X2
TU3
TU2
TU1
0
X1
6.9-rasm. Befarqlik egri chiziqlari kartasi
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflilik shuncha yuqori bo`ladi: Masalan, 6.9-rasmdagi befarqlik egri chiziqlari joylashuviga ko`ra TU3 TU2 TU1 deb yozish mumkin.
108
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi. Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosish zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi (6.10-rasm).
X2
K V
F W
0 N L X1
6.10-rasm. Ne′matlarni bir-biri bilan almashtirish zonasi
Rasmdagi ON ga teng bo`lgan X1 ne′matning miqdori iste′molchi uchun shunday zaruriy minimal miqdor hisoblanadiki, u ushbu miqdordagi ne′matning o`rniga X2 ne′matdan qancha ko`p taklif qilinmasin voz kecha olmaydi. Xuddi shunday OF miqdorga teng bo`lgan X2 ne′matning miqdori ham iste′molchi uchun zaruriy minimal miqdor hisoblanadi. X1 va X2 ne′matlarning o`zaro almashish sohasi bo`lib VW oraliq hisoblanadi. Bu oraliqda, bu ikki ne′matning bir-biri bilan almashtirish mazmunga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |