67
rangsizligi tufayli suratga olinishi qiyin bo‘lsa, izli predmet ekspert
bo‘limiga jo‘natilishi kerak.
Oyoq kiyim va transport vositalari izlarini suratga olish.
Bunda
alohida va bir guruh izlar suratga olinishi mumkin.
Izlar juda uzun
bo‘lsa yoki ketma-ket joylashgan bo‘lsa, chiziqli panorama qo‘llaniladi.
Bunda suratga olinadigan predmet yoniga masshtabli chizg‘ich
qo‘yiladi. Ayrim oyoq kiyim izlari izning shakli va hajmini, shuningdek,
alohida belgi va xususiyatlarini aks ettirish uchun foydalaniladi.
Transport vositalari izlarini suratga olishda rasmi aniq ko‘rinadigan yoki
biror alohida belgilari bo‘lgan uchastkalari suratga olinadi.
Buzish qurollari va ularning izlari dastlab markazli suratga olish
usulida, keyin esa masshtab usuli bilan suratga olinadi. Bunda foto kadr
yo‘l qo‘yadigan darajada maksimal masshtabda surat olish lozim.
Izlarning shakliga va alohida belgilariga alohida e’tibor beriladi, sababi
bu orqali qurolning shakli va xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish
mumkin.
Fotoapparatdan to‘g‘ri yo‘nalishdagi va yoyilgan yorug‘lik
berilganda, u iz relfining xususiyatlarini aniq ko‘rsatishi lozim.
Bo‘yalgan tekislikni suratga olishda yorug‘lik filtrlari qo‘llanilishi
mumkin. Murdani hodisa sodir bo‘lgan
joyda suratga olish obzorli
suratga olish qoidalari bo‘yicha bajariladi. Keyin esa markazli suratga
olinadi. Bunda murdani ikkita qarama-qarshi tomonidan olish to‘g‘riroq
bo‘ladi; uchinchi surat tepasidan olinadi.
Agar murda oyoq yoki boshi
tomonidan suratga olingan bo‘lsa, bu ma’lum darajada perspektiv
buzilishlarga olib keladi. Bunday suratga olishga
faqat istisno hollarda
yo‘l qo‘yiladi: yon tomonidan suratga olish imkoni bo‘lmaganida
(murda tor joyda ekanligi sababli) yoki alohida ahamiyat kasb etgan
murdaning holatini aks ettirish uchun (nomusga tegib o‘ldirish holatida).
Murda topilgan holatida suratga tushirilgandan so‘ng u ag‘darilib yoki
ko‘chirilib, badanining ko‘rinmas joylarini suratga olish mumkin.
Sud fotografiyasi ish uchun daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy
ob’ektlar va faktlarni yozib qayd qilish va tekshirish uchun qo‘llaniladi.
Fotografiya usuli o‘zining ko‘rgazmali, aniq
va tezkorligi bilan qayd
etishning boshqa metodlaridan birmuncha farq qiladi.
Tekshirish uchun suratga olish mutaxassis tomonidan laboratoriya
sharoitlarida maxsus tegishli uslublar qo‘llangan holda amalga
oshiriladi. Aniq fototexnika vositalari
va uslublarni tanlab olish
tekshiriladigan ob’ektlar va tekshirish vazifalariga bog‘liq.
Bunday masalalar har xil usullarni qo‘llash bilan hal qilinadi.