Pedagogikada an’anaviylik va novatorlik masalalari.
Reja:
1.
An`anaviy va noan`anaviy o`qitish modellari.
2.
An`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari.
3.
An`anaviy darsning afzalliklari.
4.
Noan`anaviy darsning tafsilotlari.
5.
Ilg’or tajribalarni o’rganishda nimalarga e’tibor berish kerak?
6.
Ilg’or pedagogok tajribalarni o’rganish va yoyishning tarkibiy qismi
.
Tayanch so`z va atamalar
An`anaviy dars. An`anaviy dars rejasi. Noan`anaviy dars.
Noan`anaviy dars o`tishning asosiy tarkibiy qismlari.
An`anaviy va noan`anaviy darsning afzalliklari va
kamchiliklari. “Ilg’or pedagog”, “Ijodkor pedagog”,
“Novator pedagog”
An`anaviy dars
— muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq
o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va
yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va
ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim
jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi.
SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli
deb ham atashadi.
An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq
kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars
samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv
ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha
rejalashtirish mumkin.
1.
Kirish.
O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish;
yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
2.
YAngi mavzuni yoritish.
YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga
bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim
qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta
tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari
aloqani ta`minlash.
3.
«Teta—poya» mashq.
Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan
qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:
4.
Yo`naltirib turiluvchi mashq.
O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil
bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5.
Mustaqil bajariladigan mashq.
O`quvchilar mashqni mustaqil holda
o`qituvchi yordamisiz bajarishadi.
6.
O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish.
Nazorat savollari bilan
murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
7.
YAkunlash.
Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini
jamlash.
Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari
qadamba-qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud
emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi
bir xillikni ta`minlaydi. SHunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos
ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, a
n`anaviy ta`lim metodlari
quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |