Loyiha matni 49901-(61999)



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

project.gov.uz
06.06.2022
96
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Tadbirkorlik subyektlaridagi tekshiruvlar faqat nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish
toʻgʻrisidagi qarorida (buyrugʻida) koʻrsatilgan tekshiruv davri doirasida hamda tekshiruv dasturida
belgilangan masalalar doirasida oʻtkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilganda bevosita tekshiruv oʻtkazish yilidan oldingi
uch kalendar yildan koʻp boʻlmagan faoliyati qamrab olinishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar faqat oxirgi oʻtkazilgan tekshiruvdan keyingi davrni
qamrab olishi, biroq mazkur moddaning oʻninchi qismida belgilangan muddatdan oshib ketmasligi kerak.
Belgilangan tartibda davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar
bilan bogʻliq tekshiruvlar, davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining oʻziga xos
xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Tekshiruv davrida tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarni almashtirish yoki ularning
tarkibiga qoʻshimcha kiritish zarurati tugʻilsa, nazorat qiluvchi organning rahbari almashtirilayotgan va
qoʻshimcha qilinayotgan mansabdor shaxslarni koʻrsatgan holda yangi qaror (buyruq) qabul qiladi.
Tekshiruvga yangi qoʻshilgan mansabdor shaxslar tekshiruvni boshlashdan oldin tadbirkorlik
subyektining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsga yangi qabul qilingan qarorning (buyruqning)
nusxasini topshiradi.
205-modda. Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobi rasmiy hujjat boʻlib, tadbirkorlik subyekti tomonidan butun
tadbirkorlik faoliyati davrida saqlanadi va tekshiruvlarni amalga oshirish faktini, muddatlari va boshqa
maʼlumotlarni tasdiqlaydi.
Tadbirkorlik subyektining har bir filiali, vakolatxonasi yoki alohida tarkibiy boʻlinmasi alohida
kitobga ega boʻlishi mumkin.
Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshirilayotgan tadbirkorlik subyekti tekshiruvchi mansabdor
shaxsga tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini tegishli yozuvlarni kiritish uchun taqdim etadi.
Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishdan bosh tortsa
yoki tekshiruv oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlar tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritilgan
maʼlumotlarga toʻgʻri kelmasligi tadbirkorlik subyekti tomonidan aniqlangan taqdirda, tekshiruvchi
mansabdor shaxs tekshiruvga qoʻyilmaydi.
Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shakli
majburiy tartibda toʻldiriladi. Bunda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining qogʻoz shaklini toʻldirish
talab etilmaydi.
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tekshiruv dalolatnomasiga tekshirishlarni
roʻyxatga olish kitobini toʻldirish shakli, uning elektron shaklini toʻldirmaslik sabablari, kitobning qogʻoz
shaklini toʻldirgan taqdirda esa kitobni taqdim etilmaganligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida tegishli
yozuv kiritadi.
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini taqdim etmaslik yoki uning mavjud emasligi
qoidabuzarlik hisoblanmaydi va tekshiruv oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish