Amaliy mashg’ulot № 4
LOGIK ELEMENTLAR, ZAMONAVIY ELEKTRON
QURILMALARDA LOGIKANI QO‘LLASH
Mashg’ulot maqsadi:
Logik-mantiqiy elementlarnimg zamonaviy
boshqarish elektr qurilmalarda qo‘llanilishini va ularning ishlashini o‘rganish.
Mantiqiy qurilmalar bajaradigan asosiy funktsiyalar o‘rganish.
Mashg’ulotni tushuntirish.
Turli avtomatik
sxemalarda bajaradigan
jarayonyalar mantiqiy xarakterga ega. Bundan ma’lumki, u yoki bu operatsiyani
bajarilishi belgilangan vaqt mobaynida ma’lum shartlarning
mavjudligini yoki
mavjud emasligini talab qiladi. Mantiqiy operatsiyalarni bajara oladigan oddiy
qurilma sifatida elektromagnitli releni misol qilib olish mumkin.
Ammo, o‘ta
tez bajariladigan, hamda ko‘p sonli mantiqiy operatsiyalarni
bajarishni talab qiladigan murakkab tizimlarda rele-kontaktorli qurilmalar ishlaqsi
qiyinlashadi, ya’ni ular qo‘pol, puxtaligi yetarli emas va yetarli tezlikni ta’minlay
olmaydi. Bunday hollarda esa turli kontaktsiz
element va qurollardan
foydalaniladi. Kontaktsiz mantiqiy qurilmalarda kirish va chiqish miqdorlari (tok
yoki kuchlanish) diskret, ya’ni sakrashsimon o‘zgaradi. Quyida mantiqiy
elementlar bajaradigan asosiy vazifalari mohiyati bilan tanishib chiqamiz
Inkor (inversiya)-«yo‘q» operatsiyasi. Mantiqiy
algebraning bu operatsiyasi
haqiqiy, bor informatsiyani inkor qilinsa «yo‘q» operatsiyasiga va noto‘g’ri
operatsiyalar inkor qilinsa, «ha» informatsiyasiga aylanishini ko‘rsatadi.
Bunda
aytilgan fikr nohaqiqiy, ya’ni
X bo‘lsa, bu argumentni inkor qiluvchi funktsiyasi U haqiqiy bo‘ladi va
quyidagicha
yoziladi.
Х
У
. X U
0 1
1 0
Ko‘paytirish (konyunktsiya)-«va» operatsiyasi.
Ikki fikr
yoki informatsiyani har
biri
haqiqiy bo‘lsa, ularni ko‘paytmasi haqiqiy bo‘ladi va quyidagicha yoziladi.
X
1
X
2
=U X
1
X
2
U
1 1 1
1 0 0
0 1 0
0 0 0
Qo‘shish (dizyunktsiya)-«yoki» operatsiyasi
. Agar qo‘shiluvchi
argumentlarning
kamida bittasi haqiqiy qiymatga ega bo‘lsa, fikrlar «yoki» informatsiyalar
yig’indisi.
X
1
+X
2
+X
3
=U X
1
X
2
X
3
U 0 0 0 0
0 1 0 1
0 0 1 1
0 1 1 1
Inkor, qo‘shish va ko‘paytirish operatsiyalarining kombinatsiyasi asosida bir
necha murakkab operatsiyalarni bajarish mumkin. Masalan, «xotira», «yoki»,
«yo‘q», «va, yo‘q» «man etish» va boshqalar. Jadvaldagi mantiqiy operatsiyalar
ularning elektr sxemalari, shartli belgilari va
holatlar jadvallari
ko‘rsatilgan.
Nazorat uchun savollar.
1. Mantiqiy element qanday ish bajaradi?
2. Kontaktsiz mantiqiy element nima?
3. Integral mikrosxema deb nimaga aytiladi?
4. Ko‘p emitterli mikrosxema qanday ishlaydi?