KIRISH
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmonda mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, havfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘lganligi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi aytib o‘tilgan.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shundan kelib chiqib Respublikamizni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtiosdiyotni barcha tarmoqlari kabi transport kommunikatsiya tarmoq’ini va uning infratuzilmalarini barpo etish, borlarini qayta ta’mirlash va rivojlantirish hozirgi kunni dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda bizning asosiy yuklarimiz Qozog‘iston tranzit yo‘laklari orqali, ayniqsa, eng ko‘p yuklar “Sariog‘och” stansiyasidan o‘tadi va bu marshrut imkoniyatlari bizning extiyojlarimizni to‘liq qondirmoqda, deb aytolmaymiz. Ushbu stansiyadan tovarlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda elektrovozlar, zamonaviy terminallar yetishmasligi, temir yo‘l tarmoqlaridagi bandlik mahsulotlarning uzoq muddat qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli logistik marshrutlarni diversifikatsiya qilish, bu borada qo‘shnilarimiz bilan amaliy muzokaralar o‘tkazish zarur.
Xitoy davlatining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida mamlakatimizning transport - kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi imkoniyatlarini oshirish lozim. Tranzit davlatlar, xususan, Turkmaniston, Eron, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarbayjon va Gruziya hududlaridan asosiy eksport yuklarini tranzit shaklida tashishda preferensiyalarga ega bo‘lish haqida jiddiy o‘ylashimiz kerak. Shu sababli horijiy va mahalliy investorlarning logistika sohasida aniq loyihalarni amalga oshirish orasidagi harakatlarini rag‘batlantirishimiz darkor.
Logistika – bu moddiy oqimlar harakatlanishini ta’minlashga oid quyidagi material va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish va nazorat etish haqidagi fandir:
• xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga yetkazib berish;
• material va xom ashyoni korxona ichida qayta ishlash;
• tayyor mahsulotni iste’molchi korxonasigacha yetkazib berish;
• tegishli axborotlarni to‘plash, uzatish, saqlash, qayta ishlash va nihoyat bu jarayonlarni boshqarish.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda ma’lum bir tizimda material va servis oqimlari va ular bilan bog‘liq ravishda axborot, moliya va boshqa oqimlarni optimallashtirish va ularni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Fanning namunaviy o‘quv rejasida kurs ishi bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, talabalar kurs ishlarini o‘zlari tanlagan mavzulari bo‘yicha bajarishlari uchun ushbu uslubiy ko‘rsatma xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |