Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning joylashgan joyini (pochta manzilini)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

135-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning joylashgan joyini (pochta manzilini)
oʻzgartirish


project.gov.uz
06.06.2022
63
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning joylashgan joyini (pochta manzilini) oʻzgartirish, ushbu
tadbirkorlik subyektida bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud
boʻlmagan taqdirda, joy oʻzgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning xabarnomasini olgan
kundan boshlab ikki ish kuni ichida Tizimga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning oʻzgarishi natijasida tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning
joylashgan joyini (pochta manzilini) oʻzgartirish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat boji
undirmasdan qayta roʻyxatga olish boʻyicha arizasiz amalga oshiriladi.
136-modda. Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi
kelgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish tartibi
Ariza beruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish uchun yuridik
shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili)dan qatʼi nazar respublikaning istalgan joyidagi roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organga oʻzlari kelib murojaat qiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat qilinganda qogʻoz hujjatlarning asl
nusxalari koʻrsatiladi.
Agar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga hujjatlar oʻzi kelib ariza beruvchining vakili tomonidan
taqdim etilsa, ushbu vakilning shaxsini (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet, shaxsini va
Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va vakolatlarini tasdiqlovchi
hujjatlar (ishonchnoma, shartnoma, yuridik shaxs muassislarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan qarori, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlar) taqdim etiladi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan qayta
oʻtkazish uchun ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tegishlicha ushbu Kodeksning 132-
moddaning toʻqqizinchi qismi va 133-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim
etadi.
Qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarga
qoʻshimcha ravishda qoʻshib yuborilayotgan, qoʻshib olinayotgan, oʻzgartirilayotgan, boʻlinayotgan,
ajratib chiqarilayotgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxslar muassis (ishtirokchi)larining yoki taʼsis
hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan organlarning tegishli qarorlari taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan
qayta oʻtkazish uchun oʻzi kelib taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarni olganidan soʻng tegishli
soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni faqat
ariza beruvchi tomonidan belgilangan davlat boji miqdori Tizim vositasida toʻlanganidan soʻng amalga
oshiradi.
Hujjatlar oʻzi kelib taqdim etilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi
tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari kiritilayotganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul
xodimi taqdim etilgan hujjatlar mazmunini ushbu Kodeksning 139-moddasida nazarda tutilgan rad etish
uchun asoslarning mavjud emasligi yuzasidan koʻrib chiqishi shart – ustav fondi (ustav kapitali)



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish