project.gov.uz 06.06.2022 61 shaxslar tomonidan toʻla miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablagʻlari
oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bankning maʼlumotnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib
kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-
mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) – ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy
vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) – ulush (hissa) boshqa shaxsga oʻtganda.
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyekti-
yuridik shaxslarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu
jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz
ichiga olgan boʻlishi kerak.
Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning huquqiy
vorisini aniqlash imkonini bermasa, unda yangidan paydo boʻlgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan
yuridik shaxsning oʻz kreditorlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish ushbu moddaning beshinchi
qismida nazarda tutilgan huquqni inobatga olgan holda taʼsis hujjatlarini yangi tahrirda qabul qilish yoʻli
bilan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismi
ikkinchi xatboshisida ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtish qismida, yettinchi, sakkizinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.
Davlat boji toʻlangan paytdan boshlab Tizim ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan
harakatlarni bajaradi.
Ustav fondi (ustav kapitali) miqdorining oʻzgartirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga
oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish amalga oshirilgan taqdirda Tizim
foydalanuvchisi – roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi xabarnoma olganidan soʻng ushbu
Kodeksning 130-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etilgan hujjatlarni rad
etish uchun asoslar mavjud emasligi yuzasidan koʻrib chiqishi va qayta ishlashi shart.
Bunda, hujjatlarni koʻrib chiqish va qayta ishlash ariza beruvchining xohishiga koʻra umumiy
yoki tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Hujjatlar tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqilishi uchun
ariza beruvchidan davlat bojidan tashqari bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida
qoʻshimcha toʻlov undiriladi. Mazkur qoʻshimcha toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga toʻlanadi.
Tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqish va qayta ishlash uchun yoʻllangan hujjatlar tezlashtirilgan
tartibda koʻrib chiqilmagan taqdirda qoʻshimcha toʻlov summasi ariza beruvchiga qaytarilishi shart.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul xodimi ustav fondi (ustav kapitali) miqdorining
oʻzgartirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan davlat roʻyxatidan
qayta oʻtkazish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda soʻrovnomani koʻrib chiqish va
qayta ishlash doirasida:
maʼlumotlar va hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, Tizim vositasida
Reyestrga kiritiladigan yozuvni shakllantiradi va kiritilishini tasdiqlaydi, bunda Tizim ushbu Kodeksning
132-moddasi oʻn toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi;
maʼlumotlar va hujjatlar qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, Tizim ushbu
Kodeksning 139-moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni bajaradi.