Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet42/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)

«tezda»”.


Distributiv tahlilning fonologik sathdagi ahamiyati shundaki, fonologik birlik (fonema)lar birikma yoki jumlani eng kichik qismlarga ajratish (segmentlash)da muhim rol o‘ynaydi. Bunda birikma yoki jumlaning har bir segmentini boshqa birikma yoki jumla tarkibiga qo‘yib talaffuz qilib ko‘riladi. Bundan maqsad shuki, shu asosda har bir tovush u yoki bu segmentning vakili ekanligini aniqlanadi va bir tovushni har xil joylarda qo‘llash orqali ularning qurshovi aniqlanadi. Bunda tovushlar qurshovi o‘sha tovushlar qo‘shnichiligini bildiradi. Ushbu hodisani quyidagi misol bilan dalillaymiz: Masalan, “kitobni o‘qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o‘-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning talaffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant orqali talaffuz qildiriladi. Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibidagi tovushlar oldingisidan bir oz farqlanishi mumkin. Masalan, o birida cho‘ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. Chunki o ning cho‘ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo‘lmaydi, ma’no farqlamaydi. So‘ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo‘yib ko‘ramiz va informant uchun shunday qilish mumkin ekanligini tekshirib ko‘ramiz”. Bir qurshovda turgan segment o‘sha qurshovdagi boshqa segment bilan almashtirilganda, ma’no o‘zgarmasa, ular bir segmentning turli vakillari sanaladi, agar ma’no o‘zgarsa, demak, turli segmentlar hisoblanadi. Masalan, “tokning birinchi segmenti o‘rniga n segmentini qo‘ysak, tamomila yangi ma’noli nok kelib chiqadi. Demak, t va n segmentlari boshqa-boshqa segmentlarning vakillari sanalidi”.
Distributiv lingvistikada ikki tovush o‘rtasida uch xil munosabat farqlanadi: a) kontrast distributsiya (bir xil qurshovdagi ikki elementning o‘zaro o‘rin almashgandagi ma’no farqlashi);
b) qo‘shimcha distributsiya (bir xil qurshov (o‘rin)dagi ikki tovush o‘zaro o‘rin almasha olmasligi, ya’ni birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanila olmasligi); v) erkin almashinish distributsiyasi (bir xil qurshovdagi ikki elementning o‘zaro o‘rin almasha olishi). Bularga quyidagicha misollar keltirish mumkin: Masalan, birinchi tur: tom, nom, jom so‘zlarining birinchi segmentlari t-n-j bir xil pozitsiyada kelib, ma’no farqlash vazifasini bajarib, o‘zaro kontrast distributsiya munosabatidadir. Ikkinchi tur: bil so‘zi tarkibidagi i o‘rniga shu qurshovda ы ni qo‘llab bo‘lmaydi, yoki qo‘l so‘zi tarkibidagi o‘ o‘rniga shu qurshovda ы ni qo‘llab bo‘lmaydi. Uchinchi tur: gijda so‘zidagi portlovchi dj tovushi o‘rnida sirg‘aluvchi j tovushini almashtirish mumkin, lekin bu almashinish so‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. O‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan ikki element bir mohiyatning ikki varianti
hisoblanadi.


Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi. Ushbu metod fonologik sathda elementlar o‘rtasidagi ierarxik munosabatni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Bunda jumla bo‘g‘inlarga ajratiladi. Har bir bo‘g‘in tuzilishidagi elementlar o‘rganiladi. Natijada, elementlarning ketma-ketligi va ular o‘rtasidagi munosabat o‘rganiladi. Bo‘g‘inlarning har birida bo‘g‘in boshlanishi, bo‘g‘in cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri kabi elementlar mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi tol so‘zining bo‘g‘in boshlanishidagi tovushi birinchi BI sifatida ajratiladi. Qolgan bo‘g‘inning cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri qismlari ikkinchi BI sifatida o‘zaro birlashtiriladi. Ya’ni t-o-l sxemasini oladi. Bo‘linishning ikkinchi bosqichida bo‘g‘inning cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri qismlari bir-biridan ajratiladi.
2. Tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari.


Komponent tahlil metodi, leksik-semantik guruhlash metodi tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish