Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:
birinchidan, lingvomadaniyatning fan sifatida shakllanishiga sabab bo’luvchi omillar va nazariy asoslarni yoritish, lingvokulturologik birliklarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, madaniy ahamiyatga ega bo’lgan til faktlarini tahlil qilish;
ikkinchidan, til va madaniyatning o’zaro aloqasi va ta’siri bilan bog’liq jarayonlarni tahlil qilish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirishning nazariy jihatlarini yoritishdan iborat;
uchinchidan, etnik madaniyatning dunyoqarashi va shaklini ifodalovchi universal vosita bo’lgan til va uning lingvomadaniy xususiyatlaridagi milliylik jihatlari bilan tanishish;
to’rtinchidan, ingliz tili va o’zbek tilining lingvomadaniy xususiyatlaridagi milliy jihatlarni qiyosiy tahlil qilishda frazeologizmlar va o’xshatishlarni tasnifini berish;
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Lingvokulturologiya nazariy va milliy masalalarini amaliyotda qo’llay olish, xususan, lingvokulturologik modellarni ishlab chiqish, ularni til materiallarining tahliliga tatbiq qilish, lingvokulturologik birliklarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, madaniy ahamiyatga ega bo’lgan til faktlarini tahlil qilishda integrativ metodlarni qo’llash, til va madaniyatning o’zaro aloqasini o’rganishda foydalanadigan tahliliy amallar va tadbirlar, tilda mavjud muqobilsiz leksika va lakunalar o’rnini to’ldirish mazkur tadqiqotning nazariy o’rnini belgilaydi Tadqiqotning amaliy ax,amiyati. Ilmiy tadqiqot natijalari oliy o’qo’v yurtlarida o’zbek va ingliz tili leksikologiyasi, kognitiv tilshunoslik, linvomadaniyatshunosliq, xalqaro madaniy aloqa, o’mo’miy tilshunoslik, matn tahlili, tarjima amaliyoti ayniqsa, badiiy matnlarni tarjima qilishda hamda sosiolingvistiqa nazariyasi bo’yicha ma’ruza va seminar mashgulotlarini ishlab chiqishda, amaliy mashg’ulotlarda manba sifatida, o’quv - usluo’biy qo’llanmalarni tuzishda foydalanilishi mumkinligi uning amaliy ahamiyatining ifodasidir..
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Tadqiqotning asosiy nazariy-metodologiq Xulosalaridan, Samarqan Davlat Chet tillar instituti, xorijiy filologiya fakulteti, “Qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi” qafedrasi ingliz tili filologiyasi yo’nalishi baqalavriat bosqichi o’qo’v rejasidagi “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvomadaniyatshunosliq”, “Kognitiv tilshunoslik”, “Stilistiqa amaliyoti”, “Tarjima amaliyoti” fanlarini o’qitish jarayonida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |