Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet41/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

Shunday qilib, tilni sistema sifatida o‘rganish tajribasidan ma’lum bo‘ladiki, til sistemasi til sathlaridan iborat bo‘lib, mazkur sathlar uni shakllantiruvchi til birliklaridan tashkil topadi. Har bir til birligi o‘z ifoda va mazmun plani, mohiyatiga ega.
Til sathlari quyidagicha qayd etilishi mumkin: a) fonetik-fonologik sath; b) morfem-morfologik sath; v) leksik-semantik sath; g) so‘z yasalish sathi; d) sintaktik sath.
Til birliklarini ilmiy tekshirish sathlarga ko‘ra, turli darajada amalga oshirilishi mumkin. Bunda ma’lum til sathi doirasida mazkur sath birligini tadqiq etishda muayyan lingvistik tahlil metodlari qo‘llanilishi mumkin. Xususan, lingvistik tahlil metodi muayyan til birligining mohiyatini yoritib berish uchun maxsus tanlanadi.
3. Til sathlari bo‘yicha metodlar.


Tilni fonologik darajada tahlil qilish metodlari: oppozitsion tahlil,
distributiv tahlil
bevosita ishtirokchilarga ajratish metodlari.


Tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari: komponent tahlil metodi,
leksik-semantik guruhlash.


Tilni morfem va so‘z yasalish darajada tahlil qilish metodlari: transformatsion metod,
distributiv metod.


Tilni morfologik darajada tahlil qilish metodlari: oppozitsion tahlil,
distributiv tahlil.


Tilni gap darajasida tahlil qilish metodlari: oppozitsion tahlil,
distributiv tahlil, transformatsion metod,
bevosita ishtirokchilarga ajratish,


gap bo‘laklari va gapni aktual bo‘laklarga ajratish metodlari.
Savollar:



  1. Til sathi nima?




  1. Paradigmatik munosabat nima?




  1. Sintagmatik munosabat nima?




  1. Ierarxik munosabat nima?




  1. Til sathlari qanday tasniflanadi?




  1. Til sathlari bo‘yicha qaysi metodlardan qo‘llaniladi?

  1. ma’ruza. Til sathlari bo‘yicha metodlarning qo‘llanilishi. Fonetik-fonologik, leksik-semantik sathlar

Reja:



  1. Tilni fonetik-fonologik darajada tahlil qilish metodlari.




  1. Tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari.

1. Tilni fonetik-fonologik darajada tahlil qilish metodlari.


Oppozitsion tahlil, distributiv tahlil va bevosita ishtirokchilarga ajratish metodlari tilni fonologik darajada tahlil qilish metodlari sifatida qo‘llanilishi mumkin:

  1. Oppozitsion tahlil. Ushbu tahlil usuli yordamida tovushlarning ma’no farqlash funktsiyasini yoritish mumkin. Struktural tilshunoslikning, xususan, Praga struktural tilshunosligining asosiy yutuqlaridan biri shu bo‘ldiki, til birliklarining o‘zaro munosabatlari va mohiyatini yanada aniq tushunish uchun zidlanish (oppozitsiya) tushunchasining ahamiyatini e’tirof etish lozim. Zidlanishning ikki turi qayd etiladi: fonologik relevant, fonologik irrelevant. Fonologik relevant zidlanish ma’lum tilda muayyan ikki so‘zni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladi. Bunday vazifa bajarmasa, fonologik irrelevant zidlanish sanaladi. Fonema fonologiyaning o‘rganish birligi bo‘lib, u o‘zining variantlariga ega va ushbu variantlar farqlanish qoidalariga ega.

N.S. Trubetskoyning fikricha, ma’no farqloqchi qarama-qarshiliklar fonologiyada asosiy o‘rin egallaydi. Fonemalarning farqlovchi belgilari oppozitsiya munosabati yordamida aniqlanadi.
Barcha akustik, artikulyatsion belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan nutq tovushi fonologik birlik sanalib, ma’no farqlash vazifasiga ega bo‘ladi. Bu hodisa A.Nurmonovning quyidagi illyustrativ misoli orqali izohlanadi: “Masalan, o‘zbek tilida b tovushini talaffuz qilish uchun bir qancha artikulyatsion harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi. Hususan lab labga tegadi va o‘pkadan chiqayotgan havo bu to‘siqni yorishi natijasida to‘siq ochiladi. Bundan tashqari, yuqoridagi har bir artikulyatsion harakatga akustik belgi ham qo‘shiladi. Lekin bu artikulyatsion va akustik “atom”larning hech birini fonologik birlik sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki bu “atom”larning barchasi birgalikda vazifa bajaradi. Shuning uchun b barcha artikulyatsionakustik belgilarni o‘zida mujassam etgan bir butunlik sifatida fonologik birlik sanaladi”. Fonologik oppozitsiyalar har qanday sharoitda ham o‘z farqlovchi belgilarini saqlaydi. Ya’ni, ayrim oppozitsiyalar o‘zgarmasdan qolsa, ba’zilari neytrallashadi, biroq farqlovchi xususiyatini yo‘qotmaydi. Shunday oppozitsiyalarning neytrallashishiga misol sifatida T.Bushuy va Sh.Safarovlar tomonidan keltirilgan holatni keltiramiz: “masalan, urg‘usiz bo‘g‘inlarda o va a ning tenglashuvi”.

  1. Distributiv tahlil. Mazkur metod til sathlari birliklarini ularning sintagmatik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganish usulidir. Bunda o‘rganilayotgan til birligining mohiyati uning atrofidagi birliklar qurshovi yoki lisoniy kontekst yordamida samarali yoritiladi. Ushbu tahlil usulining yuzaga kelishida Amerika deskriptiv tilshunosligining o‘rni ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalish namoyandalari sifatida B.Blok, J.Treyger, Z.Herris va boshqalar tan olinadi. Ushbu

metod tilning fonologik sathida qo‘llanilishining asosiy sababi shundaki, fonologik birliklar soni aniq va ma’lum chegaraga ega.
Amerika struktural tilshunosligida distributsiyaning ikki ko‘rinishi farqlanadi: a) qo‘shimcha yoki to‘ldiruvchi distributsiya; b) qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi. Qo‘shimcha distributsiya bu ma’lum til elementi (fonologik birlik)ning faqat o‘ziga xos bo‘lgan nutqiy qatorda uchrashidir. Qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi esa ikki yoki undan ortiq fonologik birlik (tovush)ning egallagan o‘rni (bir xil o‘rin bo‘lsa-da)dan qati nazar, turli ma’no ifodalanishiga ishora qiladi. Ushbu distributsiya turlariga T.Bushuy va Sh.Safarovlar quyidagicha misol keltiradi. Birinchi tur uchun: “rus tilidagi ы va i unlilarining qurshovini qiyoslasak, ы faqatgina qattiq undoshlardan so‘ng uchraydi, i esa yumshoq undoshlar va so‘z boshida keladi”. Ikkinchi tur uchun: “inglizcha ship «kema» - sheep «qo‘y», son «o‘g‘il» - soon

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish