"lingvomadaniyatning milliy xususiyatlari


Tadqiqot natijalarini nashr qilinganliq darajasi



Download 165,49 Kb.
bet5/20
Sana21.04.2022
Hajmi165,49 Kb.
#570143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
дип иш

Tadqiqot natijalarini nashr qilinganliq darajasi. Tadqiqot ishining dolzarb masalari yuzasidan ilmiy maqolalar tayyorlanib, nashr qilingan.
Dissertasiyaning tuzilishi va x,ajmi. Dissertasiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I Bob. Til va madaniyat mutanosibligi hamda ularning o’zaro munosabati masalasi
1.1 Til va madaniyatning uyg’unligi hamda o’zaro nisbati
Tilshunoslik ilmi XXI asr da yanada jadal sur’atlar bilan rivojlanib, fan oldiga yangi muammolarni xal kilish vazifasini kuymokda. Ana shunday muammolardan biri til tizimmni antroposentrik paradigma tamoyillari asosida tadkik etishdir. Bugungi kunda antroposentrik yunalishning yuzaga kelishi tilshunoslikda tub burilish sifatida baxolanib, bu borada kuplab tadkik;otlar yaratildi va yaratilmokda. Dunyo tilshunosligining lingvopragmatika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, etnolingvistika, neyrolingvistika, pragmalingvistika kabi yunalishlarida shaxe omili tadkmkot obyektining mar-kazini tashkil etadi. Mazkur soxalarning yuzaga kelishi lisoniy faoliyatni uning soxibi bulgan inson bilan uzviylikda tadkik etish xarakatlari bilan boglikdir.
“Til” atamasining mazmuni va asliga murojaat qilinganda, “til”,
“nutq” va “nutq faoliyati” tushunchalarini ilk bor farqlab bergan, XIX-XX
asrning taniqli tilshunosi F. De Sossyurni e’tibordan chetda qoldirib
bo’lmaydi. Nutq faoliyati – muayyan xalqning keskin imkoniyatlari
tizimidir. U g’oyat ko’p obrazli bo’lib, fizika, fiziologiya va
psixolingvistika sohalari bilan bir qatorda kesishadi. Nutqiy jarayonlar
majmuasida F. De Sossyur 2 aspekt – til va nutqni alohida ta’kidlab
o’tadi. Til bu grammatik sistema va lug’atdir, ya’ni ularsiz nutqiy
muloqotni amalga oshirib bo’lmaydigan til vositalarining majmuidir. Til
leksik va grammatik sistema sifatida biron bir lisoniy umumiylikka
mansub bo’lgan individ ongida mavjud bo’ladi. Til – bu ijtimoiy mahsul,
insonlarning bir-birini o’zaro tushunish vositasi, u individga bog’liq
emas. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, tilga lingvistik kategoriya
sifatida quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Til – o’zaro ta’sir ostida va
muloqotlarda shakllanuvchi hamda har qanday yangi mazmunni layoqatli
ifodalovchi universal belgilar sistemasidir”.
XX asr boshlaridan buyon ko’plab ilmiy nazariyalar, til va madaniyat
ajralmas birlik degan g’oyaga asoslana boshladi. Madaniyat tilshunoslik
bilan shunchaki yonma-yon soha sifatida emas balki “inson siri, til va matn
sirini chuqur tahlillarsiz tushinib bo’lmaydi”1 degan fenomen sifatida
tadqiq qilinadi. Til va madaniyat mutanosibligi va ularning o’zaro munosabati masalasi tilshunoslik tarixida yangi emas. Madaniyatning bir tomonlama tilga
ta’siri yoki tilning madaniyatga ta’siri g’oyalari til va madaniyatning o’zaro
bog’liqligi va aloqasi, ularning ontologik birlik ekanligini tasdiqlashga
yordam beradi.
“Til va madaniyat” muammosining tadqiq qilinishida I.G. Olshanskiy
muammoni o’rganish uchun uch xil yondashuvni taklif etgan. Ulardan
birinchisi, faylasuflar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, (S. A.
Atanovskiy, G. A. Brutyan, E. S. Markaryan), til va madaniyatning bir
tomonlama uyg’unligini inobatga olib tuzilgan. Voqye’likdagi o’zgarish
tufayli til ham undagi madaniy va milliy stereotiplar ham o’zgarib
boradi. Muxtasar qilib aytganda, davr o’tgan sayin madaniy–milliy
andozalar va tilning o’zi ham o’zgaradi. Ikkinchisi yondashuv esa tilning
madaniyatga ko’rsatadigan ta’sirini o’zida taqozo qiladi (V. Gumboldt, A.
A. Potebnya, Y. L. Vaysgerber). Uchinchi yondashuv esa tilning va
madaniyatning bir biriga o’zaro ta’siri oqibatida kelib chiqqan bo’lib, bir
tomondan til madaniyatning asosiy tarkibiy qismi, madaniyat ham tilning
tarkibiga kirgan asosiy birlik hisoblanadi.2
Bunda olimlar quyidagi savollarga javob topishga intiladi: til
madaniyatga kiritilganmi, agar kiritilgan bo’lsa qanday? Madaniyat tilga
kiritilganmi, agar kiritilgan bo’lsa qanday?
Ye. F. Tarasov bu fikrlardan kelib chiqib, til va madaniyatning
ontologik uyg’unlikka ega ekanligini aniqladi. Bu uyg’unlikni esa inson
faolligida ko’rish mumkin, ontologik manzarada aynan til va madaniyatning
uyg’unlik bo’g’imini tadqiq qilish mumkin. Inson faoliyatining biron
bo’lagi natijasida til va madaniyat o’rtasidagi uyg’unlikni aniqlash
mumkin. Aynan shu faollik bo’lagiga til va madaniyat ta’siri uyg’unlashgan
bo’lsa, tadqiqot uchun ham imkoniyat yaratiladi.3 Amaldagi ontoligiyaga ko’ra
benuqsonlik faqat muayyan faoliyatni amalga oshiruvchi insonda kuzatilishi
mumkin va faqat faoliyat natijasi shakli sifatida yuzaga keladi, ya’ni
faoliyat obyekti unga ta’sir ko’rsatish jarayonidagi shakl bilan
ifodalanadi.
Darhaqiqat til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi yeng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo’ladi. Bu o’rinda ko’p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko’plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan yemas, tabiat bilan bog’liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning o’zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat yesa tilning mazmun jihatini aniqlaydi 4.
Insonning nutqiy faoliyati tug’mami yoki keyin shakllanganmi? degan savol haligacha munozarali bo’lib qolmoqda. Insonning nutq imkoniyatini psixofiziologik mexanizm bilan ta’minlaydigan tug’ma lisoniy qobiliyatga yegaligini barcha ye’tirof yetgan. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu inson miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi birinchidan, muayyan til belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash qoidalarini o’zlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan til yeagalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning ta’limotiga ko’ra, lisoniy qobiliyatning tug’ma komponenti juda sermazmun bo’ladi, shuning uchun ontogenezda til o’rganish “noldan” boshlanmaydi. Lisoniy qobiliyat ayrim tug’ma va universal bilimlarni o’z ichiga oladi, inson ular yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy til strukturasi va semantikaning botiniy xususiyatlarini tabiiy-genetik asosga tutashtiradi5.
“Til va madaniyat” masalasi ko’p qirrali bo’lib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, yetnograf va adabiyoshunos turlicha yondashadi. Biroq masalaning tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat o’zaro munosabatda bo’ladi. Shunga ko’ra, ikkita savol tug’iladi: 1) turli madaniy jarayonlar tilga qanday ta’sir ko’rsatadi? 2) madaniyatga til qanday ta’sir qiladi?
Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o’rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo’lgan o’sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi”6 degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda.
I.Gerderning 1770-yilda yozilgan “Tilning kelib chiqishi haqida talqin” asarida inson faoliyatidagi to’rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog’lagan. Til o’zining kelib chiqishiga ko’ra madaniyat bilan bog’liq bo’lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bog’liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi7.
Til va madaniyatning o’zaro munosabati V. fon Gumboldtning ta’limotida (1985) batafsil yoritilgan: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi. 2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda dunyoni o’ziga xos ko’rish vositasi bilan ifodalanadi.
3) tilga har bir xalq uchun o’ziga xos bo’lgan ichki shakl xosdir, tilning ichki shakli – “xalq ruhi” va uning madaniyatining ifodasi. 4) til inson va uning o’rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanad:
V. fon Gumboldtning qarashlari A. Potebnyaning “Tafakkur va til”, Sh. Balli, J. Vandriyez, I. A. Boduyen de Kurtene, R.O.Yakobson va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida o’ziga xos talqin qilingan.
Tilshunoslarning hyech biri “til va madaniyat” masalalari bilan amerikalik mashhur tilshunos va madaniyashunos Yedvard Sepirchalik (1884-1939) ko’p va samarali shug’ullanmagan deyish mumkin. Ye.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyashunoslik bo’yicha tanlangan asarlari” (“Izbrannыye trudы po yazыkoznaniyu i kulturologii” M., 1993)da “til va madaniyat” masalalariga doir qator savollar quyidagicha yoritilgan.
Madaniyat nima? Ye.Sepirning fikricha, madaniyat – turmush tarzimizni tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va g’oyalar majmuyi (185-bet).
Ye.Sepirning boshqa bir talqiniga ko’ra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi (193-bet). Madaniyat xatti-harakatlar bilan qiyoslanadi (207-bet).
Til oldin paydo bo’lganmi yoki madaniyat? Ye.Sepir til madaniyatdan oldin paydo bo’lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan (42-bet). Til milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon bo’ladi. Biroq Ye.Sepirga ko’ra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoiylashgan qismidir (265-bet).
Til va madaniyatning mushtarakligi nimada? Birinchidan, nutq ham madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi (60-bet). Ikkinchidan, tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o’z-o’zicha yetarli bo’ladi (173-bet). Bu ikki hodisaning farqini Ye.Sepir shunday izohlagan: “Jamiyatning nima qilishi va nimani o’ylashiga qarab madaniyatni, qanday o’ylashiga qarab yesa tilni aniqlash mumkin” (193-bet).
Til va madaniyat qanday o’zaro ta’sir qiladi? Til madaniyatga nisbatan madaniyatni to’plash va uni meros qilish kumulyativ (lot. cumulatio - to’plash, yig’ish, jamg’arish) xususiyatiga yega bo’ladi.
Chunonchi, kumulyativlik ham oddiy, ham rivojlangan tillar va madaniyatlarning xususiyatidir (233-bet). Ye.Sepirning fikricha, madaniyatni saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri “maqollar, standartlashgan duolar, qarg’ishlar, xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi” hisoblanadi. Tildagi farqliliklar madaniyat farqliliklarini ko’rsatadi (245-bet)8.
Til va madaniyat 1) kommunikativ jarayonlarda; 2) ontogenez (inson lisoniy qobiliyatlarining shakllanishi)da; 3) filogenez (insonning irsiy va ijtimoiy shakllanishi)da o’zaro aloqada bo’ladi.
Ushbu ikki mohiyat 1) tilda ommaviy adresat (so’zlovchi murojaat qilgan kishi)ni belgilash hodisasi, madaniyatda saralanganlik qadrlanadi; 2) madaniyat (tilga o’xshash) belgilar tizimi bo’lsa-da, u o’zicha tashkil bo’la olmaydi; 3) til va madaniyat turli semiotik tizimlardir9.
“Til va madaniyat” masalasi favqulodda murakkab va ko’p qirrali bo’lgani uchun mazkur masalaga turlicha yondashiladi:
Birinchi yondashuv rus faylasuflari S.A.Atanovskiy, G. A. Brutyan, Ye. I. Kukushkin, Ye. S. Markaryanlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uning asosiy mazmuni quyidagicha: til va madaniyatning o’zaro aloqasi bir tomonga bo’lgan harakatdir; til borliqni aks yettiradi, madaniyat yesa bu borliqning ajralmas qismidir, til madaniyatning in’ikosidir.
Ikkinchi yondashuv Ye. Sepir va B.Uorf maktabining qarashlarida o’z aksini topgan. Mazkur gipotezaning asosida insonlar olamni o’z ona tillari vositasida turlicha ko’rishadi. Tilda aks yettirilgan olamgina mavjud. Modomiki, har bir til borliqni o’ziga xos usullar bilan aks yettirar yekan, unda tillar bir-biridan o’zining “olamning lisoniy manzarasi”ga ko’ra farqlanadi. Ye. Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so’zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog’liqdir. 2. Olamni bilish usuli subektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog’liqdir10.
Uchinchi yondashuvga ko’ra, til madaniyatning dalilidir: 1) til – biz ajdodlarimizdan meros qilib olgan madaniyatning tarkibiy qismi; 2) til – madaniyatni o’zlashtirishning asosiy vositasi; 3) til – barcha madaniy hodisalarning yeng muhimi.
Xullas, til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning borlig’i, madaniyatimizning ko’rinishidir; u milliy mentallikning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir (N.I.Jinkin).
O’zbek tilshunosligida “til va madaniyat” masalalari bilan yeng ko’p va xo’p shug’ullangan olim sifatida professor Nizomiddin Mahmudovni ko’rsatish mumkin. Jumladan, olim o’zining “Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab...” nomli maqolasida “til” va “madaniyat” tushunchalari haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko’pincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo assosiativ holda yesga tushsa-da, bu ikki o’rindagi madaniyatning aynanligini aslo ko’rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to’g’risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o’rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo’lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo’jalik faoliyatida yerishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)” yemas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo’lga kiritgan yutuqlari majmuyi (madaniyat tarixi, o’zbek madaniyati)” demakdir” 11.
N. Mahmudov tilga yehtirom ko’rsatish va unga ye’tibor berishni ta’kidlab, quyidagilarni yozadi: Til benihoya muqaddas va mo’tabar ne’mat, u odam degan mavjudotga shakllantirilgan, qavmlar o’laroq birlashtirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan bemisl bir robitadir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o’zligiga nopisandlik demkdir. Tilga yehtirom va ye’tibor yesa bu dunyoda inson bolasi muhtaramligining ye’tirofidir”12.
V. fon Gumboldning “Tilda xalq ruhi aks yetadi” degan fikri N. Mahmudovning asarlarida o’ziga xos tarzda davom yettirilganini ko’rish mumkin: “...tilda xalqning urf-odati, yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning bor-budi, bo’y-basti aks yetadi. Muayyan xalqning tilini bilish uning butun borlig’ini anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu mohiyatini idrok yetish shu xalqning tarixiyu kelajagini idrok yetish demkdir. Til xalqning bebaho va muqaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandi o’z tilida sobit va o’z tiliga sodiq bo’lmog’i azal-abad ham qarz, ham farz”.
Olim buyuk nemis tilshunosi Yakob Grimmning “Xalq haqidagi saqlanib qoladigan yeng jonli guvoh – bu uning suyagi, foydalangan ish qurollari yoki qabri yemas, balki uning tilidir” degan fikrini shunday rivojlantiradi: “Xalq o’z tili haqida uning ibtidosidan boshlab ma’lumotga yega bo’lsa, bu tilning turfa tovlanishlariyu, tarang va lo’nda mantiqini chuqur his yeta olsa, o’zining uzoq va murakkab tarixini ham chuqur his yeta oladi, tarixidan faxrlana oladi, o’zinikidan boshqa tillarning xam muqaddasligiga. Har jihatdan hurmatga loyiqligiga imon keltira oladi. Bu yesa xalqning o’zligini anglashi demakdir”13 .

Download 165,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish