Til va madaniyatning o’zaro bog’liqligi



Download 19,16 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi19,16 Kb.
#754695
Bog'liq
Til va madaniyat

Til va madaniyatning o’zaro bog’liqligi


Jo’rayeva Laylo Jiyanqulovna
Buxoro davlat universiteti
I bosqich magistranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada til va madaniyatning ta’rifi ,ularning o’zaro bog’liqligi, til va madaniyati haqida tadqiqotchilarning fikri yoritiladi.
Kalit so’zlar: til, madaniyat, jamiyat, milliy ruh, xalq.
Ko’pgina kitoblarda darslik va qo’llanmalarda til va madaniyat tabiat hodisasi sifatida uzoq asrlardan buyon mavjudligi haqida aytiladi. Haqiqatdan ham til madaniyatning tarkibiy qismi bo’lib,insoniyat tarixidagi eng muhim yutuqlardan sanaladi. Shu o’rinda til va madaniyatga qisqacha ta’rif bersak:
Til bu- ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilar o’rtasida axborot uzatish va shu axborotni qabul qilish vazifasini bajaruvchi beqiyos vositadir. Tillarning kelib chiqishi haqidagi xulosalar insoniyatning ibtidoiy davriga borib taqaladi. Insoniyatning bir-biri bilan aloqa uchun ehtiyoji tilning yuzaga kelishi uchun asos bo’lgan deyish mumkin. Demak til deb- murakkab muloqot tizmiga yoki shu tizimni o’rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi.
Madaniyat bu- insoniyat faoliyati va shu faoliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmui bo’lib, kishilar hayoti va faoliyatini turli ko’rinishlarda , shuningdek ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.
“TIl va madaniayat” masalasi ko’p qirrali bo’lib unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turli tomondan yondashadi. Bu ikki n tushunchani o’zaro qiyoslaydigan bo’lsak ikkalasi ham umuminsoniy, butun jamiyatga insoniyatga daxldor hodisalar sanaladi.
Bir qancha yetuk olimlar til va madaniayat tushunchalariga o’zlarining qarashlarini bildirib o’tishgan. Jumladan , rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o’rganayotgan har qanday tilshunos , albatta tanlagan tili uning mahsuloti bo’lgan o’sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi” degan fikrlari hali ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan
Shuningdek, I.Genderning 1770-yilda yozilgan “Tilning kelib chiqishi haqida talqin” asarida inson faoliyatidagi to’rt asosiy hodisa : til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog’langan. Bundan kelib chiqadiki til va madaniyat o’zaro bog’liq bo’lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. O’z navbatida tilning madaniyat bilan bog’liqligi uni milliy ruhning tarkibiy qismiga aylantiradi.
Til va madaniyatning o’zaro munosabati V.fon Gumboldning ta’limotida batafsil yoritilgan:

  1. Moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi

  2. Har qanday madaniyat milliydir, uning miliy xarakteri tilde dunyoni o’ziga xos ko’rishda xarakterlanadi.

  3. Tilga har bir xalq uchun o’ziga xos bo’lgan ichki shakl xosdir, tilning ichki shakli- xalq ruhi va uning madaniyatning ifodasi

  4. Til inson va uni o’rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanadi

Gumboldning qarashlari undan keying tadqiqotchilar faoliyatida ham o’ziga xos tarzda yoritilgan. Ularning hech biri amerikalik tilshunos va madaniyatshunos Edevard Sepirchalik ko’p va xo’b shug’ullanmagn deyish mumkin. E.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyatshunoslik bo’yicha tanlangan asarlari’da “Til va madaniyat “ masalasiga doir qator savollar yoritilgan.
O’zbek tilshunosligida til va madaniyat muammolari bilan ko’p va xo’b shug’ullangan olim sifatida professor Nizomiddin Mahmudovni ko’rsatish mumkin. Jumladan , olim o’zining “ Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab…” nomli maqolasida “til” va “madaniyat “tushunchalari haqida quyidagilarni yozadi: “…til va madaniyat deganda odatda, til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha madaniyatni o’rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi…’
V.Fon Gumboldning “Tilda xalq ruhi aks etadi” degan fikri N.Mahmudovning asarlarida o’ziga xos davom ettirilganini ko’rish mumkin:
“….tilda xalqning urf- odati, yashash tarsi, iqtisodiy ahvoli , qisqasi, xalqning bor-budi, bo’y-basti aks etadi .Muayyan xalqning tilini bilish uni butun borlig’ini anglash demakdir. Muayyan xalq tilining mazmunu mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixiui kelajagini idrok etish
Demakdir. Til xalqning bebaho vamuqaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandio’z tilida sobit va o’z tiliga sodiq bo’lmog’I azal-abad ham qarz ham farz”.
Til madaniyatning ko’zgusi bo’lib, unda nafaqat insonni o’rab olgan real borliq , uning real yashash sharoitlari , balki xalqning ijtimoiy o’zini-o’zi anglashi uninfg mentaliteti, uning milliy xarakteri ,hayot tarsi, ananalari, urf-odatlari aks etadi.
Xullas, til madaniyatning tarkibiy qismi va uning vositasidir. U ruhimizning borlig’I , madaniaytimizning ko’rinishidir; u milliy mentallikning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Til inson oldida tafakkur sohasini ochgan mexanizmdir.(N.I.Jinkin)

Foydalanilgan adabiyotlar


1.R.Rasulov, Umumiy tilshunoslik , Toshkent.2010
2. Ziyo.uz.kom
Download 19,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish