Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Masshtabli fototasvir
o‘lchamlarni aniqlash imkonini beradi 
(uzunligi, bo‘yi va eni). U hujjatlarni, predmetlarni, jinoyat qurollarini, 
izlarni va boshqa ashyoviy dalillarni suratga olish imkonini beradi. 
Masshtabli fototasvirda ob’ekt bilan birgalikda masshtabli chizg‘ich 
qo‘llaniladi. Ob’ekt necha baravar kichraysa, u ham shuncha darajada 
kichrayadi, shunda u keyinchalik barcha parametrlar bo‘yicha o‘lchansa 
bo‘ladi. Bunday bir xil kichrayishga erishish uchun, masshtab suratga 
olishda ikkita shartga rioya qilish kerak bo‘ladi: 1) chizg‘ich ob’ektning 
yoniga qo‘yilibgina qolmasdan suratga olinuvchi tekislik bilan bir 
yo‘nalishda qo‘yilishi kerak; 2) fotoapparat shunday joylashtirilishi 
kerakki, ob’ektivning optikasi suratga olinuvchi tekislikka nisbatan 
perpendikulyar holatda bo‘lishi lozim. Masshtabli chizg‘ichni suratga 
olinuvchi ob’ektning ustiga qo‘yish tavsiya etilmaydi, sababi bunda 
ba’zi detallar yopilib qolishi mumkin. 
Metrik suratga olish
suratga olingan ob’ektning nafaqat hajmi, 
balki ular orasidagi aniq masofa haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini 
beradi. Metrli fotografiya usulida metrli suratga olishdan obzorli va 
markazli suratga olishda zarur bo‘lganida qo‘llaniladi. 
Katta masshtabli s’yomka
mayda izlarni, mayda predmetlarni va 
ularning detallarini aks ettirishda qo‘llaniladi. Qapchig‘i ikki baravar 
cho‘ziladigan yoki ob’ektivga o‘rnatiladigan moslama yordamida 
ob’ektni 
tabiiy 
kattalikda 
olish 
mumkin. 
Kichik 
formatli 
fotoapparatlarda suratga olish ancha qiyin. Ular eng yaqini bir metr 
masofadan surat olish imkonini beradi (ba’zilari 0,5m masofadan). 
Birinchi holda fotografik ko‘paytirish koeffitsienti 19-20, ikkinchi holda 
11-12 baravar bo‘ladi. 
Reproduksiyaviy fototasvir
usuli ob’ektning yuzini: hujjatlarni, 
chizma, fotosuratni, qo‘lda chizilgan rasmlarni, loyihalarni natural 
kattalashtirilgan va kichiklashtirilgan holda suratga olish (foto nusxa 


63 
ko‘chirish) uchun qo‘llaniladi. Reproduksiyaviy usul ikki turda bo‘ladi: 
1) fotoapparat yordamida; 2) kontakt usulda. 
Reproduksiyaviy suratga olish hujjatlarning hamma turlarini 
daliliy ashyo qilib ko‘rsatish uchun rasmiylashtiriladi. Bunday 
suratlardan tezkor maqsadlarda ko‘zdan kechirish bayonnomalarini 
to‘ldirish, shuningdek, shu hujjatlarni ekspertiza qilish uchun 
foydalaniladi. Kontakt reproduksiya usulida suratga olish uchun refleksli 
qog‘ozlar ishlatiladi. Ular asosan turli xildagi hujjatlarning chizma, 
sxema nusxalarini olish uchun foydalaniladi. Refleksli qog‘oz emulsiya 
tomoni bilan nusxasi olinayotgan original hujjatning ustiga tiniq shisha 
bilan yopiladi va tepasidan to‘g‘ri yorug‘lik beriladi. Olingan negativ 
bilan nusxalarni ko‘paytirish mumkin bo‘ladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish