O`yinlar nazariyasi - fan yo`nalishi bo`lib u o`yin qatnashuvchilarining vaziyat bo`yicha harakat qilish va haror qabul qilishni matematik usullar yordamida o`rganadi.
O`rindosh tovarlar (substitution goods) - istе`mol qilishda bir-birini o`rnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
O`rindosh tovarlarni almashtirish samarasi- iste`molchining iste`mol majmuasiga kiruvchi ne`matlardan birining narxi o`zgarishi natijasida iste`mol tarkibining o`zgarishi.
O`rtacha daromad - bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad. Firma (firm) - jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab
chiqarish va sotish bilan shug`ullanuvchi iqtisodiy sub`ekt.
Firmaning bozordagi strategik harakati- bunda firma o`zining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko`ra ishlab chiqadi.
Foiz stavkasi - nominal foiz stavkasi inflyasiyani hisobga olmagandagi joriy kursdagi foiz stavkasi.
Foyda (buxgalteriya) - mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan ushbu mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ketgan yalpi xarajatni (tashqi xarajatni) ayrilganiga teng.