Laboratoriya ishi – 8
Mavzu: Izchillil diagrammasi (Sequence diagram)
UML tilida obyektlarning o’zaro aloqasini modellash uchun munosib o’zaro aloqa diagrammalaridan foydalaniladi.
Bunda ikkita jihat nazarda tutiladi: birinchidan, obyektlarning o’zaro aloqasini vaqtda ko’rib chiqish mumlin, va o’shanda obyektlar o’rtasida xabarlarni jo’natish va qabul qilishning vaqt xususiyatlarini taqdim etish uchun izchillik diagrammasidan foydalaniladi.
Ikkinchidan, obyektlarning tuzilish xususiyatlarini o’rganib chiqish mumkin. Obyektlar orasida xabarlar qabul qilish va jo’natishning tuzilish xususiyatlarini taqdim etish uchun kooperatsiya diagrammasidan foydalaniladi.
Izchillik diagrammasi obyektlari
Izchillik diagrammalari pretsedentlarda sodir bo’ladigan hodisalar oqimini aks ettiradi. Bu diagrammalarda faqat o’zaro aloqadada bevosita qatnashadigan obyektlar tasvirlanadi, va aynan vaqtdagi obyektlarning o’zaro aloqasining dinamikasi kalit vaqti hisoblanadi va boshqa obyektlar bilan statik assotsiatsiyalar ishlatilmaydi. Bunda izchillik diagrammasi 2 o’lchamga ega (56-rasm). Biri – chapdan o’nga vertikal chiziqlar ko’rinishida, va har ularning har biri o’zaro aloqada ishtirok etadigan alohida obyektning umr chizig’ini ko’rsatadi.
Ikkinchi o’lcham – yuqoridan pastga yo’naltirilgaan vertikal vaqt o’qi. Bunda obyektlarning o’zaro aloqasi bir obyektdan boshqalariga jo’natiladigan xabarlar yordamida amalga oshiriladi. Xabarlar gorizontal ko`rsatgichlar ko’rinishida “xabarlar” nomi bilan tasvirlanadi va shuningdek o’z sodir bo’lish paytida tartibni hosil qilishadi. Boshqacha qilib aytganda, yuqoridagi izchillik diagrammasida joylashgan xabarlar pastda joylashganlarga qaraganda, oldinroq ishga kiritiladi.
Obyektning umr chizig’i (object lifeline) izchillik diagrammasida yagona obyekt bilan biriktirilgan nuqtali vertikal chiziq bilan tasvirlanadi.
Umr chizig’i vaqtning davrini ifodalash uchun xizmat qiladi va uning davomida obyekt tizimda mavjud bo’ladi, so’ng, uning barcha o’zaro aloqalarida yashirin tarzda ishtirok etishi mumkin. Agar obyekt tizimda doim mavjud bo’lsa, unda uning umr chizig’i diagrammaning yuqori qismidan boshlanib pastgi qismida tugashi lozim (56-rasm, 1-2 obyektlar). Alohida obyektlar, o’z ishini bajarib bo’lgach, ular band qilib turgan resurslarni bo’shatish maqsadida yo’q qilinishi mumkin. UML tilida obyektni yo’qotish vaqtini belgilash uchun lotin tili xarfi shaklidagi maxsus X belgisi ishlatiladi. (56-rasm, obyekt 3) Bu belgi pastida chiziq tasvirlanmaydi, chunki tizimda munosib obyekt allaqachon yo’q va bu obyekt barcha keyingi o’zaro aloqalardan chiqarilishi lozim.
Izchillik diagrammasini “BEST SWEETS” korxonasi misolida ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |