Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:
kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish;
mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish;
talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;
talabaning kurs ishi rejasini tasdiqlab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;
kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish;
talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.
2.3.2. Ilmiy rahbarning vazifalari
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam berishi;
ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko‘mak berishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;
reja bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi;
kurs ishiga taqriz berishi.
2.3.3. Talabaning vazifalari
Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:
ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
mavzuga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni va statistik axborotlarni jamlashi;
ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda tuzilgan kurs ishi rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;
o‘rnatilgan tartib bo‘yicha kurs ishining hisobotini o‘z vaqtida kafedraga taqdim etishi kerak.
2.3.4. Talabalarning bilim darajasini tekshirib ko‘rish va baholash
Talabaning kurs ishini bajarishga tayyorgarligini tekshirib ko‘rish uchun beriladigan savollar namunasi:
Logistika fanining tadqiqot usullarini tushuntirib bering.
Logistika fani nimani o‘rganadi?
Logistika tushunchasi va uning iqtisodiyot tarmoqlaridagi roli hamda ahamiyati qanday?
Logistikaning harbiy sohadan iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq etilishi va rivojlanishini qanday tasavvur qilasiz?
Logistik funksiya nima?
Logistik operatsiya nima?
“Logistika” so‘zining ma’nosi nima?
Logistika va marketing o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Logistika va menejment o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Logistikaning funksional sohalarini ayting.
Logistikaning asosiy maqsadi nima?
Logist kim?
Marketolog kim?
Logistikaning muhim elementlari qaysilar?
Logistik tizim nima?
Qanday tizim turlarini bilasiz?