Lim vazirligi



Download 249,83 Kb.
bet22/24
Sana13.01.2022
Hajmi249,83 Kb.
#359084
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Геомеханика лаборотория uz

Ezishda tog’ jinsining noto’g’ri shakldagi namunalarining chidamliligini aniqlash. Tog’ jinslarining chidamliligini eksperimental usul bilan aniqlashda kub, prizma va silindr ko’rinishdagi to’g’ri shaklli namunalarni sinash asosiy usul bo’lib qolmoqda. Biroq bu ko’rsatkichni turli tog’ jinslarining mustahkamliligini taqqoslashda ishlatiluvchi nisbiy xarakteristika sifatida qabul qilish mumkin. Bu ko’rsatkichni materialning xaqiqiy chidamlilik chegarasi sifatida qabul qilib bo’lmaydi, chunki tajribalar bilan tasdiqlangan qator nazariy ishlar asosida shu narsa ma’lumki, har qanday holatdagi bir o’qli siqish sinovlarida namunada qandaydir murakkab turli jinsi kuchlanganlik holati yuzaga keladi va bu holat materialning strukturasida hamda tajribaning texnikaviy sharoitlariga bog’liq bo’ladi.

Keyingi o’n yillik davr ichida shu narsa ma’lum bo’ldiki, tog’ jinslarining chidamliligini bir o’qli siqish yo’li bilan eksperimental usulda aniqlash oddiy bo’lib tuyulsada bu ko’rsatkichning qiymati tog’ jinslarining takomillashmagan tabiiy tuzilishi va strukteraviy xususiyatlaridan kelib chiquvchi omillarga bog’liq (petrografik tarkibining turli jinsligi, tog’ jinsini tashkil etuvchilarning kattaligi va shakli, qatma-qatliligi, texnik va ishlatish jarayonlarida yuzaga kelgan ko’rinuvchi va ko’rinmas turli darzliklar). Shu bilan bir qatorda namunalarning chidamliligi sinovlarni o’tkazilish sharoitlari va texnikasi, namunaning shakli va o’lchami, ularning yuzasiga ishlov berishning tozaligi, namuna o’lchamlari orasidagi nisbatlar, yuk berish tezligi va h.k.z.larga ham bog’liq. Qo’pol ishlov berish sinovlarda katta xatoliklarga olib keladi. Shuni ta’kidlash lozimki, to’g’ri shaklli namunalarni tayyorlash katta mehnat talab qilish bilan birgalikda og’ir sabob- uskunalar va malakali mehnat qo’llanishi hamda jarayon-operasiyalarning uzoq davometishi bilan ham bog’liqdir. To’g’ri shaklli namunalarni tayyorlashda suv kesuvchi asbobning yuzasida tushib uning tabiiy xarakteristikalarini jiddiy o’zgartiradi. Buni ustiga ko’pgina zaif, darslangan argillitlar, ko’mirning bir qator turlaridan va boshqa tog’ jinslaridan to’g’ri shaklli namuna tayyorlash deyarli mumkin emas. Shu boisdan zaif tog’ jinslarida va ko’mirlarda chidamlilik va deformasiya xarakteristikalari juda kam aniqlanadi. Shu bilan birgalikda loyihalanuvchi shaxtalar, kar’erlar uchun tog’ bosimini boshqarishda shunday

jinslar katta ahamiyat kasb etadi, chunki aynan ular tog’ kon inshootining mustahkamligini aniqlaydi.

Keyingi yillarda A.A.Skochinskiy nomli tog’ kon institutida V.S.Volbikov va M.M.Protod’yakonovlar (kichigi) tomonidan ishlab chiqilgan vaqtinchalik qarshilikni aniqlash usuli tog’ jinslarining mustahkamlik koeffisientini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan ommaviy sinovlarda eng qulay va yaroqli usul sifatida keng qo’llanilmoqda. Shuningdek ular tomonidan analitik bog’liqlik (ya’ni o’tish koeffisientlari) aniqlangan bo’lib, bu to’g’ri shaklli tog’ jinsi namunalari nchun siqishga nisbatan chidamlilik qiymatini olish imkonini beradi.

V.S.Volbikov va M.M.Protod’yakonovlarning fikricha to’g’ri va noto’g’ri shaklli namunalarning buzilish jarayoni ko’p hollarda umumiylikka ega. Matrisalar bilan kontaktida namunada yadro-zichlanish hosil bo’ladi. Asbob bilan materialning kontaktlashgan joyida yadrolarning hosil bo’lishi barcha materiallar va barcha buzilish jarayonlari uchun xarakterlidir. Pressda ezishda yadro atrofini o’rab turgan material hajmi juda kichik, shu boisdan yadro hosil bo’lgandan so’ng namunaning tashqi qismi parchalanadi. Bunday buzilishlar har qanday shakldagi namunalarda kuzatiladi - kub, silindr, sharsimon va boshqa shaklli namunalarda faqat shu farq bilanki kub va silindrik namunalarda siljish yuz beradigan konuslar yuzaki shunday kesimli sharsimon namunalardagiga nisbatan ancha katta bo’ladi.

Sharsimon namunalarda hosil bo’luvchi konussimon yuzalarning o’lchamlari shuning uchun kichikki, shar yuzasining yassi matrisa bilan kontakt maydoni silindr va kubiknikiga nisbatan ancha kamdir. Bu esa silindrik namunalarni ezish uchun sharsimon namunalarni ezishga nisbatan ko’p kuch sarflanishining asosiy sababidir. Shu boisdan ham noto’g’ri shaklli namunalarni ezishda tog’ jinsining chidamlilik qiymati to’g’ri shaklli namunalarga nisbatan kichik bo’ladi, chunki namunaning notekis joylarida kuchlanish konsentrasiyalashadi. Bir xil qoyatoshli tog’ jinslarining to’g’ri va noto’g’ri shaklli namunalari uchun olingan chidamlilik natijalarini taqqoslab mualliflar noto’g’ri shakldan to’g’ri shaklga o’tish koeffisientini oldilar:


yoki


sj = 0,19sj

sj = 5,2sj,



bu erda sj - to’g’ri shaklli namunalarning siqish chidamliligi, kg/sm2; sj - noto’g’ri shaklli namunalarning ezishga chidamliligi, kg/sm2 va u ko’proq tog’ jinsining siqishga qaraganda uzilishga nisbatan chidamliligini ifodalaydi.

O’rta Osiyo konlaridagi cho’kindi tog’ jinslari uchun o’tish koeffisienti - 1,9-2,2 ga teng. Chidamlilik kamayishi bilan farq qisqaradi.

Ezishda noto’g’ri shaklli tog’ jinsi namunalarining chidamliligini aniqlash tartibi. Tog’ jinslari va ko’mirlarning mexanik usulda buzishga qarshiliklarini aniqlash usullari bo’yicha o’tkazilgan kengash noto’g’ri shaklli tog’ jinsi namunalarini ezish yo’li bilan chidamlilikni aniqlash usulini tavsiya qildi.

Bitta tog’ jinsidan sinov uchun 15-25 bo’lak olinadi va ularning o’zaro perpendikulyar o’lchamlari bir-biridan 1,5 barobardan ortiq qiymatga farq



qilmaydi. Plitka, sterjen yoki sanchilgan oskolka shaklidagi bo’laklar sinov uchun olinmaydi. Sinov uchun olinadigan barcha namunalar taxminan bir xil (100-120 sm3) hajmda bo’lishi kerak. Har bir bo’lak texnik tarozida 0,1 g aniqlikkacha tortiladi - G. Bo’lakning hajmi - V gidrostatik tortish orqali aniqlanadi. Har bir

bo’lakning hajmiy og’irligi  o’lchanadi -   G .



V

Har bir namuna pressda 510 kg/sm2s tezlikda yuk berish yo’li bilan eziladi.

Ezish qatlamlanishga perpendikulyar ravishda amalga oshiriladi.

Namuna shunday o’rnatiladiki, uning maksimal o’lchamlari esuvchi kuch ta’sir harakati bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Buzuvchi yuklanish press monometri bo’yicha aniqlanadi. Noto’g’ri shaklli tog’ jinsi namunasining chidamliligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:





сж Pmax .

S

Yuza bilan hajm o’rtasida quyidagicha matematik bog’lanish mavjud:





Tog’ jinsi bo’lagining hajmi o’rniga V G

yozish mumkin u holda:



сж

Pmax ,

kg/sm2,



сж

Pmax

 105,

H/m2, Paskal.



O’lchov natijalari jadvalga yoziladi.

Namuna tartib raqami

Namuna olingan joy, vaqti va uning xarakteris-

tikasi


Og’ir- ligi, g

Haj- mi, sm3

Haj- miy og’ir- ligi, g/sm3

Bo’li

-

nish may- doni



Buzuv- chi yuk- lanish

Chidam- lilik chega- rasi, kg/sm2,

sj o’rtasida arifmetik qiymati, kg/sm2






























Download 249,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish