Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

158-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi
Firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishiga faqat yuridik shaxs qoʻshib yuborish,
qoʻshib olish, boʻlish va ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy
majmua sifatida sotilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib
olinganda firma nomiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Yuridik shaxs boʻlinganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma nomiga
boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi taqsimlash balansiga muvofiq amalga oshiriladi.
159-modda. Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilishni tugatish
Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs tugatilgan yoki uning firma nomi
oʻzgartirilgan taqdirda, tugatiladi.
160-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning buzilishi
Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb
eʼtirof etiladi.
Agar tovar belgisiga (xizmat koʻrsatish belgisiga), domen nomiga boʻlgan huquq firma nomiga
boʻlgan huquqdan ilgari olingan boʻlsa, tovar belgisida (xizmat koʻrsatish belgisida), domen nomida
ushbu firmaning nomidan foydalanish firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqning buzilishi deb eʼtirof
etilmaydi.
161-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqni himoya qilish usullari
Firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish:
1) yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsini himoya qilish maqsadida sud qarori toʻgʻrisida


project.gov.uz
06.06.2022
77
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
2) noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va oʻrovlardan
huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
3) noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va oʻrovlardan
olib tashlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yoʻq qilib tashlash;
4) kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va oʻrovlarni firma nomiga boʻlgan huquqqa egalik
qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi.
Firma nomiga boʻlgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish
qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish