Cho’zilishga bo’lgan chidamlilikni aniqlash.
Tog’ jinslarining cho’zuvchi kuchlarga ularni buzadigan darajadagi nisbatan qarsgiligi cho’zilishga yoki uzilishga nisbatan chidamlilik chegarasi deyiladi.
Cho’zilishdagi chidamlilik chegarasi - p tog’ jinslarining chidamlilik nazariyasida kuruvchi asosiy xarakteristikalaridan biri p ni aniqlashning aksariyat usullari namunada chiziqli kuchlanganlik holatini hosil qilishga asoslangan. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha uzilishga nisbatan sinash materialning ichki tuzilishidagi turli defektlarga va uning turli jinsligiga nisbatan juda seziluvchandir. Bunday sinovlar natijalariga namunalarning petrografik xususiyatlaridan tashqari ularning shakli katta ta’sir qiladi. Bunda eng rasional shakl bu sakkiz burchakli trapesiya yoki kesik konuslardir. Kesik konuslarning kuchlanishni konsentrasiyalanishini bartaraf qilish maqsadida xomutni ikki tomonidan tutadigan cho’qqilari bo’lishi lozim. Shunday bo’lganda ham tutish joylarida kuchlanishning ancha miqdorda konsentrasiyalashuvi kuzatiladi va bular natijasida cho’zilishga nisbatan qarshilikning qiymatlari kam bo’lib ma’lumotlarning katta tarqoqligi yuzaga keladi. Namunalar ko’p hollarda xomut tutgan joyidan buziladi. Bundan tashqari tog’ jinslaridan shunday namunalarni tayyorlash katta qiyinchiliklarni tug’diradi.
Tog’ jinslarining p ni sinalayotgan namunalarni to’g’ridan-to’g’ri uzish orqali aniqlash bo’yicha taklif qilingan usullardan eng qulayi diametral sigish usulidir. Bu usulning mohiyati silindrik shakldagi namunalarni ularga diametral qarama-qarshi tomondan qo’yilib hosil qilinadigan kuchlar orqali bo’lishdan iboratdir (4-rasm). Bu usulda namunaning kuchlanganlik holati hisoblangan cxemadagiga mivofiq bo’ladi, shu boisdan uni qulay deb hisoblash lozim. Tog’ jinslarining p ni diametral sigish usuli bilan aniqlash diametri va balandligi 40-45 mm bo’lgan silindrik shakldagi namunalarda amalga oshiriladi. Bitta tog’ jinsining 4-5 ta namunasi sinovga tayyorlanadi. Namunalar chetlariga ishlov berish aniqligiga qat’iy talablar qo’yiladi. Shtangensirkul yordamida balandlik va diametr o’lchanadi. Sinovni o’tkazish tartibi xuddi sj ni aniqlashda o’tkaziladigan sinovlardagidek, faqat bunda namuna yonbosh yuzasi bilan press plitalari orasiga markasiy nuqtaga qo’yiladi. Bo’linish yuz berguncha 5-10 kg/sm2s tezlikda yuk beriladi. Buzuvchi kuch - P qiymati pressning kucho’lchagichi orqali yozib boriladi, jinsning tuzilishi aniqlanadi, bizilish shakli chiziladi yoki suratga olinadi. Bu jarayon alohida har bir namuna uchun qaytariladi. Tog’ jinsining biro’qli cho’zilishga nisbatan chidamliligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
р
2 Р
dh
yoqi р 0,604 Р , kg/sm,
dh
р
0,604 10 5 Р ,
dh
H/m2 (Paskal),
P - namunani buzuvchi kuch, kg; d - diametri bo’yicha namuna bo’linish tekisligining eni, sm; h - bo’linish tekisligining balandligi yoki uzunligi (silindr balandligi), sm.
Dastlabki ma’lumotlar va cho’zilishga nisbatan chidamlilikni aniqlash natijalari jurnalga yoziladi.
Olingan natijalar bo’yicha p ning o’rtacha arifmetik qiymati va variasiya koeffisienti aniqlanadi.
Namuna tartib raqami
|
Namuna оlingan joy, vaqt, namuna xarakte-
ristikasi
|
O’lchami, sm
|
Bo’li- nish yuzasi, dh, sm2
|
Buzuv- chi yuk, kg
|
Cho’zishda chidam- lilik chegarasi,
kg/sm2
|
Es- lat- ma
|
dia- metr, d
|
baland- lik
h
|
аlohida namuna-
lar
|
o’rtacha
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |