sababli 
jinoyat bilan aloqador barcha shaxslarni aniqla bolish zarur. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish