Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Mikro va makrofotografiya
oddiy usul bilan tekshirib 
bo‘lmaydigan o‘rta, mayda izlar va boshqa detallar maxsus qisqa fokusli 
ob’ektiv yoki fotokamera yoki fotonasadka bilan birlashtirilgan holda 
mikroskop orqali aniqlanadi va qayd qilinadi. 
Birinchi usulda ob’ekt 20-30 marta kattalashtirilib beriladi va u 
makrosurat deb yuritiladi. 
Mikroskoplar optik va elektron mikroskop orqali yanada ko‘p 
darajada kattalashtirilib berilishi (bir qancha ming marta) mumkin va 
mikrosuratga olish yo‘li bilan aniqlangan izlar, detallar ularning 
kattalashtirilgan tasvirlari bo‘yicha amalga oshiriladi (MKS-1, MFN-2, 
MRKA, “Ularus” kabilar yordamida). 
Suratga olishda mikroob’ektlar tasvirining sifati ko‘p jihatdan 
yorug‘likning aniq belgilanishiga va yoritgich yo‘nalishi to‘g‘ri 
tanlanganligiga, yoritgichning kuchiga bog‘liq, chunki bunday holatda 
yorug‘lik uncha ko‘p bo‘lmaydi. 
Kontrast, 
ya’ni ob’ekt va undagi detallarning ko‘zga 
tashlanishidagi farqlar shunchalik sust bo‘lishi mumkinki, ularni bir-
biridan ajratish qiyin. 
Kontrastni kuchaytirish uchun (masalan, qog‘ozdagi yozuvning 
farqini) hujjat kontrastli fotomaterialga tasvirlarni ustidan qo‘yish uchun 
bir martalik kontrast fotosuratga olib, tasvirni fotokimyoviy yo‘l bilan 
ko‘chaytirish uslublari bilan amalga oshiriladi. 
Ranglarni ajratish rangi o‘zgargan, o‘yilgan, shikastlangan 
(kuydirilgan), o‘chirilgan, matnlar qo‘shib yozilgan, ayrim chizmalarga 
yoki harflarga tuzatishlar kiritilgan hujjatlar tekshirilayotgan rangli 
kontrastlarni svetofiltr bilan suratga olish yo‘li bilan kuchaytirish 
mumkin. Bunda fon yoki detallarni aniqlash vazifasi qo‘yiladi. 
Turli kriminalistik ekspertizalarni o'tkazish paytida quyidagi 
vazifalarni
hal qilishga to'g'ri kelishi mumkin: 
1) kichik hajmli ob'ektning oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan 
detallarini aniqlash; 
2) oddiy ko'z bilan ilg'ab bo'lmaydigan atrof-muhit fonidan 
salgina farq qiluvchi detallarni aniqlash; 
3) oddiy yoruqlikda ko'rib bo'lmaydigan detallarni aniqlash.


69 
Svetofiltrni tanlab olish uchun atrofdagi doira bo‘yicha qo‘shimcha 
ranglardan foydalaniladi. Qandaydir ranglarning detali tasvirini 
kuchaytirish uchun unga (doira bo‘yicha mos keladigan) qo‘shimcha 
rang beruvchi svetofiltr olinadi, yorug‘likni kamaytirish uchun 
zamonaviy rang svetofiltri olinadi. 
Ko‘rinmas dog‘larni spektrning nurlarida suratga olish 
(ultrabinafsha, infraqizil, rentgen). Ultrabinafsha, infraqizil nurlar, 
shuningdek, ko‘rinadigan yorug‘likning ayrim zonalari spektrning 
ko‘rinmas zonalaridagi alohida moddalar lyuminessensiya ultrabinafsha 
yoki infraqizil nurlarga sezuvchan fotomateriallar bilan suratga olinadi. 
Fotoapparatning ob’ektiviga 3S-1, JZS-5, JZS-5, JS-17 yoki KS-19 
svetofiltr yoxud kvarsli optik moslamalar (“Ufar”, “Zufar” tipidagi 
ob’ektivlar) kiydiriladi.
Kaltalashtirilgan ultrabinafsha nurlari bilan suratga olish turlarini 
kattalashtirish va o‘tkazishdagi farqlarga, binobarin fotoqatlamlarga bir 
xil qabul qilinadigan yoki oddiy ko‘z bilan qaraganda ko‘rinmaydigan 
ayrim moddalar bilan ta’sir o‘tkazishga asoslangan. Ko‘p hollarda 
qaytarilgan ultrabinafsha nurlari orqali suratga olish kimyoviy reaktivlar 
bilan o‘chirilgan hujjatlarni tiklash maqsadida amalga oshiriladi.
Filtr yordamida masalan, ob’ektlardagi otilishdan qolgan iz yoki 
qon dog‘larini aniqlab olish, siyoh to‘kilgan, uchib ketgan yoki 
xiralashib qolgan xatlarni o‘qish mumkin. Bunday ob’ektlarni infraqizil 
nurlari orqali IKS-1, IKS-2 svetofiltr yordamida infraxromatik 
fotomaterial yoki elektron-optik o‘zgartirgich bilan oddiy fotomaterial 
orqali suratga olish mumkin. 
Rentgen nurlarida tekshirishlar asosan laboratoriya sharoitlarida 
olib boriladi. Rentgen nurlari bilan suratga olish hajmli ashyolarning 
ichki tuzilishlarini ko‘rish va tekshirish uchun qo‘llaniladi. Rentgen 
nurida tekshirishda nur o‘tmaydigan elementlar qo‘llaniladi va maxsus 
apparatda kuzatish yo‘li bilan yoki maxsus rentgen fotoplyonkalariga 
olib tekshiriladi. Kriminalistik tekshirishlar o‘tkazishda rentgen 
nurlaridan tashqari radioaktiv nurlantirishdan, ya’ni gamma va betta 
nurlaridan foydalaniladi.
So‘nggi paytlarda jinoiy hodisani to‘liq va atroflicha qayd 
qilishning zamonaviy vositalardan biri-tobora keng qo‘llanilayotgan 
videotasvirga olishdir. Ilgari videoyozuv bo‘lmaganda, magnit tasmasiga 
ovoz yozuvi, kino va fototasvir kabi dalillarni mustahkamlashning 
an’anaviy usullari qo‘llanilgan. Fikrimizcha, bu usullarda bir qator 
kamchiliklar mavjud bo‘lgan. Videoyozuv apparatlari 70-yillarning 


70 
boshlarida jinoyat ishlarini tekshirishda foydalanila boshlandi. Boshqa 
ilmiy-texnik vositalarga nisbatan afzalligi tufayli videoyozuv nafaqat 
dalillarni to‘plash, tergov jarayonlari va natijalarini mustahkamlash
balki ish bo‘yicha mustaqil dalil sifatida keng qo‘llanishi bilan e’tiborli 
deyishga asos bor. 
Dalillarni mustahkamlashning grafik va fototasvir usullaridan 
farqli o‘laroq, videoyozuv barcha ma’lumotlarni dinamik tartibda to‘liq 
aks ettiradi. Videoyozuvni qo‘llash tergov harakatlarining borishi, 
voqealarning rivoji va jarayonining o‘zi ham aks etgan to‘liq axborot 
manbai ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. U ishonchli daliliy ashyolarni 
qo‘lga kiritishga xizmat qiladi. Videoyozuv hodisani tergov harakati 
ishtirokchilari qanday kuzatgan bo‘lsa, shunday holda qayta namoyon 
etadi. U alohida belgilarni faqat asl holatda emas, balki sekinlashtirilgan 
yoki tezlashtirilgan holda namoyish etishi, kadrlarni to‘xtatish, unda aks 
ettirilgan voqealarni sinchiklab kuzatish va izchil o‘rganib chiqish uchun 
qulaydir. Bu nafaqat dastlabki tergov, balki sud uchun ham alohida 
ahamiyatga molik. Xususan, sudlanuvchilarning dastlabki tergovda 
bergan ko‘rsatuvlarini, ma’lumotlarini o‘zgartirishi va boshqa yo‘llar 
bilan dastlabki tergov materiallarining daliliy ahamiyatini yo‘qotishga 
urinishi tekshirilganda ayniqsa qo‘l keladi. 
Videomagnitofon texnikasining afzalligi shundaki, izlarni suratga 
olish, tergov harakatlari o‘tkazishda etarli bo‘lmagan jihatlarni 
to‘ldirishda qo‘llash mumkin (yomon ob-havoda, qorong‘i
joylarda). 
Qonunga ko‘ra, kinotasvirdan foydalanganda albatta yuqori ta’sirchan 
surat tasmasi bo‘lishi kerak. Videoyozuvda esa tungi vaqtda, ochiq, 
voqea sodir bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirishda qo‘shimcha va
 
sun’iy 
yorug‘likdan foydalanilsa ham bo‘ladi. Xususan, “Ranasonic” 
videokameralari uchun noqulay sharoitlarda ham korpusida joylashgan 
galogen chiroq nuri quvvati etarli bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha 
yorug‘likni qo‘llash va yoritishning boshqa usullarini qo‘llash ham 
mumkin.
Vide-oyozuvni kinotasvir, videofonogramma bilan bog‘liq tarzda 
tarjima qilingan filmning turli ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Bunda u kinotasvir apparatidagi ifoda yorug‘lik plyonkasida emas, balki 
videomagnitofondagi magnit videotasmasida mustahkamlanishi bilan 
farqlanadi. Xullas, videoyozuv voqeani qayd etishning eng qulay va 
ishonchli vositasi bo‘lib, shubhaga yo‘l qo‘ymasligi bilan ustuvordir. 
Videoyozuvlar kinotasvir bilan solishtirilganda tezkor va aniq iqtisodiy 
afzalliklarga ham ega. Uning yana bir afzal jihati oq va qora 


71 
kinomanbalari bilan solishtirganda ularga nisbatan kengroq axborot 
doirasiga 
ega 
rangli 
videotasmalardan 
foydalanish 
imkoniyati 
mavjudligidir. 
Kinotasvirni kimyoviy qayta ishlashda uning sifati yuqori bo‘lishi 
hamda to‘liq yaroqli bo‘lishiga kafolat bo‘lmaydi. Kinoplyonkani 
montaj qilishda ham xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Kinokameradan 
farqli 
o‘laroq, 
videokamera 
avtomatik 
tartibda 
ishlaydi, 
videomagnitofonni televizion apparatga ulash hech qanday qiyinchilik 
tug‘dirmaydi. Videoyozuvning o‘rni shundaki, videomagnit tasmasi 
hech qanday qayta ishlashni talab qilmaydi, balki ko‘p marotaba 
ishlatilishi, videoyozuvni tergov harakatini tasvirga olish tugashi bilanoq 
namoyish etish mumkin. 
Videoyozuv tergov harakati bayonnomasida yozilgan ayrim 
holatlarni to‘liq va aniq berish, shuningdek, unda ayrim sabablarga ko‘ra 
yozilmagan predmet va hodisalarni aks ettirish uchun foydalaniladi, 
tergovchi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni to‘ldiradi, bayonnomada yozilgan 
detallarni ko‘rish va ularni tasavvur qilish imkonini beradi. SHuningdek, 
ishni to‘g‘ri hal qilishda ahamiyatli holatlar haqida ob’ektiv 
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. U qulay va vaqtni iqtisod qilishi 
bilan ham afzaldir. SHu sababli videoyozuv texnikasini avvalambor 
tergovni qiziqtiruvchi hodisalar, manbalar va dinamik harakatdagi 
ob’ektlarni qayta tiklash va qayd etish uchun qo‘llash maqsadga 
muvofiq. 
Videoyozuv texnikasi, voqea joyini ko‘zdan kechirish, u er holat 
murakkab va tez o‘zgaradigan bo‘lsa, masalan, yong‘in, suv toshqini, 
portlash, transport halokati yoki voqea natijalari bilan bog‘liq, qayta 
tiklash ishlarini qayd etish hollarida samara beradi. Videokamera 
voqeaning umumiy tasviri, masalan, yong‘in belgilarini batafsil o‘rganib 
chiqishda yordam beradi. Ayrim hollarda hatto uning yuz berish 
sabablarini aniqlash, olov tarqalish yo‘nalishini belgilashda qo‘l keladi. 
Agar yong‘in joyi o‘rmon hududi bo‘lsa, maydon taraflari bo‘yicha 
yuqoridan ko‘rinishi vertolyotdan foydalangan holda amalga oshirilishi 
mumkin.
Videoyozuv o‘zgaruvchan hollardagi ma’lum ob’ekt va hodisalarni 
ko‘rish zarurati tug‘ilganda, ma’lum shaxsning hodisalarni ko‘rishi 
zarurati tug‘ilganda, ma’lum shaxsning aniq vaqt oralig‘ida kasbga xos 
bilimlarni qo‘llash bilan biror usulda ma’lum harakatni sodir etish 
imkoniyatini tekshirish kabi tergov eksperimentlarini o‘tkazishda 
ko‘proq foydalidir. 


72 
Dalillarni videoyozuv texnikasi yordamida qayd etishning yangi 
usuli protsessual me’yorlarga zid kelmaydi va jinoyat ishini 
tekshirishning samarasini hamda dastlabki tergov materiallarining dalil 
manbalari bahosini oshiradi. 
1-rasm. Murdaning topilgan joyida ikki tomondan rasmga olish 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish