Lison ut-tayr



Download 37,26 Kb.
bet1/8
Sana11.12.2022
Hajmi37,26 Kb.
#883687
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
LISON UT-TAYR FALSAFIY-MAJOZIY DOSTON


MAVZU:“LISON UT-TAYR” FALSAFIY-MAJOZIY DOSTON
KIRISH.
ASOSIY QISM
1.“Lison ut-tayr” dostoni va Navoiyning tasavvufiy qarashlari
2.Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlarda insondagi ayrim illatlar xususida
3. “Lison ut-tayr” da obrazlar talqini
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


K I R I SH.
O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrgacha bo`lgan tarixiy taraqqiyotiga yakun yasab, uni yanada yuqori pog`onaga ko`targan genial shoir, mutafakkir Alisher Navoiy o`z ijodiy faoliyati bilan jahon adabiyotining eng yirik namoyandalari safidan faxrli o`rin egallaydi. Asarlarida hamma davrlar uchun beistisno ulkan ahamiyatga molik yuksak gumanistik g`oyalarni katta san`atkorlik bilan tarannum etgan shoir o`z davri ijtimoiy tafakkuri darajasidan yuqori ko`tarilib, ona tilidagi adabiyotni jahon miqyosiga olib chiqdi. U to`rt devondan iborat «Xazoyin ul-maoniy» lirik qulliyoti, besh buyuk dostonni o`z ichiga olgan «Xamsa»si, «Lison ut-tayr», «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlari bilan faqat o`zbek adabiyoti tarixida emas, shu bilan birga, sharq xalqlari adabiyoti tarixida ham yangi sahifalar ochdi. Bu asarlar butun taraqqiyparvar insoniyat ma`naviy-estetik boyligining oltin fondiga aylandi. Ma`lumki, Navoiyning epik she`riyati shoir ijodiyotida alohida o`rin egallab, uning mashhur «Xamsa» si va «Lison ut-tayr» dostoni jahon adabiyotida badiiy kashfiyotning porloq namunalaridan biri hisoblanadi. Navoiy dostonlarining yaratilishi adabiyotimiz tarixida butun bir davrni- o`zbek klassik epik poeziyasining kamolot davrini tashkil etadi. Chunki mazkur asarlarning maydonga kelishi tasodifiy bir hol bo`lmay, balki qadimiy tarixga ega bo`lgan o`zbek dostonchiligi taraqqiyotining qonuniy hodisasi sifatida o`zida o`zbek epik poetikasining hamma muvaffaqiyatlarini mujassamlashtiradi. Navoiyshunoslikda ushbu dostonlarni tekstologik, qiyosiy va nazariy aspektlarda o`rganish sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Ammo Navoiy badiiy va ilmiy merosi bilan bog`liq bir qator aktual masalalar hanuzgacha jiddiy o`rganilmagani singari, shoir «Xamsa» si va umuman epik she`riyatining ham mukammal ilmiy manzarasi yaratilgan deb bo`lmaydi. Jumladan, Sharq adabiyotida xamsanavislikning kelib chiqishi va taraqqiyot yo`llari; Navoiy «Xamsa»sining unda tutgan mavqei, uning o`ziga xos xususiyatlari keyingi davrlar o`zbek va boshqa xalqlar adadbiyotiga ta`siri; shoir epik she`riyatida traditsiya va novatorlik masalalari; Navoiy dostonlari poetikasi kabi murakkab problemalarni tadqiq etish borasida endigina ilk qadamlar qo`yilmoqda. Shuningdek, shoirning oltinchi – «Lison ut-tayr» dostoni ayrim maqola va ilmiy-tanqidiy tekst xarakteridagi ishlarni hisobga olmaganida, shu vaqtga qadar etarli darajada maxsus o`rganilmay kelinayotganini ham esga oladigan bo`lsak, unda Navoiy epik she`riyatini o`rganish sohasida hali ko`p ishlarni amalga oshirish lozim ekanligi aniq bo`ladi. Navoiy ijodiyoti va o`zbek klassik adabiyoti tarixida ham mazmun, ham shakl jihatidan o`ziga xos alohida o`rin tutuvchi mazkur asar haqidagi dastlabki ilmiy tadqiqot mashhur sharqshunos olim e.E.Bertel`s tomonidan 1927 yilda yozilgan «Navoiy va Attor» maqolasi hisoblanadi. bunga qadar G`arbiy evropa va rus sharqshunosligida Alisher Navoiy «tarjimon» va «taqlidchi» shoir qabilida noto`g`ri ta`riflanib, uning ijodiga, xususan «Xamsa va «Lison ut-tayr» dostonlariga fors-tojik shoirlarining shu tipdagi asarlari tarjimasi sifatida qaralar edi. Mazkur maqola muallifi sharqshunoslikda keng tarqalgan ushbu kontseptsiyaning qay darajada haqiqatga muvofiq kelishini tekshirib ko`rish uchun Navoiyning «Lisonut-tayr» asari bilan unga namuna bo`lib xizmat qilganFarididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini muqoyasa qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.

Download 37,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish